Uçtepa tumanidagi “Yangiyöl” mahallasida 36 yildan beri istiqomat qilaman. Öşa paytlarda bir xonali xonadonda yaşardim. Uyimiz yonidagi yerga turli köçatlar, gullar ekib, parvarişlar edim. Köçatlar gulga kirib, ğuj-ğuj mevalari pişganida qöşnilarga ham ulaşarim.
Tabiatni özim kabi yaxşi köradigan insonga turmuşga çiqdim. Turmuş örtoğim ham uyning yon tomonidagi qarovsiz joyda kattagina boğ barpo qilgandi. Yam-yaşil şamşodlar, örik, yonğoq, şaftoli, qaroli, behi va xurmo daraxtlari boğimizga körk berib, gurkirab ösardi. Oftobda zarğaldoq, luççak, lola, anjiri, oq şaftoli, qizil şaftolilardan, sap-sariq bölib pişgan örik mevalaridan taralayotgan böylar yölovçilarni öziga çorlardi.
Tabiat yurtni seviş saboğini örgatadi
Ketma-ket farzandlarimiz dunyoga keldi. Bolalarim boğda kapalaklarni quvib, askarlarday terilgan çumolilarni hayrat-la kuzatişib, gullar terişib, yaproqlardan guldastalar yasab, dovuççalar, mevalar yeb, yerda oyoqyalang yurişib yayraşardi. Daraxt şoxiga solingan arğimçoqlarda qiyqirişib mazza qilib uçişardi.
Agar siz farzandingizni Vatanni sevadigan inson bölib voyaga yetişini istasangiz, uni tabiat bağrida voyaga yetkazing. Ular közlari bilan körib, qöllari bilan uşlagan narsalariga mehr berişadi. Ularni avaylaşni, sevişni örganadi. Zamin, osmon, suv, havo, yoruğlik, çaqmoq, kun, tun, jonivorlar, qöyingki, tabiat bağrida neki mavjud bölsa, barçasiga birdek mehr qöyadi. Vatanni seviş saboğini olişadi.
Essizgina gullarim, nihollarim…
Tört qavatli uyimiz ortida yirik elektr liniyasi ötgan bölib, u yerda inşoot quriş imkoni yöq edi. Uy qurilişi mobaynida yiğilgan çiqindilar ustiga nomigagina tuproq tortilgandi. Mehnatdan qoçmagan qöşnilar joyni toşlardan, quriliş çiqindilaridan tozalaşdi. Toza tuproq olib kelib tökişdi. Daraxt, gul köçatlarini ekişdi. Boğ atrofini setka bilan öraşdi.
Köp qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalarni buziş işlari boşlanganda boğ atrofini öragan setkalar ham olib taşlandi, daraxtlar kesildi. Boğlardagi sörilar buzib taşlandi. Odamlarning tabiatga, yaşillikka bölgan mehri bölindi, hafsalasi pir böldi…
Oradan vaqt ötib, gullar qarovsizlikdan sölib, daraxtlar quriy boşlandi. Atrofga çiqindilar taşlana boşlandi. Ahvol şu darajaga yetdiki, aholi uydan çiqqan axlatlarni, uy taʼmiridan çiqqan çiqindilarni uyning orqa tarafiga taşlay boşlaşdi. Bir neça marotaba qöşnilarga, “kelinglar, barçamiz bir bölib uy atrofini tozalaylik. Supurib, ozoda qilaylik. Daraxtlarga suv quyaylik. Axir, şu joyda özimiz yaşaymiz, farzandlarimiz yaşaşadi. Mahallamiz obod bölsa, özimizga yaxşi-ku”, dedim. Va har gal bitta gapni eşitdim. “Kim boğçalarimizni oyoq osti qilgan bölsa, özlari kelib, daraxtlarga suv quysin! Özlari axlatlardan tozalaşsin!”
Mahallani biz obod qilmasak, kim obod qiladi?
Bir kuni ertalab, qölimga qölqop kiyib, pastga, uyning orqasiga ötdim. Dastlab işni boğdagi çiqindilarni yiğib olişdan boşladim. Xonadonlardan çiqarib taşlangan baklaşkalarni, şişalarni, axlatlarni belgilangan joyga olib borib taşladim. Atrof çiroyli böldi.
Qölimga ketmon olib işga kirişdim. Yerni ağdarganim sari könglim çökib borardi. Çunki yirik, mayda toşlar, şişa siniqlari, beton, temir, ğişt bölaklari çiqib kelardi. Ayniqsa, toşlar nihoyatda köp edi. Yerning baʼzi joylari qattiq bölib, ketmon ham, bel ham ötmasdi.
Ötgan-qaytgan yölovçilar, menga hayron bölib qaraşardi. Hatto baʼzilari: “Şu yoşda sizga nima zaril, endi bu yerda heç narsa ösmaydi”, deyişardi. Men esa ularning sözlariga parvo qilmay, işimni davom ettiraverdim.
Hatto turmuş örtoğim ham köp urinmasligimni taʼkidladilar.
— Bu yerni boğ qilişga ruxsat ham berişmaydi. Ana uy yonidagi boğimizni buzib taşlaşdi, u yer axlatxonaga aylandi. Atrof qarovsiz holga keldi, — dedilar.
— Tarix özgarib turadi. Xudo xohlasa, şu yerda kiçkina bölsa ham bir boğ bunyod qilay. Daraxtlarni, gullarni körib, közlaringiz quvnasin, — dedim.
Işdan töxtamadim. Şu tarzda tört sotix joyni amallab epaqaga keltirdim. Ammo yana olti sotixça yer, bundan taşqari, yölgaça yana ançagina joy bor edi. Odamlar hamon çiqindilarini taşlaşardi.
Öylay-öylay oxiri uyimizning yettinçi yölagida yaşovçi tadbirkor Abduqodirning xonadoniga çiqdim.
— Bolam, sen mana şu olti sotixça yerga işlov berib, köçatlar, gullar ekib, obod qilgin. Yöl yoqasiga, manavi yerlarga ham birgalaşib köçatlar, gullar ekaylik, — dedim.
U biroz öylanib:
— Ona, siz nima desangiz, şu-da. Ammo qöşnilar bunga rozi bölişarmikan?
— Axir, yurtni, mahallani, uyimiz atrofini biz obod qilmasak, kim obod qiladi? — dedim.
Abduqodirning yuzi yorişdi. Işlarni boşlab yubordik.
Qalbim ham gulga kirdi
Bu orada işimizni xuşlamaydiganlar, janjal qiluvçilar, norozilar ham böldi…
Ammo oradan taxminan bir oyça vaqt vaqt ötgaç, qöşnim Flyura qöliga ketmon olib boğida iş boşladi… Keyin boşqalar ham asta-sekin uylaridan çiqib işga kirişdi. Atrof şox-şabbalardan, axlatlardan, har xil çiqindilardan tozalandi. Yer yuzini qoplagan xazonlar supurilib, bir joyga yiğildi. Abduqodirning yonida oltmiş sakkiz yoşga kirgan onasi, ayoli, qizi, jiyanlari turdi. Ön-ön beş nafar qöşnilar yordamga kelişdi..
Köp qavatli uyimizning oldiga, orqa tarafiga, maşina yölining çetiga qator qilib arçalar, gulsafsarlar ekdik. Ariq içidagi axlatlar olinib bir yerga töplandi. Beton yölak va zinalar tayyorlandi. Haş-paş degunça atrof çinniday bölib yaraqladi.
Boğimizga daraxt köçatlari, turli-tuman gullar ekdik, pomidor, baqlajon uruğlari ekilib, sabzi, kaşniç, şivit uruğlari sepildi.
Bahorda qöşnilar özaro kelişib boğ atrofini setkalar bilan öradik. Yölaklarni supurib, axlatlardan tozaladik. Boğ örtasidan sörilar joy oldi. Nihollar, gul köçatlari ekildi.
“Inson qöli gul” deyişadi. Aslida, qalbi gul insonlarning qöli gul böladi.
Bahorda daraxtlar oppoq gulga kirdi. Uruğlar niş urdi. Rayhonlar (bizda noziböy deyişadi) yoqimli böyini atrofga soçdi. Atirgullar çamanday oçildi. Qovoqlar tugdi. Atrof, boğim yaşil köylagini kiydi. Nafaqat boğim, mening ham qalbim gulga kirdi. Yaşillandi.
Meni boğim asrab qoldi
Öşa kezlarda kutilmaganda koronavirus epidemiyasi boşlandi. Odamlar yoppasiga dardga çalina boşladi. Biz ham virusga çalindik.
Turmuş örtoğim, qizim işga borib-kelib yurişdi. Öğlim Muhammadjon bilan uyda böldik. Tinimsiz yötalardik. Menga havo yetişmasdi. Şu sababli, har kuni tong saharda boğimga tuşib, kuni bilan musaffo havodan töyib-töyib simirardim.
…Vaqt ötib boğimizning çiroyi ötgan-ketganlarning havasini keltiradigan göşaga aylandi.
Bugun özimga özim hisob bersam, ötgan 36 yil davomida 300 dona örik, yonğoq, olma, şaftoli, tok, arça, anjir, pista, bodom, tut kabi köçatlarni ekibman. Hozirda 250 tasi saqlangan. 230 tup atirgul köçatlarimdan 50 tasi qolgan. Yigirma beş tup yonğoq östirdim. Eng muhimi, koronavirusni, oyoq oğriğini yengdim… Atrofimdagilar könglida tabiatga bölgan mehrni uyğota oldim. Bugun ruhim tetik, könglim xotirjam…
Bularni nega aytyapman, joriy yilning 1 aprelida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirida iştirok etib, xalqimizda “Yaxşidan boğ qoladi”, “Bir köçat — ming baraka”, “Farzand körsang, töy qilsang, daraxt ek” degan hikmatli sözlar bejiz aytilmaganini, bu kabi milliy qadriyatlarimizning ahamiyati bugun har qaçongidan ham dolzarb bölib borayotganini taʼkidladilar.
Davlatimiz rahbari mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari hamda barça faollarni joylarda milliy urf-odatlar, anʼana va qadriyatlarni yanada kengroq tarğib qilişga, har bir köça, xonadon, yöl böylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekişda boş bölişga çaqirdilar.
Demakki, barçamiz birga harakat qilsak, öz uyimiz, öz köçalarimiz va mahallalarimizni obod qilsak, yurtimiz yanada gözallikka burkanadi. Buning uçun esa birlaşib, hamjihatlikda harkat qilişimiz zarur. Zero, Yurtboşimiz boşlagan ezgu işlarga kamarbasta böliş har birmizning fuqarolik burçimizdir.
Oygul Ubaydulla qizi,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira,
Uçtepa tumanidagi “Yangiyöl” mahallasi Keksalar
va faxriylar böyiça maslahatçisi.