Poytaxtimizda joylaşgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi böyiça “Guinness World Records”ning rasmiy rekordiga kiritildi.

Tantanali taqdirlaş marosimida taşkilotning rasmiy vakili, sudya Şeyda Subasi iştirok etib, Markaz barça xalqaro mezon va standartlarga töliq javob berişini tasdiqladi. Sudya Şeyda Subasi Markaz faoliyatiga yuqori baho berarkan, mazkur majmua nafaqat hajmi jihatidan, balki konseptual yondaşuvi bilan ham alohida ahamiyatga ega ekanligini alohida eʼtirof etdi.

Islom sivilizatsiyasi markaziga 2018 yil 15 iyun, Ramazon hayiti kuni Prezidentimiz tomonidan tamal toşi qöyilgan edi. Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan amalga oşirilib, uşbu ilmiy-maʼrifiy maskanda mamlakat tamadduni va ilmiy salohiyati zamonaviy texnologiyalarga uyğun şaklda namoyon bölgan. U birgina Özbekistonning emas, balki butun Markaziy Osiyoning maʼnaviyat javhari bölib, markaz loyihasiga katta ezgu maqsad bilan — Uçinçi Renessansning ilmiy-maʼnaviy poydevorini mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantiriş borasidagi rolini yanada oşiriş hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qöşgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalaştiriş borasida alohida ahamiyatga egadir.

Qariyb 7 yil içida bunyod bölgan markaz ham mahobati, ham qurişdan közlangan tub maqsad-mohiyati bilan uluğvordir. Bugun uşbu markaz yurtdoşlarimiz bilan bir qatorda, xorijiy mehmonlarni ham hayratga solmoqda.

Markaz binosi uç qavatdan iborat bölib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni taşkil etadi. Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalaniş hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod. Aynan şu noyob körsatkiçlar uni “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritiş uçun asos böldi.

Gumbaz ostida maxsus mepping gologrammasi yaratilgan bölib, unda avval koinot tasviri namoyon böladi, osmondagi yulduzlar jilolanadi. Gumbaz ostidagi yulduzlar kompozitsiyasi Toşkent osmonida tunda körinadigan yulduzlar xaritasi asosida şakllantirilgan. Ularni ifoda etiş uçun 90 dona “svarovskiy” toşi va 650 dan ortiq çiroqlardan foydalanilgani mazkur zalga alohida uluğvorlik bağişlagan.

Yuqoridagilardan xulosa qiliş mumkinki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan bunyod etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi strategik ahamiyatga ega majmua bölib, uç ming yillik tarix, madaniyat va ilmiy merosning, milliy ğoya va taraqqiyot bosqiçlarining yaqqol namunasidir. Kelajakda uşbu majmuaning dunyo böylab yanada dovruğ qozonişi, jahon maʼnaviy javohirlari içidan munosib örin olmoqligiga aslo şubha yöq, albatta.

Suğdiyona SOBIROVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan