Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, 3-darajali davlat adliya maslahatçisi, yuridik fanlar nomzodi, Botir Hamzayeviç Kalonov mamlakatimiz prokuratura organlaridagi köp yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qiliş yölidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oşiriş, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi alohida xizmatlari uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga köra, “Mehnat Şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Ayni damda Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik Markazi raisi sifatida faoliyatini davom ettirayotgan Botir Kalonov   Yangi Özbekistonda Prezidentimizning uzoqni közlab yuritayotgan pragmatik xalqçil siyosati, ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etişdek ulkan maqsadini teran anglab, şu yölda yelkadoş bölayotgan, xalqçil islohotlar natijalariga hissa qöşayotgan fidoyi faxriylarimizdandir.

Inson nimagaki erişmasin, uning zamirida özi tuğilib-ösgan oila muhiti hamda maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi yotadi. Botir Kalonov qaysi lavozim, qaysi vazifada işlamasin, hamişa el-yurt koriga kamarbasta bölgan. Zalvorli mehnatlari mahsullari esa umr solnomasida sara injular misol çaqnab turibdi. Jumladan, 1968-1972 yillarda Qaşqadaryo viloyati prokuraturasida bölim boşliği, 1972-1981 yillarda Qarşi şahar prokurori, 1981-1983 yillarda Qaşqadaryo viloyati partiya qömitasi maʼmuriy idoralar bölimi mudiri, 1983-1987 yillarda Qaşqadaryo viloyati prokurori, 1987-1990 yillarda Toşkent şahar prokuraturasida bölim boşliği örinbosari, 1990-1992 yillarda Sirdaryo viloyati prokurorining örinbosari, 1992 yildan 2002 yilgaça Navoiy viloyati prokurori lavozimlarida işlab, Vatanimizga sidqidildan xizmat qildi. Aslida uşbu suronli yillarning birortasi tekis va osuda keçgan emas, ne-ne pastu balandliklardan yurişga, qiyinçiliklarni boşdan keçirişga, neça dovonlardan oşişga töğri kelgan. Soha xodimlariga şaxsiy va kasbiy fazilatlari bilan namuna böla olgan Botir Hamzayeviç xalq orasida ham taniqli, tajribali huquqşunosga aylandi.

Bugun mamlakatimiz prokuraturasi tizimida mehnat qilayotgan kadrlar Botir Kalonov nomini hurmat bilan tilga oladi, eʼzozlaydi, Ustoz sifatida ham faoliyatda, ham hayot yöllarida uning ögitlariga quloq tutişadi. Şogirdlarining köpligidan biliş mumkinki, qahramonimizda bağrikenglik, soha sir-asrorlarini qunt bilan, oğrinmasdan örgatiş, qimmatli maslahatlarini ayamaslik kabi hammada ham uçrayvermaydigan olijanob fazilatlar nihoyatda bisyor.

Uning oilaviy hayoti ham kattayu kiçikka ibrat, turmuş örtoği bilan birgalikda farzandlarini el koriga kamarbasta insonlar etib tarbiyalaşgan.

2002 yildan Özbekiston prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik Markazi raisi lavozimida işlab kelayotgan Botir Kalonov Markazning samarali faoliyat yuritişi uçun bor ğayratini ayamay kelmoqda.  Uning kunda-kunora faxriylardan xabar olişi uşbu nuroniy kişilarga davlatimizning insonparvarlik siyosati, prokuraturaning yoşi uluğlarga eʼtiborini ham ifoda etadi. Şu bois, u kişi yubileylarda, bayramlarda faxriylarning uylariga sovğalar bilan kirib borganida barçalarining köngillari toğdek kötariladi.

Faxriylarni mamlakat hayotiga faol jalb etişdek xayrli taşabbusning ildizlari aslida xalqimizning azaliy qadriyatlariga borib taqaladi. Zero, keksa avlod vakillariga hurmat, eʼzoz xalqimizning qadriyatlaridan biridir. Uşbu qadriyat Yangi  Özbekistonimizning davlat siyosatida ham öz ifodasini topgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi töğrisida”gi farmoni asosida “Nuroniy” jamğarmasi taşkil etilib, faxriylarni eʼzozlaş, ularga  zarur moddiy, maʼnaviy, tibbiy yordamlar körsatiş belgilab qöyilgan bölsa, Özbekiston Respublikasi Prezidentining  2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni nuroniylar hayoti va faoliyatida yangi davrni boşlab berdi. Mazkur Farmonga köra, jamiyat hayotida nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi. Yoşi uluğlarning maʼnaviy intellektual salohiyatidan Yangi Özbekistonni rivojlantirişning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlaşda foydalaniş maqsad qilindi. Ularning bor bilim va salohiyatlarini yoşlarni ona Vatanga, xalqimizga sadoqat, buyuk kelajak uçun bunyodkorlik va kuraşuvçanlik ruhida tarbiyalaşda samarali iştirok etişlarini taşkil qiliş uçun şart-şaroitlar yaratildi.

Özbekiston prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik Markazi ham bugungi kunda prokuratura organlari faxriylarini eʼzozlab, ularga zarur moddiy, maʼnaviy, tibbiy yordam çoralarini körişda faol qatnaşib, huquq va manfaatlarini himoya qilib kelmoqda. Eʼtirof etiş joizki, Markaz taşkil topganida öz tasarrufida 231 nafar faxriyni birlaştirgan bölsa, bugunga kelib, ularning soni oşib, boşqa körsatkiçlar ham yil sayin ortib, yangiliklar, xayrli taşabbuslar kölami kengayib borayotir.

Uşbu Markazni boşqarib kelayotgan Botir Hamzayeviç heç bir faxriyni, ularning hayoti bilan boğliq kattayu kiçik muammolarni eʼtibordan çetda qoldirmaydi. Faxriylar uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi taşabbusi bilan 2024 yilda Özbekiston prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik Markazi özining yangi binosiga köçib ötgani esa prokuraturaning yoşi uluğ faxriylariga yana bir ehtiromi böldi.

— Taʼkidlaş joizki, Markaz faoliyatini samarali yölga qöyiş maqsadida Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi, uning hududiy bölimlari bilan ham mustahkam aloqa örnatilgan. Özaro hamkorlikda olib borilayotgan faoliyat özining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, Markazning iş rejasiga muvofiq, har yili tabarruk yoşga yetgan faxriylarni qutlaş, şu munosabat bilan ular istiqomat qiladigan  joylarga borib, tadbirlar ötkaziş anʼanaga aylangan, — deydi Botir Kalonov. — Faxriylarning soğliğini muhofaza qilişga muntazam eʼtibor qaratib kelinmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti yölida ibrat maktabi yaratgan fidoyilar, mehnat faxriylarining hayotini yoşlarga namuna sifatida körsatiş, ularni “ustoz — şogird” qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida muntazam ravişda “Uç avlod uçraşuvi” maʼrifiy tadbirlari ötkazilmoqda. Faxriylar yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, yoş avlodni xalqimizning köp yillik anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalaşga munosib hissa qöşiş maqsadida juma kunlari ötkazilgan öquv maşğulotlarida, prokuratura organlarining yoş xodimlari bilan uçraşuvlarda, reja asosida taşkil etilgan sayyor qabullarda, hokim yordamçilari hamda xotin-qizlar faollari bilan ötkazilgan tadbirlarda ham iştirok etib kelişmoqda. Bugun faxriylarimiz Prezidentimizning ğamxörliklarini, Boş prokuratura rahbariyatining eʼtiborini his etib, tinç va xotirjam yaşayotgani uçun şukrona aytişmoqda. Yoşlar bilan uçraşuvlarda esa Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölida amalga oşirilayotgan islohotlar samaralari, ijtimoiy va moddiy şaroitlar yaxşilanayotgani, mehnatlari qadrlanib, muntazam ravişda rağbatlantirilayotganlarini alohida taʼkidlab, yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalikka köz tegmasligini, qariyalarni qadrlagan insonlar ham uluğ yoşlarga kirib, doimo elning eʼzozida bölişini sörab, duo qilmoqdalar.

Darhaqiqat, Respublika prokuratura organlari faxriylari yoş kadrlarni tarbiyalaşda, ularga hayot saboqlaridan ögitlar berişda ham faollik körsatişmoqda. Botir Hamzayeviç özi boş-qoş bölib, faxriylarni huquqşunoslik sohasiga ixtisoslaştirilgan öquv yurtlariga, akademik litsey va kollejlarga olib boradi, uçraşuvlar, davra suhbatlari taşkil etadi. Ayniqsa, prokuratura organlarida xizmat qilayotgan yoş mutaxassislar, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tinglovçilari bilan böladigan uçraşuv va muloqotlar alohida ahamiyatga egadir. Faxriylarning ibratli xotiralaridan, ögit va nasihatlaridan, maslahatlaridan navqiron kadrlar özlariga tegişli saboq olişmoqda, öz işini mukammal özlaştirib, yetuk mutaxassis sifatida şakllanişlarida amaliy uslublar, yöl-yöriqlar örganişmoqda.

— Eng muhimi, — deydi Botir Hamzayeviç, — faxriylarimiz faqatgina bayram dasturxonlari atrofida, töy-haşamlarda ötirib qolişgani yöq. Ular bugun jamoat işlarida ham faol iştirok etişyapti. Bu ham ularda qadr-qimmat tuyğusini jöştiradi, özlarining jamiyatga, xalqqa kerak ekanliklarini his etib, ruhan, maʼnan quvvat olib, soğliklariga soğliq, umrlariga umr qöşilmoqda.

Bugun özining tabarruk yoşida ham jamiyatimiz rivoji yölida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik Markazi atrofiga faxriylarni birlaştirib,  yoş va salohiyatli kadrlarni tarbiyalaş, yoşlarga çin maʼnoda  vatanparvarlik ruhini singdirişdek ezgu işlari bilan örnak bölayotgan Botir Kalonovning umr yöli çin maʼnoda barçamiz uçun ibrat maktabidir.

Luqmon Börixonning

“Ibratli umr” kitobi asosida

Hamroxon Musurmonova tayyorladi. 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan