Yangi Özbekiston har jabhada şiddat bilan yuksalib bormoqda. Buni barçamiz şaxsan körib, tarixiy ahamiyatga molik islohotlarning iştirokçisiga aylanib turibmiz. Qaysi hududga bormang, öşa joyda yangilaniş va islohotlarni körasiz. Jumladan, Xorazm viloyati Xiva şahrida ham asrlarga tatigulik işlardan bugun hayratga tuşayotganligimiz bor gap.

Masalan, şaharga temir yöl tarmoğining kelişi, 2026 yil may oyidan Jaloliddin Manguberdi nomi bilan ataladigan tezyurar poyezd qatnovining yölga qöyilişi, avvalo, Xorazm xalqi, qolaversa, mahalliy hamda xorijlik sayyohlarga öziga xos qulayliklar yaratdi. Xiva vokzalidan Urganç aeroportiga boradigan pullik avtomobil yöli, Urganç aeroportidan Urganç temir yöli vokzali orqali Xiva temir yöliga keladigan 35 kilometrli masofada havo, temir yöli va avtomobil yöli qurilişining jadal surʼatlarda olib borilişini taʼbir joiz bölsa, möʼjiza deyiş mumkin.

Şahrimizda Prezident maktabining qurib işga tuşirilişi, vokzal atrofida jahon standartlariga mos keladigan yulduzli mehmonxonalarning barpo etilişi, şahar köçalari, Içan-qalʼa, Deşon qalʼa atroflarining obodonlaştirilişi, temir yöl istirohat parki, “Nurullo boy” majmuasining qayta işga tuşirilişi, “Arda Xiva” majmuasi hamda uning yonida uzukka köz qöygandek yaraşgan “Farovon” mehmonxonasini bugungi davr bunyodkorlik işlarining yorqin namunasi deyiş mumkin.

Mana şunday tizimli işlarda xivalik nuroniy otaxonu onaxonlar ham  faol. Uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilib, hozirgi kunda eʼzozga, hurmat-eʼtiborga sazovor bölgan faxriylar iştirokida joylarda turli uçraşuvlar, davra suhbatlari, muloqotlar taşkil qilinmoqda. Uşbu işlarda “Nuroniy” jamğarmasi Xiva şahar bölimining alohida xizmatlari bor, albatta. Idora va taşkilotlarda, taʼlim muassasalarida, jamoat birlaşmalarida, mahallalarda “Uç avlod uçraşuvi”, “Qöşa qariş saodati”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Kambağallikdan — farovonlik sari”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Yuz bilan yuzlaşganlar” kabi loyihalar doirasida qator tadbirlar ötkazilib, ayni taşabbuslar jarayonida keksa, örta va yoş avlod vakillari jamlanmoqda. Tadbirlar davomida köpni körgan nuroniylar örta va yoş avlod vakillariga bugungi islohotlarda faol böliş, Vatan va xalq uçun munosib xizmat qiliş, öz bilimi, kasb-hunari bilan yurt taraqqiyotiga hissa qöşiş, oilani mustahkam tutiş, farzandlarni barkamol insonlar etib tarbiyalaşda masʼuliyatli böliş yuzasidan tuşuntiriş va tavsiyalar berib, özlarining oltin ögitlaridan bahramand qilmoqda.

Qator faxriy unvonlar, davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bölgan nuroniylar — Nodir Otajonov, Dilorom Roximova, Otanazar Pirnazarov, Şavkat Jumaniyazov, Kodomboy Nuniyazov, Qurbonboy Xoliqov va yana boşqa faol nuroniylar jonbozlik körsatmoqdalar. Olib borilayotgan işlar natijasida mahallalarda yoşlar kasb-hunarga yönaltirilib, ularning bandligi taʼminlanmoqda, ilm-fanga qiziqqan yoşlarga yordam berilib,  kelajakda oliy taʼlim dargohlarida öqişlari uçun şaroitlar yaratilmoqda. Amaliy işlar natijasida faol nuroniylarga biriktirilgan oilalar kambağallik röyxatidan çiqarilib,  asta-sekin moddiy farovonlikka erişmoqda.

Şahardagi obodonçilik, körkamlik, farovonlik, insonlarning mamnun çehrasiga boqib, bugungi dorilomon kunlardan behad quvonib ketasan kişi. Aslida, dorilomonlik ham bebaho bir neʼmat. Uni har doim avaylaşimiz, qadriga yetişimiz kerak. Buning uçun har bir inson öz zimmasidagi masʼuliyatni teran anglaşi, muqaddas burçini esa vijdonan ado etişi kerak. Ana şundagina kutilgan natijalarga erişamiz, hayotimiz yanada gözallaşib boraveradi.

Polvonnazir OTAJONOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan