Inson umrini bejiz fasllarga qiyoslaşmaydi. Agar bolalik orzular gullagan bahor bölsa, yoşlik ğayrat-şijoat jöş urgan yozga, nuroniylik esa hayotiy tajribalar sarhisob qilinadigan, donişmandlik durlari teriladigan oltin kuzga öxşaydi. Jamiyatda ana şu “fasllar” örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, keksalarning boy tajribasini yoşlarning şijoatiga payvand qiliş barqaror taraqqiyotning eng muhim şartidir.
Mamlakatimiz taraqqiyoti yölida ibrat maktabini yarata olgan fidoyilar, mehnat faxriylarining bosib ötgan hayot yölini yoşlarga namuna sifatida körsatiş, kelajak egalarini ustoz — şogird anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalaş va ularni yuksak marralar sari ruhlantiriş közlangan turkum tadbirlarni amaliyotga keng joriy etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi prokuraturasi tizimida “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan “Uç avlod uçraşuvlari” taşkil etilyapti.
Özbekiston prokuratura organlari faxriylari iştirokidagi ana şunday maʼrifiy tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatida ötkazildi. Unda prokuratura organlarining oliy darajali unvoniga ega bölgan 10 nafar faxriy, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari Oybek Sultonov, Boş prokuratura huzuridagi jamoatçilik kengaşi raisi Abdulxay Kaxxarov va prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi raisi Muratbay Nuratdinovlar qatnaşişdi.
Taşrifning ilk manzili Şerobod tumanidagi muqaddas Imom Termiziy ziyoratgohi böldi. Faxriylar uşbu tabarruk qadamjoda mustaqillik yillarida amalga oşirilgan keng kölamli obodonlaştiriş işlari, ziyoratçilar uçun yaratilgan zamonaviy şaroitlar bilan tanişdilar.
Buyuk muhaddis, islom olamining yirik allomasi hayoti va uning bebaho ilmiy merosi haqidagi suhbatlar nuroniylar qalbida yuksak iftixor uyğotdi. Ziyorat davomida Sohibqiron ruhiga ehtirom izhor etilib, Qurʼon tilovat qilindi.
Şundan söng mehmonlar tumandagi zamonaviy issiqxona majmuasini közdan keçirdilar. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişning ilğor usullari, saralaş va eksportga tayyorlaş jarayonlari hamda işçi-xodimlar uçun yaratilgan ijtimoiy şaroitlar mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Majmua mutaxassislarining yuqori hosildorlik va taşqi bozor raqobatbardoşligini taʼminlaş borasidagi taqdimotlari Surxon vohasining iqtisodiy salohiyatini namoyiş etdi.
Navbatdagi manzil uluğ mutafakkir Al-Hakim at Termiziy maqbarasi böldi. Ziyoratçilar allomaning maʼnaviy merosi va hayot yöliga oid maʼlumotlar bilan tanişib, Vatan tinçligi va el omonligini tilab duolar qildilar. Prokuratura faxriylari viloyat aholisini sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaşga qaratilgan “Şimoliy” suv işlab çiqariş inşootiga ham borişdi. “Töpalang” suv ombori imkoniyatlaridan samarali foydalanişga asoslangan, qiymati 287 million dollarlik uşbu megaloyiha Surxondaryoning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tubdan yangilaş yölidagi muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.
Inşoot hududida örnatilgan quyoş panellari va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş tajribasi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan “Tomorqa maktabi” faoliyati ham taşrifning muhim qismiga aylandi. U yerda 3 gektardan ziyod maydonda barpo etilgan issiqxona, öquv-tajriba maydonlari va tomçilatib suğoriş tizimi yerdan daromad olişning ilmiy asoslarini namoyiş etdi. Sitrus mevalar, anjir, xurmo va kamyob gullar yetiştiriş böyiça taşkil etilgan öquv kurslari faxriylarda innovatsion dehqonçilik madaniyati borasida yorqin taassurot qoldirdi.
Toşkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” esa yoş avlod uçun haqiqiy mahorat maktabiga aylandi. Tadbirda viloyat prokurori, huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning yoş xodimlari, “Bölajak prokurorlar klubi” aʼzolari va iqtidorli talabalar iştirok etdilar. Sözga çiqqan faxriylar özlarining köp yillik xizmat faoliyati davomida orttirgan boy tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarga halollik va adolat kasbiy faoliyatning boş mezoni ekani, vatanparvarlik va burçga sadoqat tuyğularining mazmun-mohiyati, yuksak masʼuliyat — el-yurt işonçini oqlaşning yagona yöli ekanini hayotiy misollar orqali tuşuntirib berdilar.
Samimiy muloqot yakunida talabalarga kitoblar jamlanmasi sovğa qilindi. Şuningdek, mehmonlar Termiz davlat universitetida bölib, oliy taʼlim tizimidagi xalqaro hamkorlik va istiqbolli loyihalar bilan tanişdilar. Kunning ikkinçi yarmida viloyat markazidagi Etnoşaharçada milliy qadriyatlar bayrami davom etdi. Xalq amaliy sanʼati namunalari va hunarmandçilik ekspozitsiyalari mehmonlarni milliy özlikni anglaş ruhi bilan oşno etdi. Bir dasturxon atrofida keçgan suhbatlarda bugun oramizda bölmagan fidoyi xodimlar yod etilib, ularning yaqinlariga ehtirom körsatildi.
Tadbirlar yakunida prokuratura faxriylari Termiz sayyidlari sulolasiga mansub Sulton Saodat majmuasining meʼmoriy va maʼnaviy qiymati bilan tanişdilar. Uşbu maskanning yurtimiz tarixidagi ahamiyati va kelajak avlod tarbiyasidagi örni alohida qayd etildi.
Taʼkidlaş joizki, inson öz mehnati va jasorati bilan eʼzoz topadi. Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qöşgan faxriylar, nuroniy otaxon va onaxonlarga ehtirom körsatiş, ularning ibratli hayot yölini yoşlarga tarğib qiliş barçamiz uçun ham burç, ham şarafli vazifadir.
Botir KALONOV,
Özbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi.