yoşlar uçun mahorat maktabi vazifasini ötaydi
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida Qaşqadaryo viloyatida “Ğayratli keksalar” şiori ostida turkum sport tadbirlari taşkil etilmoqda.
Qamaşidagi “Berdoli” mahallasida joylaşgan 98-maktabda bölib ötgan navbatdagi sport musobaqasi va xotira turniri buning yaqqol tasdiği böldi. Prezidentimizning Xotira va qadrlaş kuniga doir qarori asosida, “Burç, jasorat, matonat!” tamoyili ostida ötkazilgan tadbir tuman sporti rivojiga munosib hissa qöşgan marhum sportçilar — Boynazar Çoriyev va Murod Eşmurodovlar xotirasiga bağişlandi.
— Tumanimizda 300 ming nafarga yaqin aholi yaşaydi. Ularning 3 ming 132 nafarini nuroniylar taşkil etadi, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi bölimi raisi Normömin Imomov. — Bugun ular yoşlar taʼlimi va tarbiyasi, kambağal oilalar bilan işlaş, hududlarni obodonlaştiriş, ajrim yoqasidagi oilalarni yaraştiriş bilan birga, sport tadbirlarida ham ançagina faol. Jami 350 nafardan ziyod nuroniylarni qamrab olgan uşbu tadbirimiz ham keksa avlod vakillarining mazmunli hordiq çiqarişi uçun xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Dastlab nuroniylar “Soğlom hayot uçun 5000 qadam” yuriş marafonida iştirok etişdi. Musobaqa dasturidan şaxmat-şaşka, mini-futbol, toş kötariş va milliy kuraş turlari örin oldi. Tadbirning oçiliş qismida 75 yoşli polvon Allamurod bobo Otamurodov va Norqul bobo Şeraliyevlar gilamga çiqib, milliy kuraşni boşlab berdilar.
— “Özbekiston” mahallasidanman, — deydi 72 yoşni qarşilagan Toğaymurod polvon Namozov. — Milliy kuraş böyiça olimpiada çempioniman. “Ğayratli keksalar” şiori ostidagi sport bayrami taşkilotçilaridan minnatdorman. Tadbir asnosida keksalik faqatgina zaiflikdan iborat emasligini yoşlarga namoyiş qildik. Yuzdan ortiq şogirdlarim bor. Hozir ham sportning futbol, voleybol, şaxmat va şaşka, milliy kuraş turlari böyiça muntazam maşğulotlar olib boraman. Şu harakatlarimiz yoşlarga örnak bölsa, ajab emas.
Ğoliblarga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev hamda “Nuroniy” jamğarmasi Qaşqadaryo viloyati bölimi nomidan taşakkurnoma, diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Tadbir bir piyola çoy ustidagi gurungga ulandi. Qisqasi, döstona ruhda ötgan turnir qamaşilik nuroniylarning hamon yoşlik ğayrati bilan yaşayotganini yana bir bor isbotladi.
Jismoniy faollik va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, yoşi uluğ insonlarni sportga keng jalb qiliş maqsadini közlagan “Ğayratli keksalar” şiori ostidagi bellaşuvlar Nişon tumani sport maktabida ham kötarinki ruhda ötdi. Jamğarmaning tuman bölimi raisi Xöjaqul Maxsumov, sport maktabi direktori Obid Sayfiyevlar iştirokçilarga omad tilab, jarayonga start berdi.
Şijoatli nuroniylar avval 5000 qadam yurib, salomatliklarini mustahkamladilar. Şaxmat va şaşka böyiça dona surib, ğoliblikka erişganlar musobaqaning viloyat bosqiçiga yöllanma olişdi. Faollik körsatganlarga topşirilgan esdalik sovğalari va taşakkurnomalar ularning ijtimoiy faolligini yanada oşirişda muhim rağbat böldi.
Haqiqatan ham, mahallalarda piyoda yuriş madaniyatini tarğib qiliş va keksalarning sport bilan şuğullanişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bu kabi tadbirlar jamiyatdagi soğlom hayot muhitini yanada yuksaltirişga zamin yaratadi.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.