Kitob — bilim buloği. U inson hayotini bamisli quyoşdek yoritadi. Olov temirdagi zangni ketkazib, uni toblagani kabi mutolaa ham insonning ongu şuurini yoritib, içki olamini turfa yomon illatlardan tozalaydi, poklik va nur olib kiradi. Bugungi kunda ötkazib kelinayotgan kitobxonlik tadbirlarida yurtimiz nuroniylarining yanada faollik körsatayotganliklari yoş avlodni teran fikrli, madaniyatli va kasb-hunarli etib tarbiyalaşda asosiy omillardan bölib xizmat qilmoqda.

Jumladan, “Nuroniy” jamğarmasi Buxoro şahar  bölimi “Buvijonlar maktabi” guruhining fidoyi buvijonlari bilan hamkorlikda viloyat bolalar kutubxonasida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri şular jumlasidandir.

Yuz mingdan ortiq kitob fondiga ega bölgan ziyo maskaniga kirişingiz bilan javonlarda terib qöyilgan jahon adabiyotidan tortib, dramaturglar, yozuvçi va şoirlarning saylanma asarlari, roman va qissalari, turli xalq ertaklariga közingiz tuşadi.

Kutubxonaning fidoyi xodimlari viloyatning barça tumanlaridan ilmga çanqoq yoşlarni turli tadbirlarga  tez-tez çorlab turadilar. Ziyo maskanida taşkil etiladigan kitobxonlik va şeʼrxonlik keçalari, “Oçiq eşiklar kuni”, “Ijodkor yoşlar — faxrimiz”, “Kitob — ziyo va tafakkur çaşmasi”, “Kitobxonlik festivali”, “Ijodkor bolalar” körik-tanlovlari kabi tadbirlar yoşlarning ongi va qalbida kitobga, ezgulikka nisbatan mehr uyğotib, ularni ezgu maqsad-vazifalar sari ruhlantirmoqda.

Tadbir davomida keksa avlod vakillari yoş avlodga öz hayot va mehnat faoliyatlari xususida hikoyalar qilib, muvaffaqiyat sirlari bilan örtoqlaşdilar. Navqiron yigit-qizlarga oltinga teng maslahat va tavsiyalarini berdilar.

Uçraşuvda Özbekiston Qahramoni Martiya Rahmatovaning ham iştirok etib, özining kitob va kitobxonlik haqidagi qaraşlari bilan örtoqlaşganligi unutilmas xotiralarga sabab böldi.

Tadbir “Boği Eram” folklor dastasining öziga xos çiqişlari bilan qizğin davom etdi.

Ozoda MURODOVA,

“Nuroniy” jamğarmasi

Buxoro şahar bölimi

“Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan