Inson umri asrlarga tatigulik jasorat va sabr maktabidir. Ayniqsa, bir asrdan ziyod umr körib, tarixning eng suronli yillarini öz yelkasida kötarib kelgan nuroniylar haqida söz ketganda, qalbimizda faxr tuyğusi jöş uradi. Qamaşi tumanidagi “Manğit” mahallasida istiqomat qilayotgan, ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, 116 yoşli Röziboy bobo Sattorov bilan suhbatlaşib, bunga yana bir karra amin böldik.

Röziboy boboning yoşlik yillari mamlakatda kolxozlaştiriş va oğir mehnat davriga töğri keldi. 1941 yilda yurt boşiga musibat tuşganda, Qamaşining birgina qişloğidan 25 nafar navqiron yigit qatorida u ham frontga yöl oldi. Rossiya örmonlaridagi bir oylik şiddatli harbiy tayyorgarlikdan söng haqiqiy jang maydoniga kirdi.

— Komandirlarimiz örmon içkarisi xavfli ekanini aytişgandi, —deydi otaxon öz taassurotlari bilan örtoqlaşarkan, — Birga kelgan aka-uka şeriklarim bilan ehtiyotsizlik qilib, içkarilab ketdik. Kutilmaganda birimiz, söng ikkinçimiz yerga quladi… Daraxt tepasiga pisib olgan nemis snayperlari ularni nişonga olgan ekan. Uruşning naqadar laʼnati va ayovsiz ekanini men öşa lahzada angladim…

Röziboy bobo uruş yillarida öng oyoğidan oğir yaralandi. Sakkiz oylik muolajadan söng hali jarohati töliq bitmay turib, yana safga qaytdi. Izğirin, sovuq va zax örmonlar oğriqni qaytalasa-da, irodasini buka olmadi. U 1941 yildan to 1945 yilning sentyabriga qadar frontning eng qaynoq nuqtalarida böldi. Berlingaça borib, şahar ozod etilişida jasorat körsatdi. Uruş tugagandan söng ham 1948 yilgaça harbiy xizmatni davom ettirib, yurtiga yoruğ yuz va ğalaba bilan qaytdi.

Jang maydonlaridagi şijoat tinçlik davridagi bunyodkorlik mehnatiga ulandi. Bobo Ğuzor va Yakkaboğ tumanlaridagi xöjaliklarda yillar davomida halol mehnat qildi. Uning köksini bezab turgan  orden va medallar — har bir suronli kun, har bir jasoratli qadamning guvohidir.  Röziboy Sattorovning “Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlanişi nafaqat oila aʼzolari, balki butun voha ahlini quvontirdi.

“Manğit” mahallasi raisi Sardor Abdullayev taʼkidlaganidek, boboning xonadoni bugun yoşlar uçun maʼnaviyat va vatanparvarlik maskaniga aylangan. Röziboy ota davlatimiz rahbarining nuroniylarga körsatayotgan doimiy eʼtibori va ğamxörligidan baxtiyor. Har bir bayramda şaxsan Prezidentimizdan kelayotgan taşakkurnomalar, sovğa-salomlar uning kuçiga kuç, hayotiga mazmun bağişlamoqda.

Röziboy ota va rahmatli Tursunoy momo beş nafar farzandni el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladilar. Bugun otaxon öğli Abdurasul Sattorov xonadonida, kelini Dilrabo Farmonovaning alohida mehr va parvarişida, nevara-çevaralar ardoğida umrguzaronlik qilmoqda. Bölmasam-çi,  bir asrlik zahmatlarni yenggan inson uçun farzandlar eʼzozi va nevaralar ardoğidan ortiq mukofot yöq. Darhaqiqat, ajdodlar jasorati hamda avlodlar mehri tutaşgan maskanda totuvlik mangu yaşaydi. Bunga Röziboy otaning ibratli hayoti yaqqol misol, albatta.

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan