“Burç, jasorat, matonat!”
Tinçlikni “Uluğ neʼmat” deya qadrlaşadi. tinçlik qadrini, ayniqsa, uruş körganlar, ikkinçi jahon uruşi zahmatlarini boşidan ötkazganlar yaxşi biladi.
Bugun dunyoda sodir bölayotgan ziddiyatlar, uruş va kelişmovçiliklar, mafkuraviy tajovuzlar nafaqat inson ongu şuuri, dunyoqaraşini özgartirişni nişonga olayotgan bir davrda tarixiy xotira, maʼnaviy-madaniy meros milliy özlikni asraş, ğoyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarşi kuraşiş dunyoda tinçlikni asraş yölidagi ezgu amallardandir. Şu maʼnoda, 9 may — Xotira va qadrlaş kuni sifatida yurtimizda keng nişonlanişi ramziy maʼno kasb etib, u yillar oşa mazkur sana ortida turgan tarix, milliy qahramonlik, millat irodasi, hurlik, vatansevarlik va insonparvarlikning uluğlanişiga, mazkur tuşunçalarning xalq orasida qadr topişiga, bu orqali xalqning ongi va ğururini kötarişga xizmat qilmoqda.
Odiljon ota duolari
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 apreldagi “9 may — Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, mamlakatimiz böylab “Burç, jasorat, matonat!” şiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “Uç avlod uçraşuvlari”, ijodiy keçalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari taşkil etilmoqda. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va frontorti mehnat faxriylari, şuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordamlar körsatilmoqda. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan, şuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining oila aʼzolariga tegişli vazirliklar va idoralar rahbarlari nomidan biryöla tölanadigan pul mukofotlari tantanali ravişda topşirilmoqda.
Jumladan, “Nuroniy” jamğarmasi Farğona viloyati, şuningdek, jamğarmaning Toşloq tumani bölimi hamda tuman hokimligi xodimlari tomonidan faxriy nuroniy, II jahon uruşi qatnaşçisi, 103 yoşli Odiljon ota Zokirov holidan xabar olindi.
Odiljon ota qirğinbarot uruşning naqd içida turib, duşmanga qarşi jang qilgan, uruş dahşatlari şundoqqina köz öngida sodir bölgan. Öşa maşʼum voqealarni otaxon şunday xotirlaydi:
— Tong otganda qiyomatli uruş böldi-da, himoyaga kirgan şerigimni u yeridan-bu yeridan uzib, 3 bölak qilib qöyibdi. Qaytib kelsam, qismda haligi ahvol: 20 ta zirhli maşina paçoq, zambarak ham yöq, odam ham yöq. Maşina esa yonib yotibdi…
U davrlarda odamlar juda qiynalib yaşardi. Xudoga beadad şukr, bugungi kunda, ayniqsa, sönggi ön yillar davomida Yangi Özbekistonimizning qiyofasi butunlay özgardi. Odamlar hayotiga farovonlik kirdi. Hayotimiz, dunyoqaraşimiz ham yangilandi. Bugun hatto çekka qişloqlarimiz ham zamonaviy, körkam qiyofaga kirgan. Hamma joyda yangi qurilişlar, obodlik va bunyodkorlik. Prezidentimizga rahmat, keçani keça, kunduzni kunduz demasdan, mahalla, qişloqlarga borib, xalq holidan xabardor böladi. Umri uzoq bölsin, qayerda yiğiliş bölsa, Prezidentimiz keksa nuroniylarga alohida eʼtibor beradi. Niyatim şuki, Yurtboşimiz omon bölsin, Özbekistonimizga köz tegmasin, heçam uruş bölmasin.
Odiljon otani tom maʼnoda öz davrining qahramonlaridan deyiş mumkin. Dehqon oilasida tuğilib-ösgan, mehnatda suyagi qotgan Odiljon 1939 yilda boşlangan Katta Farğona kanali qurilişida qatnaşadi. Namangan, Farğona viloyatlarida suv inşootlarini bunyod etişda munosib namuna körsatadi. 1942 yil 12 sentyabr kuni uruşga ketib, Xarkov şahrining 70/595-sonli harbiy qismida artilleriyada xizmat qila boşlaydi.
Bu qism öqçi brigada bölib, harbiy frontning oldingi qismlarida duşmanning oğir texnikalarini yakson qiliş va duşman hujumini töxtatiş vazifasini bajarardi. Şuningdek, u Ukraina, Varşavani ozod qilişda qatnaşib, Moldovada yarador böladi. Gospitalda davolanib, Çexoslovakiyadan Germaniyagaça borgan. 1945 yil oktyabrda uruşdan qaytgan. Ikkinçi jahon uruşida körsatgan qahramonliklari uçun öz davrining qator orden va medallari bilan taqdirlangan.
Ona Vatanga qaytgaç, öz yurti farovonligi uçun mehnat qilişga bel boğlaydi. Xususan, markaziy Farğona yerlarini özlaştiriş, daşt va çöllarda unumdorlikni oşiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan, paxta, buğdoy, meva-sabzavot hamda poliz ekinlarini yetiştirişga munosib hissa qöşgan.
Ayoli Oyşaxon aya bilan 10 nafar farzandni tarbiyaladi. Farzandlarning barçasi halol mehnat qilib, farovon turmuş körib yaşadilar. Hozir ulardan 7 nafari hayot. Odiljon ota muhtaram Prezidentimizning tavsiyasi bilan 2017 yilda haj ziyoratini amalga oşirdi. Maʼlumotlarga köra, hozirgi kunda şifokorlar biriktirilib, doimo otaxonning salomatligi nazorat qilinadi, zarur muolajalar olib boriladi. Faxriy nuroniy yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari bilan ötkaziladigan uçraşuvlarda iştirok etib, tinçlikni asraş, Vatan ravnaqi yölida xizmat qiliş, ona yurt himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burçi ekanini, şuningdek, oilalar mustahkamligi, farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati kabi mavzular ahamiyatini jiddiy taʼkidlaydi, hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşadi.
