Mamlakatimizda “Kitobsevar millat” şiori ostida ötkazilgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi, çin maʼnoda, kitobsevar millatimizning yorqin vakillarini kaşf etdi.
Haftalik doirasida ötkazilgan uçraşuv va muloqotlar iştirokçilarga ulkan maʼnaviy-maʼrifiy saboq beriş bilan bir qatorda, yoş avlodni ezgu maqsad-vazifalar sari yanada ruhlantirdi.
Ayni tadbirlarda yurtimiz xotin-qizlari bilan uçraşiş, ular iştirokida qizğin suhbatlar taşkil qilişga ham alohida eʼtibor qaratildi.
— Onaxonlar, opajonlaru singillar bilan uçraşuvlarimiz Vatan va köngil obodligi haqidagi niyatlar bilan yanada çiroyli ötdi, — deydi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori, şoira Sayyora Töyçiyeva. — Qarşi şahri, tumani, Çiroqçi, Kökdala tumanlaridagi uçraşuvlar ayolning jamiyatdagi örni, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, oilalar farovonligini taʼminlaş borasidagi niyatlar, takliflar va tavsiyalarga boy böldi. Yurtdoşlarimizdagi kötarinki kayfiyat, öziga xos şukronalik hissi könglimizni yoritdi. Aziz hamrohlarim — Qaşqadaryo viloyati hokimi örinbosari — oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Ziyoda Aminova, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teşaboyevaning samimiy suhbatlari, hayotiy tahlillari har bir tadbirga özgaça mazmun baxş etdi…
Şahrisabz davlat pedagogika institutida “Marifatli qizlar” mavzusida bölib ötgan uçraşuvda qizlarni ilm-maʼrifatga çorlaş, oilada maʼnaviyat-maʼrifat tarğiboti, xotin-qizlarni ilm va ijod sari ruhlantiriş xususida fikr yuritildi. 36 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bölgan qaşqadaryolik lider qizlarning muvaffaqiyat sirlariga oid gurunglari talaba qizlarga öziga xos motivatsiya böldi.
Jizzax viloyati Şarof Raşidov nomidagi axborot-kutubxona markazida haftalikning tantanali yopiliş marosimi taşkil etildi. Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori, şoira Sayyora Töyçiyeva, Jizzax viloyati hokimining örinbosari — Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Gulnora Normurodova, Jizzax şahar “Oqila ayollar harakati” va “Buvijonlar maktabi” yetakçilari iştirok etdilar.
Tadbirda haftalik mobaynida amalga oşirilgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar sarhisob qilinib, kitobxonlikni keng tarğib etiş, jamiyatda mutolaa madaniyatini yuksaltiriş borasidagi muhim taşabbuslar ilgari surildi.
Şuningdek, haftalik davomida ötkazilgan tadbirlarda faollik körsatgan vakillar, tanlovlar ğolib va sovrindorlari tantanali taqdirlandilar.
B.VALIYEV.