Özbekiston Respublikasi Prezidentining “9 may — Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, mamlakatimizning barça hududlarida uşbu sana keng nişonlanmoqda.
Toşkent viloyati Ohangaron şahridagi “Xonobod” mahallasida ham “Burç, jasorat, matonat!” şiori ostida insoniylik va vatanparvarlikning yuksak namunasini ifoda etgan “Uç avlod uçraşuvi” ötkazildi. Unda Afğon uruşida mardlarça halok bölgan harbiy desant qöşini oddiy askari Akrom Karimov xotirasi yodga olindi.
Tadbirda Ohangaron şahar hokimi Sadriddin Şoqosimov, nuroniylar, Afğon uruşi faxriylari hamda yoşlar qatnaşişdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, xotirasiga yuksak ehtirom körsatiş, yoşi uluğ faxriylarni eʼzozlaş, ularning ijtimoiy va maʼnaviy faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanganini alohida taʼkidladilar.
Nuroniylar öz hayotiy tajribasi haqida sözlab, yoşlarni bugungi tinç va dorilamon kunlar, yaratilgan imkoniyatlarning qadriga yetişga çorlaşdi. Tadbir davomida marhum Akrom Karimov haqiga duo qilinib, oila aʼzolariga ehtirom körsatildi.
Şavkat Komilov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Ohangaron şahar bölimi raisi.