Anorboy otaning şukronasi
Toşkent viloyati Parkent tumani “Nomdanak” qişloğida istiqomat qiluvçi 101 yoşli Anorboy ota Jalilov ham Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi. 1944-1945 yillarda Belorusiya frontida, 1945-50 yillarda Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne, Şverin şaharlarida xizmat qilgan. Elliginçi yilning 21 oktyabrida xizmatni yakunlab, uyga qaytgan. Öz davrining bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan.
Hozir 10 nafardan ortiq nevara-evaralari bor. Mutasaddilar tomonidan otaxon ahvolidan xabar olinib, muammo va ehtiyojlari bölsa, amaliy kömak körsatilmoqda. Salomatligi nazorat qilib boriladi. Har yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qimmatbaho sovğa, bayram tabrigi va bir martalik pul mukofoti hamda viloyat va tuman hokimlari tomonidan maişiy texnik vositalar sovğa qilinadi. Anorboy ota uni yöqlab kelgan yoşlarga dono ögit berib, pand-nasihat qiladi, ularga töğri yöl körsatadi. Bugungi kunlarga şukrona aytib yaşaş, el-yurt koriga kamarbasta böliş har bir öğil-qizning burçi ekanini uqtiradi.
Yaqinda Anorboy Jalilovga partiya tizimi rivojiga qöşgan hissasi va köp yillik ijtimoiy faolligi uçun “Özbekiston xalq demokratik partiyasi iftixori” kökrak nişoni topşirildi. Mazkur eʼtirof Özbekistonda inson qadrini uluğlaş, keksa avlod vakillarining fidokorona mehnatini qadrlaş hamda avlodlar örtasidagi uzviylikni mustahkamlaşga qaratilgan işlarning amaliy ifodasi bölib, yoşlarga burçga sadoqat, jasorat va matonat tuşunçalarining naqadar uluğvor ekanini çuqurroq körsatadi.
Saodatli jamilaxon aya
Namangan şahar “Ozod” mahallasida istiqomat qilayotgan 100 yoşli Jamilaxon aya Inamova frontorti mehnat faxriysi. 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Namangan şahar hokimi Ayubxon Kamalov, “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi Ikromxon Najmiddinov hamda faollar uning xonadonida bölib, holidan xabar oldilar.
Onaxonning 75 yoşli öğli Rustamjon otaning aytişiça, Jamilaxon aya 14-15 yoşidanoq zavodda laboratoriyada işlay boşlagan. Garçi faqatgina yettinçi sinfni bitirgan bölsa-da, abjirligi maʼqul kelib, işga qabul qilingan. Kunduzlari esa aholiga non tarqatgan. Qorni oç xalq tös-töpolon qilgan vaqtlar ham bölgan ekan. Jamilaxon aya xuşxat, xat-savodli bölgani uçun özbek, rus tillarida gazeta xabarlarini öqib eşittirgan.
Bir asrlik yölni bosib ötgan Jamilaxon aya, şukrki, hozir ham bardam, baquvvat. Qirqinçi yillar voqealarini yaxşi eslaydi. Öz navbatida, tabarruk onaxonning holidan tez-tez xabar olib turişadi, salomatligi nazoratga olingan.
Örinbadal ota bilan uçraşuv
Şuningdek, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Yoqutli boğ” mahallasida istiqomat qiluvçi, Ikkinçi jahon uruşi yillarida front ortida xizmat qilgan 101 yoşli Örinbadal bobo Yorovning xonadoni ham bugungi kunda juda gavjum. Surxondaryo viloyati mudofaa işlari boşqarmasi, Sariosiyo tumanidagi 18-sonli umumiy örta taʼlim maktabining “Vatan tayançi” otryadi aʼzolari birgalikda otaxonning holidan xabar olişdi.
Uçraşuv davomida nuroniy otaxon uruş yillarini esga olib, front ortidagi maşaqqatli mehnat, xalqning sabr-matonati haqida sözlab berdi. Istiqlolga erişgaç, maşʼum yillar xotirini şunçaki unutib yubormaslik, tinçlikni qadrlaş, Vatanni seviş va ota-bobolar merosiga munosib ega çiqiş har bir yigit-qizning muqaddas burçi, yelkasida turgan masʼuliyat ekanini alohida taʼkidladi.
Darhaqiqat, asl aynimas deganlari rost. Yuragiga Vatan muhabbatini jo qilib, millat şaʼni, or-nomusi himoyasi yölida, ona yurt tuproqlariga ğanim qadami tegmasin deya janggohlarda jon fido etgan asl er-yigitlarning (hatto ularning maʼlum qismi bedarak yöqolgan) timsoli nafaqat bugun, balki kelajak uçun ham qahramonlikning yorqin timsoli bölib qoladi. Öz navbatida, frontortida mehnat qilib, askarlarga oziq-ovqat, kiyim-keçak — nimaiki zarur bölsa, şuni yetiştirgan özbek xalqining körgan-keçirganlari ham, aslida, bir qahramonlik.
9 may sanasi ana şu tarixni xotirga soluvçi, tinçlikni asraşga, istiqlolni qadrlaşga çorlovçi muhim kun sifatida ham alohida ahamiyatga molik. Zotan, Vatan millat qahramonlarini aslo unutmaydi. Bu yurtda inson uluğ, qadr muqaddasdir, uni asraş esa mardlarga xosdir.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.