Ota-ona borki, öz farzandi kelajagini öylaydi. Qiz çiqarib, kelin tuşirişni, ular baxtu kamolini körişni istaydi. Rözğor xarajatidan orttirib, kam yeb, kam içib bölsa-da, sep yiğadi, sandiq töldiradi. Mehnati ortidan topganini iqtisod qilib, yiqqan tört tangasini işlatmay, töy-marosimlariga atab qöyadi. Farzandlari to uylik-joylik bölmagunça na dam oliş, na davolaniş, na döstlar bilan diydorlaşişni xayoliga keltiradi. Faqat orzu-havaslari röyobini öylaydi.
Ezgu niyat bilan yaşaş yaxşi, albatta. Ammo hamma narsada meʼyor bölgani afzal. Öylab köraylik, yillar davomida peşona teri evaziga jamlagan mablağlarimizni ortiqça marosim, asʼasayu dabdabaga sarflaş, haddan ortiq isrofgarçilikka yöl qöyiş töğrimikan?!
Oçiği, töy-haşamlarda bölgan çoğimizda ularda yöl qöyilayotgan isrofgarçiliklardan taʼbimiz xira bölişi bor gap. Masalan, öz hududimizda iqtidorli sanʼatkorlar böla turib, katta pul evaziga poytaxtdan yoki qöşni viloyatlardan nomdor sanʼatkorlarni çaqiriş şartmikan?! Ularing ustidan dasta-dasta pullar soçib, puldor, boyvaçça ekanimizni köz-köz qilib, nimaga erişmoqçimiz?
Töyga kelgan mehmon nari borsa ikki-ikki yarim soat ötiradi. Şu qisqa vaqt içida “stol sinib ketar darajada” köp va xöb miqdorda qöyilgan noz-neʼmatlardan bir çimdim tatişning özidayoq odamning qorni töyadi. Şunga qaramay, töy oxirigaça dasturxonga ikki-uç xil taom tortilişiga hojat bormikan?!
Buxoroda nikoh töyidan taşqari, oqlik, fotiha, raxzanon, çarlar kabi marosimlar bor. Töy sohiblari har bir maʼrakani ötkazişda videotasvirçi, suratkaş, qöşiqçi, davraboşi, oşpaz, kayvoni, restoran va hokazolarga pul tölaşi kerak. Bu qançalik mablağ talab qilişini ham yaxşi bilamiz.
Ana şunday ortiqça çiqimlarning oldini oliş uçun ham töyni faqat ikki yuz kişilik iştirokçi bilan ötkaziş, mayda-çuyda marosimlarga çek qöyiş masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilyapti. Demak, bu örinda xalq manfaati, turmuş farovonligi nazarda tutilmoqda. Biroq, buni tuşunmagan yoki tuşunişni istamagan ayrim yurtdoşlarimiz hamon oldingi usulda töy qilib, ortiqça dabdababozlik illatini davom ettirmoqdalar.
Yaqinda mahallamizda bölib ötgan “Töylarga eʼtibor — el manfaatiga eʼtibor” deb nomlangan maʼrifiy tadbirda ana şu masalalar xususida söz bordi. Köpni körgan, boy hayotiy tajribaga ega yoşi uluğ insonlar, şu bilan birga, yoşlar vakillari sözga çiqib, yuqoridagi qusurlarni keskin tanqid qildilar. Mahallamizda zamon talablariga mos, haşamlardan xoli, isrofgarçiliklarsiz, kamçiqim töylar ötkaziş böyiça öz taklif-mulohazalarini bildirdilar.
Xulosa şuki, töy — bir yoki ikki kişining işi emas. Unga töy egalaridan taşqari, mahalla faollaridan boşlab, oqsoqollar, kayvoniyu otinoyilar, qöni-qöşni, mahalladoşlarning barçasi masʼuldirlar. Şunday ekan, bugungi jamiyatimizda töylar yeb içişu öynab-kulişdan iborat bölmay, qadriyatlarimizni tarannum etuvçi öziga xos marosimlardan biriga aylanişi kerak. Bunga esa barçamiz özimizning munosib hissamizni qöşişimiz şart va zarurdir.
Töy töydek, yaʼni dono ajdodlarimiz boşlab bergan ezgu anʼana va qadriyatlarimizga muvofiq hamda hamohang bölsin!
Mastura AKRAMOVA,
Buxoro tumani “Navröz” mahallasi
“Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari.