Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaşdir!

Navröz xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari, madaniyati va orzu-intilişlarining namunasi sifatida dolğali yillar çiğiriğidan omon çiqib, yangilanişlarga muqaddima bölib kelmoqda. Tabiatning uyğonişi, insonda bunyodkorlik, yaratuvçanlik ğoyalarining sodir bölişi ham aynan navrözi olamga boğlanadi. Xalqimiz şu sababdan uni özgaça kayfiyat va intiqlik bilan kutadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarori qabul qilinib, unda, jumladan, Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barça şahar va tumanlar, qişloq va ovullarda Navröz umumxalq bayramini munosib nişonlaş böyiça “Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaşdir!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan taşkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda tarğibot tadbirlari amalga oşirilişi belgilangan.

Bugun mamlakatimizning barça hududlarida  Navröz umumxalq bayrami keng nişonlanmoqda. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumani “Sari oltin” ovul fuqarolar yiğinida Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan bayram şodiyonalari yuqori saviyada taşkil etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi B.Sultanov, “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursinbay Abdijabbarov yiğilganlarni ulusning uluğ kuni — Navröz ayyomi bilan tabriklab, erişilgan yutuqlarga alohida töxtaldi.

Davlat va jamiyat rivoji, mamlakat salohiyatining har tomonlama yuksalişi pirovard natijada yangilanişlarga zamin yaratadi. Yurtimiz böylab amalga oşirilayotgan islohotlar ayni jihatlarga — insonparvarlik, bağrikenglik, birodarlik va adolat tamoyillariga asoslanmoqda. Tinçlik-omonlik bölgan zaminga esa şodiyonalar, bayramlar yaraşadi. “Sari oltin” ovul fuqarolar yiğinida ötkazilgan bayram şodiyonasida Navrözi olam şukuhi, tinçlik naşidasi musiqiy dasturdan örin oldi.

Navröz inson va tabiat örtasidagi özaro uyğunlik, ona zaminga mehr va eʼtiborning körinişi bölib, atrof-muhit va uning resurslarini asrab-avaylaşga, inson qadrini yanada uluğlaşga, bugungi tinç-osoyişta hayotimizni qadrlab, şukronalik bilan yaşaşga boşlaydi. Navröz keça yoki bugun şakllanib qolgani yöq, balki özida ming bir tarixni mujassam etgan, insonlarda mehr-oqibat, poklik, adolat, insoniylikni taʼminlovçi qudratga ega qutluğ ayyom sanaladi. Qonliköl tumanining har bir hududida Navröz şodiyonalari kötarinki ruhda davom etmoqda.

Darvoqe, şarqona yangi yil bayrami — Navrözi olamning butun yurtimiz böylab saxovat va muruvvat, şuningdek, insonparvarlik, bağrikenglik tamoyillari asosida ötkazilişi nafaqat xalqimizning oliyjanobligiga işora qiladi, balki uzoq yillik qadriyatlarning ölmas namunasi sifatida şarqona haqiqatlardan söz oçadi. Joriy yilda Navröz bayramining Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang ötkazilişi uning mazmun-mohiyatini yanada boyitmoqda.

Söğdiyona SOBIROVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan