“Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Samoiddin Huseynov,

“Nuroniy” jamğarmasi Buxoro viloyati bölimi rahbari.

Bugungi osuda va farovon hayotimizga xolis nazar taşlab, keçagi va bugungi kunimizni qiyoslasak, qalbimizda beixtiyor şukronalik tuyğusi uyğonadi. Çunki inson bor neʼmatning qadriga, eng avvalo, keçagi va bugungi hayotini soliştirganda yetadi.

Yaqin ötmişda qişloqlarda oddiy loysuvoq uylar köp edi. Ohaklangan uy eng zamonaviy uy hisoblanar, maşina, muzlatgiç yoki televizor esa sanoqli xonadonlarda uçrardi, xolos. Bugun esa hatto eng olis hududlarda ham zamonaviy uy-joylar qad rostlagan, deyarli har bir xonadon eşigida maşina, oşxonasida muzlatgiç, uyida televizor va turli maişiy texnika bor. Bu — vaqtning özi bilan kelgan emas, balki sönggi yillarda yurtimizda amalga oşirilgan xalqçil siyosat, izçil islohotlar va inson qadrini uluğlagan yondaşuv samarasidir. Şu maʼnoda, bugungi Yangi Özbekistonni anglaş — faqat yangi binolar yoki yöllarni köriş emas, balki xalq hayotidagi sifat özgarişlarini teran his qiliş, ularning qadriga yetiş va şukr qiliş demakdir.

Har birimiz özimizga bir savolni vijdonan berişimiz kerak: “Kim edik, kim böldik?” Ana şu savolga xolis javob berişning özi şukronalikka olib keladi. Çunki bugungi özgarişlar faqat raqamlar yoki hisobotlarda emas, balki har bir oila hayotida, har bir mahalla qiyofasida, har bir insonning ertangi kunga işonçida namoyon bölmoqda. Yangi Özbekiston degan tuşunça endi şunçaki balandparvoz jumla emas. U — inson qadrini uluğlaş, xalq dardini eşitiş, jamiyatda adolat va imkoniyatlar muhitini yaratişga qaratilgan ulkan taraqqiyot falsafasidir. Prezidentimizning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasi, “Özbekiston — 2030” strategiyasi, mahallani rivojlantiriş, aholi turmuş darajasini yuksaltiriş, yoşlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar ana şu falsafaning hayotdagi ifodasidir.

Bugun joylarda amalga oşirilayotgan tarğibot va tuşuntiriş işlari ham islohotlarning xalqçil mohiyatini yanada yaqqol namoyon etmoqda. Xususan, Buxoro viloyatining barça şahar va tumanlarida aholi bilan uçraşuvlar, muloqotlar, tarğibot tadbirlari ötkazilib, Prezident Murojaatnomasi, “Özbekiston — 2030” strategiyasi va mamlakatimizda keçayotgan yangilanişlar mazmun-mohiyati keng jamoatçilikka yetkazilmoqda. Bu kabi uçraşuvlarning ahamiyati şundaki, ular rasmiy yiğiliş bilan çeklanib qolmayapti, aksinça, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, aholining fikrini eşitiş, islohotlarning maqsadi va natijasini sodda, hayotiy misollar orqali tuşuntirişga xizmat qilmoqda. Mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoşlar yetakçilari, ijtimoiy xodimlar, nuroniylar, taʼlim muassasalari vakillari, taşkilot va korxona rahbarlari, keng jamoatçilik vakillarining iştirok etayotgani esa bu jarayonning haqiqatan ham, umumxalq harakatiga aylanib borayotganini körsatadi.

Buxoroda turizm sohasida ham ulkan özgarişlar yuz berdi. 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etilişi, viloyatga 2,5 million nafar xorijiy va 4,5 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgani, turizm xizmatlari eksporti hajmi 5,3 million dollardan 707,3 million dollarga yetgani Buxoroning nafaqat tarixiy, balki Yangi Özbekistonning oçiqlik, mehmondöstlik va taraqqiyot ramziga aylanib borayotganini körsatadi.

Buxoro viloyati misolida sönggi yillardagi özgarişlarga nazar taşlasak, qisqa vaqt içida qanday katta taraqqiyot yöli bosib ötilganini yaqqol köramiz. Viloyat iqtisodiyoti 1,7 barobarga ösdi. Örtaça umr köriş davomiyligi 73,8 yoşdan 76,3 yoşga yetdi. Aholi daromadlari qariyb 2,1 barobarga oşdi. Har 100 ta xonadonga töğri keladigan avtomobillar soni 20 foizga yetdi. Aholining şaxsiy kompyuterlar bilan taʼminlanganligi 1,8 barobarga, konditsionerlar bilan taʼminlanganligi 1,9 barobarga, boşqa maişiy texnika bilan taʼminlanganligi 1,5 barobarga ösdi. Bu raqamlar quruq statistika emas, bu — odamlarning kundalik turmuşidagi real özgariş, xonadonlarga kirib borgan farovonlik, hayot sifatidagi sezilarli yuksalişdir.

Ijtimoiy sohadagi natijalar ham, ayniqsa, ahamiyatlidir. Viloyatda işsizlik darajasi 2020 yildagi 10,6 foizdan 4,6 foizga tuşdi. Kambağallik darajasi 14,7 foizdan 3,7 foizga qisqardi. Tadbirkorlik subʼyektlari soni 38,5 mingtaga yetib, 2020 yilga nisbatan 13,7 mingtaga köpaydi. Bu esa odamlar uçun mehnat qiliş, tadbirkorlik bilan şuğullaniş, oila daromadini oşiriş imkoniyatlari kengayganidan dalolat beradi. Taraqqiyotning yana bir muhim körinişi — obodlik va infratuzilmada namoyon bölmoqda. 2020-2025 yillarda 17 ming 916 ta xonadondan iborat 508 ta köp qavatli uy-joy barpo etildi. Hududlarda 4,7 ming kilometr yöl taʼmirlandi, 127 ta köprikda quriliş va rekonstruksiya işlari bajarildi. Demak, Yangi Özbekiston taraqqiyoti odamlarga uzoqdagi vaʼda emas, balki har kuni yurib turgan yölida, yaşab turgan mahallasida, körib turgan muhitida namoyon bölayotgan amaliy haqiqatdir.

Suv, taʼlim va tibbiyot sohalaridagi özgarişlar esa inson qadrini uluğlaş siyosatining eng yorqin ifodasidir. Aholini markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlaş darajasi 54,8 foizdan 78 foizga oşirildi. Maktabgaça taʼlim qamrovi 62,5 foizdan 91,8 foizga, ayrim hisob-kitoblarda 92 foizga yetdi. 2020-2025 yillarda oliy taʼlim muassasalari soni 5 tadan 10 taga, talabalar soni 44 ming nafardan 105 ming nafarga yetdi. Bu raqamlar ortida minglab oilalarning orzu-umidi, farzandlar kelajagi, jamiyatning bilimli va salohiyatli avlodini tarbiyalaşga qaratilgan katta ğamxörlik mujassam. Tibbiyot sohasida ham yangi binolar, zamonaviy uskunalar, profilaktika va soğlom turmuş tarziga eʼtibor kuçaygani xalq salomatligi yölidagi muhim qadamlardan biri  böldi.

Buxoroda turizm sohasida ham ulkan özgarişlar yuz berdi. 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etilişi, viloyatga 2,5 million nafar xorijiy va 4,5 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgani, turizm xizmatlari eksporti hajmi 5,3 million dollardan 707,3 million dollarga yetgani Buxoroning nafaqat tarixiy, balki Yangi Özbekistonning oçiqlik, mehmondöstlik va taraqqiyot ramziga aylanib borayotganini körsatadi. Bu natijalar iqtisodiy ösiş bilan birga, yurtimizning dunyoga oçiq, xavfsiz va jozibador mamlakat sifatidagi nufuzini ham mustahkamlamoqda.

Bugungi kunda şukronalik haqida gapiriş, bu — oddiy his-tuyğu haqida sözlaş emas. Bu, avvalo, tinçlik va osoyiştalik qadrini anglaş demakdir. Dunyoda turli notinçliklar, ziddiyatlar, murakkab siyosiy jarayonlar keçayotgan bir paytda yurtimizda hukm surayotgan tinçlik, millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikning qadri beqiyosdir. Şukronalik ana şu neʼmatlarning qadriga yetiş, osuda kunlarimizning har bir daqiqasini ardoqlaş, Vatan ravnaqi uçun öz mehnatimiz, ilmimiz, tajribamiz va ezgu duolarimiz bilan hissa qöşiş madaniyatidir. Ayniqsa, nuroniylar bu borada jamiyat uçun katta maʼnaviy tayançdir. Çunki nuroniylar — xalq xotirasi, hayot maktabi, sabr, şukr va duo madaniyatining tirik timsolidir. Keksa avlodga körsatilayotgan ehtirom va ğamxörlik ham Yangi Özbekistonda inson qadri eng oliy mezonga aylanganining yorqin dalilidir.

Bugun muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan barça islohotlar, qanday sohaga taalluqli bölmasin, yagona uluğ maqsadga — xalqimizni rozi qiliş, odamlarning oğirini yengil qiliş, hayot sifatini yaxşilaş va mamlakat taraqqiyotini taʼminlaşga qaratilgan. Şuning uçun ham bugun har birimizdan faqat kuzatuvçi bölib turiş emas, balki daxldor, faol va masʼul fuqaro bölib yaşaş talab etiladi. Nuroniylar — duosi va tajribasi bilan, yoşlar — ğayrati va taşabbusi bilan, ziyolilar — fikri va maʼrifati bilan, rahbarlar — masʼuliyati bilan, xalq esa birligi bilan Yangi Özbekistonni barpo etişga hissa qöşişi lozim.

Agar barçamiz bir tanu bir jon bölib, ahil va yakdil bölib, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan harakat qilsak, albatta, har qanday marrani zabt etamiz. Çunki Yangi Özbekistonni barpo etiş — bu faqat davlatning emas, butun xalqning umummilliy harakatidir.

Keçagi va bugungi kunimizni qiyoslab qarasak, erişilgan yutuqlar uçun şukr qilişga, bor imkoniyatlarni qadrlaşga, yurtimiz tinçligi va xalqimiz farovonligi uçun yanada köproq mehnat qilişga maʼnaviy asos topamiz. Şunday ekan, şukronalik bilan yaşaylik, ezgu maqsadlar yölida birlaşaylik, Yangi Özbekiston ravnaqi uçun birgalikda harakat qilaylik.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan