Bugun Yangi Sirdaryoda ham uluğvor özgarişlar yuz bermoqda. Viloyatning eng çekka qişloğidan tortib, Guliston, Yangiyer, Şirin şaharlarining barça göşalarida uyğoniş jabhasiga guvoh bölasiz. Köklamning taşrifi ham odamlarning kuçiga kuç, ğayratiga ğayrat qöşişi bilan birga, kayfiyatini kötargan. Köçalarning obodligi, dala-hovlilarda ekin-tikinlarning taraddudi dehqonlarning zaminga muhabbati ortganidan, albatta. Kuzatib, zavqqa tölasan kişi. Yurtimiz tuproğida rostdan, oddiy çöp ham gullaydi.
Bugungi kunda viloyatimizda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlar har bir sirdaryolikni quvontirayotgani şubhasiz. Darhaqiqat, yangi imkonlarga eşik oçib, yangi ijodlarga ilhom, yangiliklarga poydevor, yangi-yangi loyihalarga turtki bölayotgan ğoyalardan qalbimiz quvonçga, şuurga tölayotgani rost. Aholining farovon hayotini taʼminlaşda, hududlardagi muammolarga yeçim topişda xalq bilan muloqot eng maqbul tizimdir. Zero, Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan xalqning içiga kirib, uning dardu taşvişlarini tinglaş, oğirini yengil qiliş, odamlarga munosib turmuş şaroiti yaratib beriş barça böğindagi rahbar va mansabdor şaxslarning asosiy vazifasi etib belgilangan.
— Sirdaryo viloyatini uzoği bilan ikki yil içida respublikadagi eng oldingi öringa kötaramiz. Bunga kuçimiz ham, oldimizga qöygan katta-katta marralarimiz ham yetarlidir,— dedi viloyat hokimi, Oliy Majlis Senatori Erkinjon Turdimov xalq vakillari bilan uçraşuvda. — Yerga mehr bermasang, u senga hosil bermaydi. Demak, maşaqqatdan, izlanişdan va mehnatdan qoçmaslik kerak. Yaxşi niyat qilsak, yaxşi maqsadlar sari intilaversak, albatta, közlagan maqsadimizga yetamiz.
Keyingi yillarda qişloq xöjaligi yerlarini taşqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlaşga doir tadbirlar, taşqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — qişloq xöjaligi infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalari doirasida eng yaqin markazlaştirilgan tarmoqlardan işlab çiqariş maydonlarining çegarasigaça oqar suv va elektr tarmoqlarini tortiş hamda zovurlar qaziş işlari amalga oşirildi. Artezian quduqlarini qaziş, lotoklar ötkaziş, zovur qaziş va drenajlar quriş, transformator örnatiş va elektr energiyasi tarmoqlarini tortiş, taşkil etilgan infratuzilmalarni saqlaş, yomğirlatib suğoriş tizimini joriy etiş, ösimliklarni himoya qiliş işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça amaliy tadbirlarni öz içiga olgan “Yöl xaritasi” viloyat şahar va tumanlarining ixtisoslaşuvi, sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalarining yiğma parametrlari, işlab çiqariş va xizmat körsatiş infratuzilmasini rivojlantiriş hamda ijtimoiy soha obʼyektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va taʼmirlaş böyiça kompleks tadbirlar jarayonlarida ibratli işlar amalga oşirilmoqda.
Öz navbatida, xalq deputatlarining faoliyatiga ham katta eʼtibor qaratilgan. Ayniqsa, “Deputat sörovnomasi”ga berilgan javoblar şaxsan viloyat hokimi tomonidan nazoratga olinişi rahbarlar masʼuliyatini oşirmoqda. Şu örinda, özim saylangan Guliston şahar “9-Navbahor” okrugidagi 5 ta mahallada ham qator muammoli işlar ijobiy hal etildi. Ayni şu kunlarda uşbu hududlardagi bir neçta köp qavatli uylar taʼmiri va içki mahalla köçalarini asfaltlaş, yangi köp qavatli uyga örnatilgan liftni işlatiş masalasi körilmoqda.
Kam taʼminlangan oilalarga bir milliondan moddiy kömak berilgani kişilar kayfiyatini kötardi. “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi tomonidan ham keksalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, nuroniy otaxon va onaxonlar iştirokidagi ijodiy keça va uçraşuvlar yoşlarimizning taʼlim-tarbiyasiga ijobiy taʼsir körsatmoqda.
Viloyatning barça şahar va qişloqlarida köklam yumuşlari davom etmoqda. Obodonlaştiriş, yangi daraxt köçatlari ekiş, boğlar yaratiş işqi keksayu yoşning vijdon amriga aylanganidan quvonasiz.
Noriniso QOSIMOVA,
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengaşi deputati.