Isroiljon Sultonov,

“Nuroniy” jamğarmasi Asaka tumani bölimi raisi,

“Mehnat şuhrati” ordeni sohibi:

— Kamtarona mehnatimizning Yurtboşimiz tomonidan yuksak mukofotga loyiq körilganini nafaqat men, balki asakalik nuroniylarga bildirilgan ulkan eʼzoz va mehr-eʼtibor namunasi deb bilaman. Töğrisi, eʼzoz va mehr sururidan bugun barçamiz şodmiz. Bu eʼtirof bizga özgaça kuç, rağbat böldi.

Davlatimiz rahbari bizga şunçalik işonç bildirayotgan ekan, uni har lahzada oqlaş harakatida bölişimiz şart va zarur.  Yurtboşimiz taşabbuslari bilan “Inson qadri uçun!” degan ğoya ostida   tarixiy yangilanişlar,  islohotlar amalga oşirilayotgan ekan, ularning barçasida biz, nuroniylar ham yeng şimarib, kamarbasta bölib turişimiz, islohotlarning jadallaşuvi, ularning samarali amalga oşişiga munosib hissa qöşişimiz, şu Vatan, şu xalqni kamolot va taraqqiyot çöqqilariga olib çiqişda jonbozlik körsatmoğimiz lozim. Buning uçun bizga barça şaroit va imkoniyatlar yetarli, albatta.

Fursatdan foydalanib, barça nuroniylarni, yurtdoşlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan çin dildan tabriklayman. Ilohim yurtimiz tinç, xalqimiz farovon va xotirjam, osmonimiz musaffo bölsin!

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan