Şuhrat Negmatov,

“Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi raisi,

“El-yurt hurmati” ordeni sohibi: 

— Bugun yurtimizda keçayotgan tarixiy yangilaniş va islohotlarda sidqidildan iştirok etib, ularga öziga xos hissa qöşayotgan neki yurtdoşimiz borki, davlatimiz rahbariyatining yuksak eʼtirofiga sazovor bölmoqda. Bunga misollar juda köp. Şular qatorida mening ham kamtarona xizmatlarim hurmatli Yurtboşimiz tomonidan “El-yurt hurmati” ordeniga munosib körildi. Bundan ğoyat minnatdorman va uşbu eʼtibor men rahbarlik qilayotgan jamoaning mehnatlariga berilgan ulkan baho deb bilaman.

Darhaqiqat, nuroniylar — katta hayot maktabini ötagan, boy tajriba va ibratli umr yöliga ega bölgan, yoş avlod tarbiyasida beqiyos örin tutuvçi insonlar hisoblanadi. Bugun muhtaram Yurtboşimizning taşabbuslari bilan mamlakatimizda iş boşlagan faol nuroniylar jamiyatimizning barça jabhasiga kirib borib, mavjud muammolar, ularni öz vaqtida bartaraf etiş, xalq farovonligini oşiriş, yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaşda özlarining aniq, maqsadli saʼy-harakatlarini amalga oşirmoqdalar. Öz navbatida, uşbu taşabbuslar samarasini bermoqda.

Fikrimizga joylarda ötkazilayotgan “Faxriylar — faxrimiz”, “Uç avlod uçraşuvi”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Ğayratli keksalar”, “Kambağallikdan — farovonlik sari” va yana qator dastur hamda loyihalarni misol qiliş mumkinki, ularning barçasi Vatanimiz ravnaqini taʼminlaş, xalq farovonligini oşiriş, yoş avlodni vatanparvar, ğayrat-şijoatli, yusak bilim va kasb-hunarli etib tarbiyalaşdek muhim vazifalarni amalga oşirişda hayotbaxş zamin bölib xizmat qilmoqda.

Şunday ekan, uşbu yölda öziga xos şiddat, şijoat va yuksak masʼuliyat bilan faoliyat yuritiş biz, nuroniylarning doimiy vazifamiz bölib qolaveradi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan