“Maromiylik” loyihasi — amalda
Bugun yurtimizda amalda bölgan “Maromiylik” dasturi öziga xos anʼanaga aylandi. Buning natijasida oilalarda ortiqça sarf-xarajatlarning oldi olinib, maromiylikni taʼminlaşga erişilmoqda. Ayni jarayonda köplab oilalarning aholiga körsatayotgan şaxsiy namunalari eʼtirofga sazovor bölmoqda.
Camarqand viloyatining Samarqand tumanidagi “Qöşmaçit” mahallasida 81 yoşni qarşilagan nuroniy Mösin bobo Melikov istiqomat qiladilar. Otaxon ham barçaga ibrat bölib, fayzli, kamxarj va ixçam töy ötkazdilar.
Bobo bir yöla 5 nafar nabirasining nikoh, 3 nafar evarasining sunnat töylarini ötkazib, el-yurtga kamtarona dasturxon yozdilar va kamxarj töy ötkaziş yölida hammaga birdek namuna körsatdilar.
“Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati mutasaddilari faol nuroniyning uşbu taşabbusini alohida eʼtirof etib, mahallalar uçun bu tajribani ibrat qilib körsatişmoqda.
Mösin bobo Melikov 1946 yil 28 dekabrda dehqon oilasida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini kuriliş korxonasida oddiy suvoqçilikdan boşlagan. Keyinçalik traktorçi, 1969 yildan 2006 yilgaça haydovçi bölib işlagan. Nafaqaga çiqqaç, 2013 yilga qadar “Qöşmaçit” MFY raisi sifatida el-yurtga xizmat qilgan.
Otaxon rais bölib işlagan davrda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilarining sunnat va nikoh töylarini homiylik asosida ötkaziş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş, mahallaga içimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini tortib keliş va yana qator savobli işlarga boş-qoş bölgan.
Tinib-tinçimagan Mösin bobo 2011 yildan tadbirkorlik bilan şuğullanib keladi. Otaxon bugungi kunda 26 nafar fuqaroni iş bilan band qilgan. Ravonak texnikumi bilan şartnoma tuzib, bitiruvçi yoşlarga avtotransport vositalariga texnik xizmat körsatiş sirlarini örgatib kelmokda. Hozirda “Nuroniy” jamğarmasi jamoatçilik kengaşining faol aʼzosi. Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10, 15, 20 yillik kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.
Mösin bobo uç öğil, uç qizning otasi. Farzandlar ham hayotda özlarining munosib örinlarini topişgan. 17 nafar nabira, 11 nafar evara tabarruk otaxonning davomçilari desak, aslo xato qilmagan bölamiz.
Jamiyatimizda şiddatli, şu bilan birga, samarali islohot va yangilanişlar ketmoqda. Ularning asl mohiyatini Mösin bobo Melikov kabi köpni körgan tabarruk nuroniylar amalda yaqqol körsatib bermoqdalarki, buning oqibatida taşabbus va loyihalarimiz kutilgan samaralarni berib, xalq farovonligiga xizmat qilmoqda.
Bahodir Qiliçev,
Samarqand viloyati.