Toşkent viloyati Çinoz tumanida oilaviy qadriyatlarni uluğlaş, nuroniylar hayot tajribasini yoş avlodga yetkazişga qaratilgan ezgu işlar izçil davom ettirilmoqda. “Qöşa qariş saodati” loyihasi ana şunday taşabbuslardan biri bölib, nafaqat keksa avlodga ehtirom, balki yoşlar uçun hayot saboği sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Tumanning “Yollama” mahallasida istiqomat qilayotgan Gaziz ota va Ravşanoy ona Besinovalar oilasi ana şunday ibratli juftliklardan sanaladi. Ularning birga umr keçirayotganlariga 63 yil töldi. Şu yillar davomida 6 nafar farzandni voyaga yetkazib, el-yurt xizmatiga kamarbasta etdilar. Bugungi kunda ularning 25 nafar nabirasi, 39 nafar çevarasi bölib, katta bir oilada jamuljamdirlar.
Gaziz ota umri davomida turli sohalar, ayniqsa, temir yöl tizimida fidokorona mehnat qilib, halolligi va mehnatsevarligi bilan namuna bölib kelgan. Ravşanoy ona esa farzand tarbiyasi bilan bir qatorda, dala işlarida faol iştirok etib, oilaning mustahkam ustuni bölgan. Ulardagi sabr-toqat, özaro hurmat va sadoqat kabi fazilatlar farzandlari va nabiralari hayotida ham öz aksini topmoqda. Muxtorjon, Botirjon, Zokirjon, Rayhon, Asiya va Raʼnoxon kabi farzandlari hozirda turli sohalarda el xizmatida kamarbasta bölib, öz faoliyatlari davomida ota-onaning oqilona tarbiyasini yaqqol namoyon etmoqdalar.
Çinoz tumanida bunday badavlat, ahil va ibratli oilalar köplab uçraydi. Ular oilani mustahkam qörğon deb bilib, “suv kelsa simir, toş kelsa kemir” degan xalqona hikmatga amal qilib yaşamoqdalar.
Navbatdagi “Qöşa qariş saodati” tadbiri “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi hamda tuman hokimligi hamkorligida taşkil etildi. Unda viloyat hokimi örinbosari N.Normirzayeva, “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi A.Nosirov, tuman hokimi örinbosari Ş.Nizomiddinov, keng jamoatçilik va nuroniy oilalar iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar oila — jamiyat barqarorligining asosiy tayançi ekanini taʼkidlab, uzoq yillar davomida ahil yaşab kelayotgan juftliklarning hayot yöllari yoşlar uçun haqiqiy ibrat maktabi ekanini alohida qayd etdilar.
Uçraşuvning asosiy qismida sakkiz nafar nuroniy juftlik sahnaga taklif qilindi. Ular öz hayot yöllari, baxt-saodatga erişiş sirlari, turmuş tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Samimiy mulohazalar va hayotiy misollar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Oiladagi mehr-muhabbat, sabr-toqat va masʼuliyat kabi insoniy fazilatlar tarannumiga bağişlangan sahna körinişlari tomoşabinlarni çuqur xulosalar çiqarişga undadi. Bu çiqişlar, ayniqsa, yoş avlod qalbida oilaga bölgan hurmat va masʼuliyat tuyğusini yanada kuçaytirişga xizmat qildi, desak xato bölmaydi, albatta.
Tadbir yakunida nuroniy oilalar tuman hokimligi tomonidan taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ayni eʼtirof ularning ibratli hayot yöllariga nisbatan yuksak hurmat ramzi böldi.
— Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oila instituti poydevorini, şu bilan birga, avlodlar örtasidagi riştalarni mustahkamlaş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaşda muhim ahamiyatga ega, — deydi tuman “Buvijonlar maktabi” rahbari Habiba Şerova. — Tumanimizda 10 mingdan ziyod nuroniy buvijonlar istiqomat qiladilar. Ularning hayot yöllari yoşlar uçun haqiqiy ibrat maktabidir.
Darhaqiqat, qöşa qariş, bu — nafaqat birga yaşaş, balki bir-birini tuşuniş, qöllab-quvvatlaş, hayot sinovlarini yelkadoş bölib yengib ötişdir. Ana şunday ibratli oilalar bor ekan, jamiyatimizda barqarorlik va gözal maʼnaviy muhit hamişa bardavom böladi.
Nigora Örolova,
Toşkent viloyati.