Qaşqadaryo — buyuk zamin. Uşbu tabarruk göşa dunyo tamadduniga Sohibqiron Amir Temurni tuhfa qilgan. Uning har bir nuqtasi uluğ sarkardaning jasorati va matonatiga guvoh bölgan. Ayniqsa, bugun turizm markazlaridan biriga aylangan Şahrisabz şahri, çin maʼnoda, jahongaşta bobomizning kuç-qudratini butun böy-basti bilan özida namoyon etib, nafaqat yurtimiz, balki jahon sayyohlarini ham ohanraboday çorlab turibdi. 
Amir Temur bobomiz tavalludining 690 yilligi Qaşqadaryo viloyatida ham öziga xos bayramga aylandi. Erta tongdan Şahrisabz şahridagi Oqsaroy tomondan yangragan karnay-surnay sadolari barçani maydonga çorladi.
Tantana markazida viloyat hokimi Murotjon Azimov boşçiligida hokimlik, taşkilot va muassasalar rahbarlari, “Nuroniy” jamğarmasi viloyat va tuman bölimlari faollari, korxona hamda taşkilotlar vakillari, yoşlar jam böldilar. Sohibqiron xotirasi yodga olinib, Qurʼon tilovat qilindi.
Şundan söng Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Viloyat hokimligi, harbiy bölinmalar, korxona, taşkilot, öquv yurtlari vakillari Amir Temur haykali poyiga gulçambarlar qöydilar.
Tadbir davomida mehmonlar maydonda taşkil qilingan kaştaçilik, hunarmandlik, milliy liboslar, bahoriy taomlar körgazmasi bilan yaqindan tanişdilar.
Tumanlardan taşrif buyurgan folʼklor-etnografik jamoalar tomonidan taşkil qilingan çiqişlar barçada katta taassurot qoldirdi.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.