Ötgan haftada suyukli nabiram Yusufjonni yonimga olib, Toşkentga keldim. unga özim öqigan  oliygohni, yaşagan, işlagan manzillarimni körsatdim. Poytaxtning gözal boğlari, Islom sivilizatsiyasi markazi, “Hayvonot boği”, Özbekiston davlat sirki, stadionlar va teatrlarni aylandik. 1-sinfda öqiydigan nabiram bundan juda xursand böldi, dunyoqaraşi, vatanga bölgan mehri yanada oşdi. Men ham öqib, olim bölaman, deb niyat qildi.

Poytaxtni faxrlanib, zavqlanib aylandik. Ayniqsa, keyingi töqqiz yilda Toşkent şahri tanib bölmas darajada gözallaşdi. Talabalik yillarim Toşkent qişloq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat agrar universiteti)da ötgan, 1975-1977 yillarda Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Qömitasida sektor mudiri bölib işlaganman. 1991 yilda Özbekistonimiz mustaqillikka erişganida Oliy Kengaş deputati, xalq vakili sifatida boş qomusimiz, bayroğimiz, madhiyamiz va yana köplab  qonun hujjatlari qabul qilinişida iştirok etdim. Bugun 90 yoşga yaqinlaşgan bölsam-da, mamlakatimizdagi barça keksalar kabi davlatimiz rahbari taşabbusi bilan biz, nuroniylarga körsatilayotgan mehr, eʼtibor, işonç  va ğamxörlikdan kuç olyapman.  Samarqand şahridagi “Alişer Navoiy” mahallasida jamoatçilik asosida “Keksalar maslahati” guruhida iş olib boryapman. Şuningdek, viloyat “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzosiman.

Qişloqda tuğilib ösganim sababli, umrimning asosiy qismi qişloq xöjaligi yumuşlari bilan keçdi. Bolaligim Ikkinçi jahon uruşi va undan keyingi qiyinçiliklar davriga töğri keldi. 1945-1955 yillarda qişloqlarda hamma tomorqasiga oq jöxori ekib, olingan hosilni un qilib, zoğora non yeb hayot keçirardi. Buğdoy uni tansiq yegulik sifatida mehmonlar, betob insonlar uçun tayyorlanardi. Faqat yakşanba kuni otamiz bozorga borib, qand-qurs va boşqa yeguliklar olib kelardi. Qişloğimizda bittagina dökon bölib, unda ham oziq-ovqat mahsulotlari juda kamyob edi. Boriga şukr qilib yaşadik, sinovlarga bardoş berdik. Maqsad yölida bardavom böldik.  Uruşda yarador bölib qaytgan otam bizni sabr-qanoatga, çidamli bölişga örgatgan. Mehnat  qildik, asta-sekin turmuşimiz izga tuşdi.

Bugungi şukuhli kunlarda şuni alohida taʼkidlaşni istar edimki, keyingi 9 yilda Yangi Özbekistonimiz  har tomonlama rivojlandi, obod böldi. Xalqaro hamjamiyatda öz örnini mustahkamlab, kundan-kunga obrö-eʼtibori yuksalmoqda.  Yurtimiz agrar ölkadan sanoati rivojlangan, ilm-fan taraqqiy etgan, sayyohlar oqimi köpaygan mamlakatga aylandi. Odamlarning turmuş şaroiti sezilarli darajada yaxşilandi, jumladan, eng çekka qişloqlarda ham yöllar tekis, elektr energiyasi taʼminotining uzluksizligi taʼminlanib, xalqimiz farovonligi oşdi.

Davlatimiz rahbari katta siyosiy iroda, şijoat, xalqparvarlik, tinçliksevarlik bilan xalqimizni bir maqsad — Yangi Özbekistonimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yölida birlaştirib, barçamizda ijtimoiy faollik va jamiyatga dahldorlik tuyğusini uyğotdi. Şu bilan birga, qöşni davlatlar bilan döstlik va hamkorlik aloqalarini tiklab, çegaralarni oçib, butun Markaziy Osiyo xalqlarining mehrini qozondi. Bugun xalqaro hamjamiyatda nufuzli ekspertlar Yangi Özbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakçilik maqomiga ega bölganini alohida eʼtirof etişmoqda.

Hozir yurtimizning qayeriga bormang, (jumladan, men tuğilib ösgan Payariq tumaniga ham) közni quvontiradigan, dilni yayratadigan özgarişlarga guvoh bölasiz. Tarix va yangi zamon ruhini özida mujassam etgan Samarqand sönggi töqqiz yilda özining zamonaviy qiyofasi bilan dunyoga tanildi. Sayyohlar oqimi köpaydi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Imom Buxoriy majmuasi gözal qiyofada qayta tiklanib, işga tuşgaç, dunyodan, musulmon mamlakatlaridan kelayotgan ziyoratçilar soni misli körilmagan darajada ortdi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan bugun Samarqand şahri yirik va xalqaro anjumanlar, nufuzli davlat tadbirlari hamda dunyoning eng yetakçi  davlat arboblari uçraşuvlari ötkaziladigan manzilga aylandi. Keyingi yillarda jahonning köplab mamlakatlari rahbarlari Samarqandga taşrif buyurdi. Şuningdek,  qadimiy va hamişa navqiron şaharda YUNESKOning yubiley konferensiyasi hamda  köplab yirik anjumanlar taşkil etildi.

Mamlakatimiz yetakçisining ötgan yili noyabr oyida Samarqand viloyatiga taşrifi ham tarixiy voqealarga boy böldi. Samarqand şahri va 600 mingdan ziyod kişi istiqomat qiladigan Urgut tumani örtasida qisqa muddatda temir yöl qurildi va Prezidentimiz  biz, nuroniylar bilan poyezdda Urgut tumaniga taşrif buyurdi. Davlatimiz rahbari Urgut tumani misolida 30 ta yönaliş böyiça işsizlik, kambağallikni tugatiş, yerdan unumli foydalaniş, tomçilatib suğoriladigan tokzorlar barpo etiş, pirovard natijada iqtisodiyotni yaxşilaş kabi vazifalarni belgilab berdi. Urgutda 100 ming kvartirali uy-joy qurib, “Yangi Urgut” şahrini barpo etiş niyat qilindi va bularning barçasiga sarflanadigan xarajat uçun ortiği bilan mablağ ajratilişi biz, keksalarni ham ğoyat quvontirdi.

Sözimiz avvalida Ikkinçi jahon uruşi oqibatlarini bejiz eslamadik.  Onam rahmatlining ikki ukasi uruşdan qaytmagan. U kişi bir umr uruşni qoralab, keçalari yum-yum yiğlab ötdi. Ana şunday oğir qiyinçiliklarni körganimiz uçun ham tinçlik-osoyiştalik uluğ neʼmat ekanligini bugungi yoşlarga tuşuntirişimiz kerak. Davlatimiz tomonidan sönggi yillarda yoşlarning öqib, bilim olişi, salohiyatini yuksaltirişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarni biz, yoşi uluğlar bir umr orzu qilganmiz. Şuning uçun ham bu imkoniyatlardan unumli foydalanişni, qadriga yetişni farzandlarimizga tuşuntirişimiz, bu yölda ularni qöllab-quvvatlaşimiz zarur.

Işonç bilan aytiş mumkinki, mamlakatimizning barça nuroniylari kabi samarqandlik nuroniylar ham muhtaram Yurtboşimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan xalqçil islohotlarni qöllab-quvvatlab, jamiyatimiz hayotida faol iştirok etmoqdalar. “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, xususan,  jamğarmaning Samarqand viloyati bölimi tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar va olib borilayotgan işlarning asosida ham, eng avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan biz, nuroniylarga bildirilayotgan işonçni oqlaş, mahallalar va oilalarda hamjihatlik, ahillik muhitini asraş, yoşlarni ona Vatanimizga munosib öğil-qizlar etib tarbiyalaşdek ezgu maqsad mujassam.

Bozoru dökonlarimiz tökin, hayotimiz farovon bölgan bugungi şukuhli kunlarda barçamizning qalbimizda şukronalik, tilimizda bir duo bor: Yangi Özbekistonimizga köz tegmasin. El-yurtimiz tinç, Yurtboşimiz hamişa omon bölsin! Biz, nuroniylar esa el-yurtimiz xizmatida hamişa kamarbastamiz!

Abduşukur MUHAMMADQULOV,

“Döstlik” ordeni sohibi,

Samarqand viloyati

“Nuroniylar jamoatçilik kengaşi” aʼzosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan