Neki rivojlangan davlatlarning hayotiga qaramaylik, ularda kitobga, ilm-fan, kasb-hunar örganişga iştiyoqning ustuvor ekanligini anglaymiz. Şuning uçun ham bugun yurtimizda kitobxonlik madaniyatiga eʼtibor  kuçayib bormoqda. Joylarda kutubxonalar faoliyatini yuksaltiriş, ularga kitobxonlarni faol jalb qiliş orqali mamlakatimiz fuqarolari, eng birinçi galda, yoş avlodni kitobxon etib tarbiyalaş asosiy diqqat markazida turibdi. 

Uşbu taşabbus doirasida Namangan viloyatining Pop tumanida ilk bor taşkil etilgan kapsula kutubxonasi foydalanişga topşirildi. Bu nafaqat yangi loyiha, balki yoşlarning bilim olişga nisbatan intilişini qöllab-quvvatlaş yölidagi muhim qadamdir.

“POP CITY MALL” mutasaddilari taşabbusi bilan barpo etilgan uşbu zamonaviy kutubxonaning tantanali oçiliş marosimida viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov iştirok etib, loyiha ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi.

Minglab sara kitoblar bilan boyitilgan kapsula kutubxonasining aynan tuman markazidagi “Yoşlar boği”da joylaştirilgani  bejiz emas. Bu maskan  yoşlar uçun nafaqat istirohat, balki bilim oliş, mutolaa va öz ustida işlaş markaziga aylanadi.

M. Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan