Sönggi kunlarda ayrim internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonda nipax virusi keng tarqalayotgani hamda u oğir oqibatlarga olib kelişi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Xöş, nipax qanday virus? 

Nipax ilk bor qariyb 30 yil avval aniqlangan bölib, xavfli viruslar toifasiga kiradi. Uşbu virus köp hollarda yaşirin yoki simptomsiz keçadi. Uning oğir şaklida boş miya qobiğining yalliğlanişi (meningoensefalit), jigar, buyrak va taloq faoliyatining buzilişi kabi jiddiy belgilar hamda baʼzida ölim holatlari kuzatilişi mumkin.

Afsuski, dunyoda Nipax virusiga qarşi alohida vaksina işlab çiqilmagan. Muolaja jarayoni, asosan, simptomatik, yaʼni bemordagi belgilarga qarab olib boriladi.

 U qay hollarda yuqadi? 

Asosan, körşapalaklar va çöçqalar orqali yuqadi. Ayniqsa, körşapalaklar tişlagan yoki tirnoq izi tuşgan mevalarni isteʼmol qiliş, şu hayvonlar bilan yaqin va muntazam muloqotda böliş virus yuqiş xavfini oşiradi.

Şuningdek, ayrim hollarda u odamdan odamga ham yuqişi mumkin. Bu esa, asosan, bemor bilan yaqin aloqada bölganlarda kuzatiladi. Şu jumladan, tibbiyot xodimlari ham xavf guruhiga kiradi.

 Virusning Özbekistonda tarqaliş ehtimoli bormi?

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekovning sözlariga köra, mamlakatimizda Nipax virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanişga heç qanday asos yöq. Boisi, uning Özbekiston hududida tarqaliş ehtimoli juda past.

Şu bilan birga, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti uşbu virus dunyoda ham keng kölamli epidemiya yoki pandemiya keltirib çiqariş ehtimoli yöqligini taʼkidlamoqda.

Bu virusning mamlakatimizga kirib keliş ehtimoli juda past bölsa-da, şu kunlarda Hindistonga borişni rejalaştirayotgan yurtdoşlarimizga bir neçta profilaktika çoralarini köriş tavsiya etiladi.

Xususan, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, qöllarni sovun yoki antiseptik vositalar bilan tozalaş, meva va sabzavotlarni isteʼmol qilişdan avval yaxşilab çayiş, tekşirilmagan suvni içmaslik, körşapalaklar tirnagani yoki tişlagani ehtimoli bölgan mevalarni isteʼmol qilmaslik lozim.

Agar yuqori harorat, kuçli boş oğriği yoki boşqa kasallik belgilari paydo bölsa, darhol şifokorga murojaat qiliş kerak.

SSV matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, ayni paytda yurtimizda epidemiologik vaziyatni barqaror saqlaş hamda çetdan kirib kelişi mumkin bölgan kasalliklarning oldini oliş maqsadida 54 ta çegara punktida doimiy nazorat olib borilmoqda.

Mohigul Qosimova,

ÖzA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan