Poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi 2-sonli sport maktabida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi taşabbusi bilan “Ğayratli keksalar” şiori ostida sport musobaqalari taşkil etildi.
2026 yilning 7 aprelida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş, seleksiya va tayyorgarlik tizimini takomillaştiriş masalalari yuzasidan bölib ötgan videoselektor yiğiişida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev aholini ommaviy sportga jalb etiş masalalariga alohida töxtalib ötdi.
Faol va taşabbuskor nuroniylarimiz hamma sohada bölgani kabi sportda ham öziga xos natijalar körsatib, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş bilan bir qatorda, yoşlarga örnak bölib kelmoqdalar.
“Nuroniy” jamğarmasi Uçtepa tumani bölimi tomonidan taşkil etilgan “Ğayratli keksalar” sport musobaqalarida şaşka, şaxmat va stol tennisi turlari böyiça erkaklar va ayollar örtasida ötgan bellaşuvlar ğoyat qizğin keçdi. Murosasiz bahslarga boy musobaqa iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Bahslar yakuniga köra, şaxmat böyiça erkaklar örtasida “Körkamobod” mahallasidan Ubaydulla Fayzullayev, şaşka böyiça “Foziltepa” mahallasidan Obidjon Rayimov, stol tennisi böyiça “Şofoyizboği” mahallasidan Rahmatilla Saidxöjayev ğolib böldilar. Şaxmat böyiça ayollar örtasida “Foziltepa” mahallasidan Xadiça Muhammadjonova, şaşka böyiça “Ötkir” mahallasidan Kamola Yusupova, stol tennisi böyiça “Tepaqörğon” mahallasidan Aziza Rahimjonovalar faxrli 1-örinni egalladilar.
Ğolib va sovrindorlarga Uçtepa tumani hokimi taşakkurnomasi, diplom va esdalik sovğalari tantanali topşirildi.
Şirin Şukurova,
“Nuroniy” jamğarmasi
Uçtepa tumani bölimi mutaxassisi.