Rustam SULTONOV,
“Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimi raisi,
Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi, birinçi darajali “Hurmat belgisi” va “Döstlik” ordenlari sohibi.
Mana, yangi 2026 yilga ham qadam qöydik. Ötgan 2025 yilni sarhisob qilar ekanmiz, uning faoliyatimizda öziga xos davr bölganligini alohida qayd etiş joiz, albatta. Tabiiyki, yutuqlar özimizniki, oldinda turgan vazifalar esa yanada bisyor.
Ayniqsa, bugungi globallaşuv, axborot xurujlari kuçaygan ijtimoiy özgarişlar davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoş avlodni soğlom ruhda tarbiyalaş dolzarb ahamiyatga ega bölib bormoqda. Bu borada öz hayotiy tajribasi, zakovat va maʼnaviy kamoloti bilan xalq işonçini qozongan nuroniylarning örni beqiyosdir. “Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimi ham yuqoridagi vazifalar ijrosi doirasida mahallalar, tuman va viloyat darajasida keng kölamli işlarni amalga oşirib, nuroniylarga ijtimoiy kömak körsatib kelmoqda.
Bunda madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, turistik sayohatlarni taşkillaştiriş böyiça keng imkoniyatlar yaratilyapti. Ayni tadbirlar davomida yolğiz va kam taʼminlangan nuroniylarni aniqlaş, ularni tibbiy körikdan ötkaziş, sanatoriylarda soğlomlaştirişga köproq eʼtibor qaratyapmiz. Şuningdek, turli ijtimoiy toifadagi nuroniylarga moddiy yordam, maişiy kömaklar körsatilib, tibbiy vositalar bilan taʼminlanib bormoqda. Maʼlumki, deyarli sakkiz yildan beri şahar va tumanlar markazlarida jamğarmaning “Nuroniylar maskani” faoliyat körsatmoqda. Ötgan yili “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi tomonidan uruş qatnaşçilari, front ortida mehnat qilganlar, yakka-yolğizlar, 1-guruh nogironlari, 100 yoşga kirgan va undan yuqori yoşdagi nuroniylar hamda 60-70 yil birga turmuş keçirib kelayotgan oila vakillarining röyxati şakllantirildi. Ular bilan işlaş yuzasidan manzilli reja işlab çiqilib, ijroga qaratildi. Hozirda viloyatda 60 yoşdan yuqori bölgan 201 ming nafardan ziyod nuroniylar istiqomat qilişmoqda. Şuningdek, 229 nafar front orti iştirokçilari, 28 nafar 100 yoşdan oşganlar, 1627 nafar özgalar parvarişiga muhtoj keksalar, 328 nafar “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yaşayotgan keksalar, 7807 nafar nogironligi bölgan keksalar, 265 nafar yakka-yolğiz yaşovçi keksalar bor.
Albatta, bugun mahallalar hayotini nuroniylarsiz tasavvur etib bölmaydi. Ular yoşlar tarbiyasi, oilalardagi muammolarni hal etiş, milliy qadriyatlarni asraş va tarğib qilişda faol iştirok etmoqdalar. Ayniqsa, yoş avlodga hayotiy tajribani yetkaziş, ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalaşda nuroniylarning örni nihoyatda muhim.
Kezi kelganda şuni alohida taʼkidlaş kerakki, viloyatimiz nuroniylari homiylik va saxovatpeşalik işlarida ham faollik körsatmoqdalar. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambağal oilalarga biriktiriş hamda mahallada soğlom turmuş tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni şakllantirişga jalb etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 892-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida joylarda faol nuroniylar tomonidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, viloyatdagi mavjud mahallalarga 3 nafardan jami 1 ming 593 faol nuroniy 7 ming 965 ta oilaga biriktirildi.
Hozirga qadar faol nuroniylar tomonidan kambağal oila farzandlariga 4 ming 705 ta stol, 7 ming 104 ta stul, 6 ming 162 ta sport kiyimlari va 3491 ta öquv qurollari topşirildi. Şuningdek, rejaga köra mahallalarda, maktablarda va boşqa taʼlim dargohlarida yoşlar bilan uçraşuvlar, davra suhbatlari ötkazilmoqda. Nuroniylar doimiy ravişda sportning stol tennisi, milliy kuraş, piyoda yuriş kabi turlariga keng jalb etilmoqda. Ularning soğliqlarini muhofaza etiş, soğlom turmuş tarzini şakllantirişga qaratilgan tadbirlar taşkillaştirildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga nuroniy otaxon va onaxonlarning faol iştiroki taʼminlanmoqda. Şahar va tumanlarda 509 ta “Keksalar maslahati” va 195 nafar “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzolari “Oqila ayollar” harakati, “Ayollar maslahat kengaşlari” guruhlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Mahallada joylaşgan taʼlim maskanlarida rejaga muvofiq, jonkuyar, yoşi uluğ nuroniy onaxonlar iştirokida “Buvijonlar maʼrifati” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari bölib ötmoqda. Uşbu guruh aʼzolari ajrimlarning oldini oliş, ulğayib kelayotgan qizlarni tarbiyalaş, soğlom muhitni şakllantiriş, aholi örtasida ijtimoiy muhokamaga muhtoj xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalar örtasida boqimandalik kayfiyatiga berilmaslik, ijtimoiy faollikni oşiriş, oilaviy kelişmovçiliklarni bartaraf etiş böyiça tarğibot tadbirlarini rejali va taʼsirçan tarzda taşkil etib kelişmoqda.
Har oyning birinçi yakşanbasida anʼanaviy tarzda Xiva “Içan qalʼa” muzey qöriqxonasiga nuroniylar uçun ziyorat taşkil etilyapti. Viloyatdagi “Oltin meros” va “Qatağon qurbonlari” muzeylariga 1 ming 300 nafar nuroniyning taşriflari uyuştirildi. Şu bilan birga, 150 nafar nuroniy uçun tarixiy qadamjolar — Sulton Uvays va Yusuf Hamadoniy ziyoratgohlari, Şovotdagi “Katqalʼa” tekstil fabrikasi, K.Otaniyozov nomli istirohat boğiga sayohatlar uyuştirildi. Şahar va tumanlardan 16 ming 800 nafardan ziyod nuroniy uçun Urganç şahri markazida joylaşgan Jaloliddin Manguberdi haykali va şaharning boşqa diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar taşkil etildi. Viloyat hokimligi, prokuraturasi, “Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimi hamkorligida “Ğayratli keksalar” şiori ostida sportning qator turlari böyiça şahar va tumanlar, viloyat bosqiçlarida sport musobaqalari taşkil etildi.
Ötgan yili bir guruh nuroniylarimiz sportning şaxmat-şaşka, mini futbol, kuraş turlari böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda respublika miqyosida viloyatimiz obrösini munosib himoya qilişdi. Ayniqsa, respublikada mini-futbol böyiça bölib ötgan musobaqada Xiva guruhimiz aʼzolari 4-örinni egallaşga muyassar bölgani barçamizni quvontirdi. “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” respublika loyihasi ham viloyatimizda samarali davom ettirilmoqda. Mahallalardagi 5 ming 500 nafar işsiz, muammoli yoşlarga 550 nafar faol nuroniy biriktirilgan. Ötgan yili ularning iştirokida 595 ta tarğibot tadbirlari ötkazildi. Buning natijasida 204 nafar yoşlarni işga joylaştirişga muvaffaq böldik. 163 nafari esa kasb-hunarga yönaltirildi, 27 nafar yoş profilaktik hisobdan çiqarildi, 879 nafarining turli xildagi muammolari örganib çiqildi va yordamlar körsatildi. Bölim tomonidan har yili “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi doirasida körik-tanlovning şahar va tumanlar, viloyat bosqiçlari bölib ötmoqda. Tanlov natijalariga köra, ğoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.
Ötgan yili körik-tanlovning respublika bosqiçida viloyatimiz vakili Abdurasul Jumaniyozov faol iştirok etib, 4-örinni egalladi. Uşbu tamoyil böyiça 1 ming 122 nafar tajribali nuroniy hududlarda 1 ming 937 ta tarğibot va taşviqot tadbirini olib bordi. Hamkor taşkilotlar va hokimliklar bilan birgalikda ötkaizilgan örganişlar natijasida 783 nafar oilaning muammolari hal etildi. Natijada 427 ta oilada ajrimlarning oldi olinib, ötgan yilning şu davriga nisbatan ajrim körsatkiçi 24 foizga kamaydi. Uşbu oilalarning 356 tasi muammoli toifadan çiqarildi.
Yuqoridagilardan köriş mumkinki, bugungi kunda yoş avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalaşda nuroniylar maktabi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Oldimizda esa bundan-da ulkan vazifa va katta marralar turibdi. Albatta, Yangi Özbekiston deganda, faqat iqtisodiy ösiş yoki infratuzilmaviy yangilanişlar emas, avvalo, inson qadri, maʼnaviy barkamollik va avlodlar uyğunligiga tayangan taraqqiyot modelini tuşunişimiz kerak. Ayni şu uluğ maqsadni röyobga çiqarişda nuroniylar mahalla hayoti va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaşda hamişa oldingi safda bölişi darkor. Biz, xorazmlik keksalar bundan keyin ham öz zimmamizga olgan masʼuliyatni sidqidildan ado etib, davlatimiz va hukumatimiz olib borayotgan islohotlarni xalq orasida qöllab-quvvatlaş, avlodlar örtasida maʼnaviy köprikni mustahkamlaş yölida kamarbasta bölamiz.