9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan mamlakatimizning barça hududlarida “Burç, jasorat, matonat!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Maʼlumotlarga qaraganda, Ikkinçi jahon uruşiga jalb etilgan vatandoşlarimiz soni 1 million 950 ming nafarni taşkil etib, bu körsatkiç öşa davrdagi aholining qariyb uçdan bir qismiga töğri kelgan. Uruşda halok bölganlar soni 538 mingdan ziyod, bedarak yöqolganlar esa 158 ming nafardan ortiq ekani körsatilmoqda. Şuningdek, 4 ming 555 nafar özbekistonlik xotin-qizlar frontga safarbar etilgan.
Joriy yilning 6 may holatiga köra, Özbekiston Respublikasida istiqomat qiluvçi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari (uruş qatnaşçilari hamda unga tenglaştirilganlar) jami 60 nafarni taşkil etadi.
9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan mamlakatimiz böylab Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, frontorti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom körsatildi. Keksa nuroniylar holidan xabar olindi, ularga Prezident tabrigi öqib eşittirilib, sovğalar topşirildi.
Yöqlov tadbirlari davomida Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida istiqomat qiluvçi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, 104 yoşli Muhammadibrohim ota Inomov xonadoni, Toşkent şahri Çilonzor tumanida yaşovçi, yaqinda qutluğ 100 yoşni qarşi oladigan Antonina Kolomenseva xonadoni, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Bekçon ota Matnazarov xonadoni, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida yaşovçi frontorti mehnat faxriylari xonadonlari juda gavjum böldi. Ularga davlatimiz rahbarining sovğalari va tabrigi yetkazildi.
Namangan viloyati Çust tumanida 30 nafar frontorti mehnat faxriylari hayot keçirmoqda. Bayram kunlari tumanning “Hisorak” mahallasida yaşovçi Sobiraxon aya Munavvarova, “Sabzazor” mahallasida istiqomat qiluvçi Aminjon ota Valiyev hamda boşqa nuroniy faxriylar holidan xabar olinib, ularga bayram sovğalari taqdim etildi. Keksalar duoga qöl oçib, tinç-omon zamonga şukrona aytişdi, el-yurtimizga tinçlik-omonlik tilaşdi.
Şuningdek, front ortida fidokorona mehnat qilgan, hozirda Navoiy viloyati Karmana tumanida yaşayotgan 97 yoşni qarşi olgan H.Egamov hamda 90 yoşni qarşi olgan faxriy öqituvçi X. Rahmatovlarning xonadoniga “Nuroniy” jamğarmasi Navoiy viloyati bölimi raisi Şabon Nabiyev, mahalla faol nuroniylari, öquvçi-yoşlar borib, jamğarma tomonidan pul mukofoti va esdalik sovğalari topşirildi.
Sana munosabati bilan Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani “Beruniy” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi frontorti mehnat faxriysi Mohinisa aya Qöçqorova holidan xabar olindi. Viloyatning Çinoz tumanida istiqomat qiluvçi 101 yoşli mehnat faxriysi Qöysinoy aya Mansurova xonadoniga yöqlab borildi. Keksalar Yurtboşimizning nuroniylarga körsatayotgan ğamxörligi, davlatning eʼtiboridan mamnun bölib, dorilomon kunlar uçun şukrona aytib, duolarga qöl oçdilar.
Darhaqiqat, yurtimiz böylab taşkil etilayotgan yöqlov tadbirlari, har yili anʼanaviy tarzda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini moddiy rağbatlantirişning taşkil etilişi bayram tadorigi bölibgina qolmay, Özbekistonda inson qadri uluğ ekani, donişmand va uluğvor xalqimizning dolğali yillarda körsatgan buyuk jasorati yuksak eʼtirofga munosib ekanini yaqqol körsatmoqda.
S.SOBIROVA.