Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi Jom qişloğida joylaşgan 79-sonli örta umumtaʼlim maktabida buyuk davlat va jamoat arbobi, sarkarda, Ikkinçi Uyğoniş davri — Temuriylar Renessansi bunyodkori Amir Temur tavalludining 690 yiligiga bağişlangan “Uç avlod uçraşuvi” bölib ötdi.
Tadbirni faol nuroniy, faxriy öqituvçi Xolboy Mahatov kiriş sözi bilan oçib, bugungi kunda öquvçi-yoşlarning kasb-hunar egallaşlari uçun yurtimizda barça qulayliklar yaratilayotganligi, şunga javoban yigit-qizlarimiz öqib, ilm olib, kelajakda jamiyatimiz uçun yetuk kadrlar bölib yetişiş yölida ğayrat körsatişlari lozimligini, bu yölda buyuk davlat va jamoat arbobi, sarkarda Amir Temur hayoti barça yoşlarimiz uçun katta ibrat ekanini aytib ötdi.
Şundan söng “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi “Buvijonlar maktabi” rahbari Oygul Jörayeva, Özbekiston Ekologik partiyasi tuman bölimi rahbari Gulşan Şermatova, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman bölimi rahbari Orol Tojiyev, “Omondara” mahallasi faoli Abdipattoh Tursunov, “Tegirmonboşi” mahallasi mehnat faxriysi Said Usmonov va yana qator nuroniylar sözga çiqib, tadbir ahamiyatiga töxtaldilar. Öz navbatida, keksa avlod vakillarining yoşlar kamoloti yölidagi örnini alohida eʼtirof etdilar.
Uçraşuv davomida nuroniylar öz mehnat va hayot tajribalaridan gapirib, yoşlarga vaqtni behuda ötkzmaslik, kasb-hunar egallaş, el-yurt koriga yaraydigan insonlar bölib yetişiş, jamiyatga munosib xizmat qiliş, oila degan muqaddas qörğonni hamişa asraş, farzandlarni komil inson ruhida kamol toptiriş, jamiyatda keçayotgan islohotlarda faol iştirok etiş lozimligini uqtirib ötdilar.
Tadbir yakunida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Doniyor Xuşvaqtov söz olib, bu kabi tadbirlar yoş avlod taʼlim-tarbiyasi uçun foydali taşabbuslardan biri ekanligini taʼkidladi.
Uçraşuvning badiiy qismida maktab öquvçilari taniqli şoirlar va öz ijod namunalaridan ijro etdilar. Sanʼatkorlarning diltortar ijrolari davraga yanada fayz kiritdi.
Xursand Boyçayev,
Nurobod tumani “Jom” mahallasi
faol nuroniysi.