Andijon viloyatining Izboskan tumanida Nasibaxon Adhamovani barça yaxşi taniydi. Yoşi 65 da, ammo doim yaraşimli libos kiyib, orasta yuradigan, harakatlari çaqqon Nasibaxonimni körganlar unga nari borsa, 50 yoş berişadi.

Nasibaxonning 3 nafar farzandi bor. Lekin  “nevaralari” juda köp. Har holda 200-300 emas, 1000 nafardan ham köproq. Har kuni bölmasayam, hafta — ön kunda nevaralarining heç yöqsa, yarmi bilan körişib, ular bilan suhbatdoş böladi. Axir Nasibaxonim “Nuroniy” jamğarmasi Izboskan tumani bölimiga qaraşli “Buvijonlar maktabi”ning rahbari-da.

Iş rejasida tasarrufidagi 48 ta boğça va 52 ta maktabdagi bolajonlar bilan turfa yönalişlarda tadbirlar ötkaziş belgilangan. Ular bilan bolaga aylanib suhbatlaşiş, orzu-istaklari bilan qiziqiş, alohida isteʼdodi borlarni  köz ostiga olib, yangi rejalar tuzişga odatlangan. Boğçadagi nabiralarining ertaklarga munosabati, yaşab turgan ölkasini qay darajada örganayotgani, özbegimning tuproğida  nimalar ösişi, qaysi daraxtlar mevali, qaysilari manzarali ekanligini bilişi uning rejalariga asos bölib kiradi.

Tumandagi 63 ta “mahalla yettiligi”dagi bittadan faol buvijon  “Buvijonlar maktabi”ning aʼzolari hisoblanadi. Kunda, kunora qaysidir mahalladagi buvijon tadbirga taklif qiladi. Yoki qaysi biridir yangi taklif, qandaydir masala bilan opa huzuriga keladi. Qarabsizki, yana  nevaralar haqida gap böladi. Kelajagimiz bölgan bolajonlarni komil farzandlar etib tarbiyalaş rejalari tuziladi.

Izboskan Andijonning eng katta tumani hisoblansa-da, Nasibaxon uning har bir mahallasi, qişloğini yaxşi biladi. 1983 yilda olis  Qörğontepa tumanidan Izboskanga kelin bölib tuşganidan buyon  tuman xotin-qizlar qömitasining  faoli  sifatida doim xalq içida yurgan, közi pişgan. Kimning xonadonida notinçlik, qaysi bir yoş kelin-kuyov arazlaşib yuribdi, qaysi xonadonning bemorlari nimaga muhtoj, kimga qanaqa yordam kerak, barçasidan xabardor. Hammasi köz taniş, dil qadrdon odamlar. Ularga kömak berib, joniga oro kirişga örgangan.

Faollik unga dadasi Xonobod, Qorasuv, Qörğontepa tuman va şaharlarida tarixçi sifatida tanilgan ustoz  Sultonxon Adhamovdan meros qolgan bölsa kerak. Qarangki, turmuş örtoği Doniyor Haydarov ham xuddi dadasi kabi faollikni maʼqul köradigan, keng dunyoqaraşli inson.

— Farzandlarimning dadasi bilan kursdoş bölganmiz. U kişida dadamning köp fazilatlarini körganim uçun ham sovçilar borganida yöq demay, Izboskanga kelin bölib kelaverganman, — deydi Nasibaxon. — Adaşmagan ekanman, öz oilamda  yetti qizu bir öğilning kenjasi, ançagina  erkatoyi bölgan esam-da,  Doniyor aka könglimga qaradilar. Hayotning aççiq-çuçugi, baland-pastini esa qaynonam, hayot faoliyati davomida kutubxonaçi-ziyokor  bölib işlagan  Donoxon onamdan, qolaversa, ularning onalari Ibodat buvi Otaqöziyevadan örgandim. Omadimmi, baxtimmi, yuz bilan yuzlaşgan Ibodat buvijon meni boşqa ovsinlarimdan köproq yaxşi körardilar. Donoxon qaynonamga, yaʼni qiziga  “Nasiba keliningni yubor, falon yumuşim bor-da”, degan xabar kelişi bilanoq  özim ham uçib-qönib ularning huzuriga borardim. Muallimalik qilib, kitob mutolaasini hayotiy qoidaga aylantirgan, köngli ham, tasavvurlari ham beğubor bölgan tabarruk yoşdagi buvijon bilan bir soat bölsa-da  suhbat quriş — bir dunyo  tafakkurga ega bölişdek edi, nazarimda. Kelinlik oilamdagi bu muhit menga  11-örta maktabda muallima bölganimda ham, tuman matlubot jamiyatidagi nufuzli lavozimda işlaganimda ham hurmat-eʼtibor keltirdi. Kitobga döst qildi. Hayotga teran qaraşga örgatdi. Nafaqaga çiqqanimdan keyin ham işdan uzilmadim.

Nasibaxonni tinglayapmanu, elimizning “Hayotning özi dorilfunun” degan hikmatini esladim. Nasibaxonim qaynonalari suyganday, hozir ham çaqqon. Şuning uçun ham tumandagi 2-bolalar boğçasida  rus tili fani muallimi bölgan ayol hamma işga ulguradi. Jamoatçilik asosida “Buvijonlar maktabi” atrofida birlaşgan tumandagi barça buvijonlarga boş böliş bilan birga,  oliy öquv dargohida rus tili fanidan talabalarga ustozlik qilayotgan turmuş örtoğining fikrdoşi. Şu kunda Moskvada magistraturada öqiyotgan yurist öğli Davronbek, Moskvadagi oliy öquv dargohida tahsil olayotgan kelini Umidaxonning jonsarak maslahatgöyi bölib, qizlari Nodirabegim va Sitorabegimlarning qaynonasiga  yaxşi kelin, farzandlariga yaxşi ona bölib yaşaşi uçun nasihatu ögitlarini ayamaydi.

Şu bilan birga mahalladoşlariga örnak bölib, keng hovlida  tovuq ham boqadi. Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv. Yana alohida qarov zarur. Qizlar uzatilgan,  bittagina kelin Moskvada talaba bölsa, 50 ta tovuqqa qaraşning özi böladimi, desangiz, “Qora tovuqning tuxumi dorivor deyişgan-ku, ahli mahallam örgangan, iltimos bilan kelib söraşadi, harna elga asqotyapti,  şu bilan birga tomorqadan unumli foydalaning, oilaviy daromadingiz oşişi uçun izlaning, örganing, deb yoşlarga nasihat qilganimizda, mana şu işlarimiz, tajribalarimizni ham aytsak, ögitlarimiz taʼsirliroq böladi-da”, — deydi kulib.

Nasibaxonim bilan yaqinda yana telefonlaşdim. Quvonib aytişiça,    “Nuroniy” jamğarmasining respublika Boşqaruvi tavsiyasi bilan har  bir viloyatda  faol iş olib borayotgan “Buvijonlar maktabi” rahbarlari qatorida Nasibaxon ham Toşkent viloyati Qibray tumanidagi “Navbahor” sihatgohida dam olib qaytibdi.

— Respublikamizning eng namunali buvijonlari bilan birga dam oldik, salomatligimizni tikladik. Buvijonlar bilan  özaro fikr almaşdik, yangi rejalar tuzdik. Bu eʼtibor va ğamxörlik bizga  yangi kuç, yangi ğayrat  berdi, — deydi u quvonib.

Öz navbatida, biz ham ularga bugungidek bardamlik, omonlik va şijoat tilab qolamiz. Baxtimizga bor böling, fidoyi buvijonlar, deymiz.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan