Şarof Ubaydullayev,
“Nuroniy” jamğarmasi respublika
Boşqaruvi raisining 1-örinbosari.
Yurtimizda turli sohalarning rivojlanişida mamlakatimizda yaşab istiqomat qilayotgan jonkuyar va fidoyi insonlarning xizmatlari katta, albatta. Ularning ibratli hayoti, samarali mehnat faoliyati yoşlar uçun çin maʼnoda ibrat maktabidir.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişda, sportçilarni tayyorlaş va ularning yuqori natijalarga erişişi yölida munosib xizmat qilgan Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jismoniy madaniyat va sport xodimi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpoq davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, Özbekiston sport faxriysi, respublika toifasidagi hakam Kulakov Yuriy Ivanoviçni ana şunday zamondoşlarimizdan biri deyiş mumkin.
Köp yillar davomida taʼlim va sport sohasida samarali faoliyat yuritib, yoşlar tarbiyasiga munosib hissa qöşgan fidoyi pedagog, tajribali sport taşkilotçisi Kulakov Yuriy Ivanoviçning 90 yillik yubileyi munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Anjumanda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömita raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpoğiston Respublikasi sport vaziri Yerkinbay Qutibayev, “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Tursinbay Abdijabbarov, universitet professor-öqituvçilari, sport va taʼlim faxriylari, talaba-yoşlar, ustozning yaqinlari va şogirdlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Tadbir ustozning sport sohasidagi mehnatlari, faoliyati davomida qölga kiritgan yutuqlari aks etgan körgazma bilan boşlandi. Tadbirni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov oçib berdi va olib bordi. Rektor öz nutqida Kulakov Yuriy Ivanoviçning köp yillik samarali mehnat yöli, yoş avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalaşdagi xizmatlari va universitet sport hayotini rivojlantirişdagi örnini alohida taʼkidlab ötdi. 1974 yil Yuriy Ivanoviç Kulakovga Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi bölib “Voleybol böyiça xalqaro toifadagi murabbiy” unvoni berilgan.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qömita raisi Murat Atamuratov Jöqorği Kenges va Vazirlar Kengaşi nomidan tabrik sözini öqib eşittirdi. “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursinboy Abdijabbarov Yuriy Ivanoviç Kulakovga I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni va pul mukofotini tantanali ravişda topşirdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişda Yuriy Kulakovning alohida örni va xizmatlari bor. Şuningdek, u yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, diniy ekstremizmning oldini oliş, turli maʼnaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarşi kuraşiş, sport inşootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va takomillaştirişda özining bilim, tajribasi va fidoyi mehnatlari bilan barçaga namuna bölib kelmoqda. Uzoq yillik mehnat faoliyati davomida yoşlarni yetuk kadrlar darajasida tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratdi. Bugun uning şogirdlari mamlakatimiz madaniyati va sportini yuksaltiriş yölida munosib xizmat qilib kelişmoqda.
Yuriy Kulakov 1936 yilning 25 fevralida Turkmaniston Respublikasining Kizil Arvat şahrida tuğilgan. 1959 yil Nizomiy nomidagi TDPUni tamomlab, iş faoliyatini Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya kafedrasida öqituvçilikdan boşlagan. 1966 yildan institutning jismoniy tarbiya fakulteti dekani lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
67 yillik mehnat faoliyati davomida Yuriy Ivanoviç Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport qömitasi raisi, Nukus davlat universiteti sport kafedrasi mudiri, universitetning Birlaşgan kasaba uyuşmasi raisi, tarbiyaviy işlar böyiça prorektori, Qoraqalpoq davlat universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri lavozimlarida işlagan.
Yuriy Ivanoviçning hayoti va faoliyatini, çin maʼnoda, yoş avlodga ibrat desak arziydi. U Qoraqalpoğistonda birinçilardan bölib, voleybol böyiça ösmirlar terma jamoasini tuzgan. Ayni jamoa Özbekiston maktablari orasida ötkazilgan musobaqalarda sovrinli örinlarni qölga kiritgan va 1970-1980 yillarda Özbekistonning eng kuçli terma jamoasi sifatida dovruğ qozongan. Xususan, 1973 yilda ötkazilgan Özbekiston spartakiadasida kumuş medalga sazovor bölgan.
Şu maʼnoda aytiş mumkinki, Yuriy Ivanoviçning fidoyi mehnatlari tufayli Qoraqalpoğiston Respublikasida öziga xos voleybol, basketbol maktabi yaratilgan. Qoraqalpoq davlat universiteti sportçilari mamlakatimiz miqyosida talabalar örtasida ötkazilgan “Universiada” öyinlarining 2000 yilda Namangan, 2002 yilda Buxoro, 2004 yilda Samarqand, 2007 yilda Toşkent, 2010 yilda Andijon, 2016 yilda Farğonada bölib ötgan musobaqalarida faol qatnaşib 100 ga yaqin medallarni qölga kiritişida ham Yuriy Kulakovning alohida xizmatlari bor.
Ustoz voleybol sport turining nazariy jihatlarini asoslab beruvçi risolalar ham yaratgan. Keyingi beş yillikda uning sohaga bağişlab özbek va qoraqalpoq tillarida çop ettirgan “Özbekistonda voleybol”, “Qoraqalpoğistonda voleybol” hamda rus tilidagi “Luçşiye” singari kitoblari soha sir-asrorlarini örganiş yölidagi öziga xos manbalardandir. Şuningdek, Yuriy Ivanoviç 1959-1966 yillarda sportning basketbol turi böyiça Qoraqalpoğiston terma jamoasi murabbiyi bölib işladi. Şu yillarda jamoa Özbekiston çempionatida bronza medalni qölga kiritdi. 1973 yildan eʼtiboran, murabbiylik faoliyatini boşladi. 1959-1972 yillarda Qoraqalpoğiston terma jamoasiga boş murabbiylik qildi.
Yuriy Kulakovning xizmatlari tufayli Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti jamoasi sportning futbol, basketbol va voleybol turlari böyiça barqaror ravişda Qoraqalpoğiston çempioni bölgan. U murabbiylik qilgan voleybol jamoasi qator yillar davomida Özbekiston çempionligini qölga kiritgan.
Ustozning uzoq yillik fidoyi mehnati, uning samarali natijalari davlatimiz va hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Yuriy Kulakov 1969 yilda “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi”, 1976 yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jismoniy madaniyat va sport xodimi” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. 2021 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasining “Ardoqli nuroniy” kökrak nişoni bilan mukofotlangan.
Yuriy Ivanoviç Kulakov hozirgi kunda Qoraqalpoq davlat universiteti sport klubi raisi muovini hamda Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. U öz kasbining mohir ustasi, tajribali ustoz va jonkuyar murabbiy sifatida hamkasblari, jamoatçilik hamda talabalar orasida katta hurmat-eʼtiborga ega, şuningdek, namunali oila sohibi, ikki nafar farzandning otasi, yuzlab şogirdlarning tabarruk ustozi.
Bugungi kunda 90 yoşida ham özining samarali faoliyati bilan şogirdlariga örnak bölib kelayotgan Yuriy Ivanoviçga: “Hamişa omon bölib, bugungidek bardam va tetik holda, yoş avlodga taʼlim-tarbiya berib, asr bilan yuzlaşib yuring”, — deya tilak bildiramiz.