Inson kamolotida taʼlim-tarbiya qançalik muhim bölsa, yanada muhimroği, uni murğak qalbga singdirguvçi ota-ona, bobo-yu buvi, ustoz deb atalgan nurli siymolarning borligidir.

Haqiqatan ham, yoşi uluğ nuroniylar — hayotimiz közgusi, beminnat duogöylarimiz va yordamçilarimizdir. Ularning tafakkur maşʼalasi hayot yöllarimizni yoritadi. Ögitlari-yu maslahatlari, oltinga teng duolarini olib, kasb-hunarli, ilm-maʼrifatli, komil insonlar bölib ulğayamiz va jamiyatda öz örnimizni topamiz.

Şuning uçun ham, hozirda muhtaram Prezidentimiz tomonidan nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatimiz hayotidagi faolligini oşiriş, ulkan bilim va hayot tajribalaridan barkamol avlod taʼlim-tarbiyasi yölida oqilona foydalanişga alohida eʼtibor berilmoqda. Keksa, örta va yoş avlod örtasida ötkazilayotgan uçraşuv hamda davra suhbatlaridan közlangan maqsad ham şu aslida.

Toşkent viloyati Çirçiq şahri “Navbahor” MFY hududidagi   harbiy qismda taşkillaştirilgan “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirini ana şunday taşabbuslardan biri deyiş mumkin.  Unda faol nuroniylar, harbiy xizmatçilar hamda yoşlar iştirok etdilar.

Uçraşuv avvalida qurol-aslaha va harbiy texnikalar körgazmasi namoyiş etildi. Faxriy qorovul hamda qöl jangi jamoalarining körgazmali çiqişlari barçaga birdek manzur böldi. Şuningdek, tadbir iştirokçilari harbiy qism muzeyi bilan yaqindan tanişdilar.

Özaro muloqotda söz olgan nuroniylar özlarining boy hayotiy tajribasi, mehnat faoliyati hamda yurt ravnaqi yölida olib borgan xizmatlari haqida sözlab berdilar. Şu bilan bir qatorda, yoşlarni Vatanga sadoqatli böliş, tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş, milliy qadriyat hamda anʼanalarni asrab-avaylaşga çaqirdilar.

Harbiy qism vakillari harbiy xizmat tartib-qoidalari haqida gapirar ekanlar, uning maşaqqatli, şu bilan birga, ğoyat şarafli va masʼuliyatli vazifa ekanligini alohida qayd etdilar. Hozirgi kunda yurtimiz tinçligini asrab-avaylaş, xavfsizligini taʼminlaş yuzasidan  amalga oşirilayotgan işlarni eʼtirof etdilar.

Nigora Örolova,

Toşkent viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan