Inson — aziz…

Özbekiston “VETERAN” jangçi-faxriylar va nogironlar birlaşmasi raisi vakillari Afğonistonda 1979-1989 yillarda olib borilgan jangovar harakatlar iştirokçisi bölgan jangçi-faxriy, Özbekiston hamda Turkiya Yozuvçilar uyuşmalarining aʼzosi, özbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi, tarjimon va şoir, “Döstlik” ordeni sohibi Miraziz Aʼzamni tabarruk 90 yoşi bilan tabriklaş uçun uning xonadoniga taşrif buyurişdi. Mehmonlarni  xonadon bekasi —“Saodat”  jurnali masʼul kotibi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Şuhrat” medali, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibasi, şoira va jurnalist Qutlibeka Rahimboyeva samimiy kutib oldi.

Özbekiston  “VETERAN” jangçi-faxriylar va nogironlar birlaşmasi raisi Talʼat Murodov hamda  Birlaşma raisining birinçi muovini  Ilimdar Ilyasov  Miraziz Aʼzam kabi tabarruk yoşdagi faxriylar hayoti bugungi yoşlarga, çin maʼnoda, örnak ekanini taʼkidlaşdi.

Miraziz Aʼzam 1936 yil 29 martda Toşkent şahrida, pedagoglar oilasida tuğilgan. 1953-1958 yillarda ÖzMU filologiya fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini Toşkent davlat telestudiyasida muharrir sifatida boşlagan. Keyinçalik “Ğunça” jurnalida adabiy xodim, “Yoşlar naşriyoti”da bölim mudiri, “Adabiyot va sanʼat” gazetasida katta muharrir va yana turli joylarda masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

1960 yillarda adabiyot maydoniga kirib kelib, bolalar uçun “Metallurg”, “Senga nima böldi?”, “Ğalati tuş”, “Yer aylanadi”, “Yerga dovruq solamiz”, “Bir çöntak yonğoq”, “Qirq bolaga qirq savol” kabi şeʼriy töplamlar yaratgan. 2003 yilda “Eng yoruğ yulduzlar” nomi ostida pyesalar, tarixiy hikoyalar va maqolalar töplami naşr etilgan.

Mohir tarjimon jahon adabiyoti namoyandalarini özbek kitobxonlariga tanitişda ham katta xizmat qilgan. U Nizomiy Ganjaviy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Homid Ğazzoliy kabi Şarq mutafakkirlari, şuningdek, Puşkin, Mayakovskiy, Yesenin, Axmatova, Jak Prever, Kvazimodo, Mehmet Akif Ersoy, Najib Fozil, Şahriyor, Örxon Kamol, Örxon Pamuq kabi jahon adabiyoti vakillarining asarlarini ham tarjima qilgan. Şu bilan bir qatorda, Korney Çukovskiy, Edvard Lir, Uolter de la Mer, Janni Rodari kabi bolalar adabiyoti vakillarining asarlari, umuman olganda, turli tillardan 200 ga yaqin muallifning şeʼriy va nasriy asarlarini özbek tiliga ögirgan.

Miraziz Aʼzam yaratgan asarlar ham rus, ukrain, turkman, möğul va boşqa tillarda naşr etilgan, ayrim şeʼrlari esa turli xalqlar tillariga tarjima qilingan.

Uçraşuv davomida mehmonlar ijodkor jangçi-faxriy bilan bir piyola çoy ustida harbiy xizmat xotiralarini yodga olib, dildan suhbatlaşdilar.

Birlaşma raisi Talʼat Murodov ustoz ijodkor va jangçi-faxriy Miraziz Aʼzamga mustahkam salomatlik, oilaviy tinçlik-xotirjamlik, ijodlariga muvaffaqiyatlar tilab, Birlaşmaning faxriy yorliği hamda  kimmatbaho esdalik sovğalarini tantanali topşirdi.

Öz navbatida, Miraziz Aʼzam ham özining Afğonistonda ötgan har bir kuniga oid xotiralari yoritilgan asari — “Yölyozuvlar” nomli kitobi hamda “Til va adabiyot ta’limi” jurnalini “VETERAN” jangçi-faxriylar va nogironlar Birlaşmasi muzeyiga tuhfa qildi.

Uçraşuv yakunida otaxon ijodkor xonadonining kiriş eşigiga “Bu xonadonda Afğoniston hududida jangovar harakatlarda qatnaşgan uruş faxriysi Agzamov Miraziz Mirganiyeviç istiqomat qiladi” körsatkiçi örnatildi.

Maysara Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan