Dunyodagi barça ilmu tafakkur egalari — ixtiroçiyu faylasuf, yozuvçi yoki şoir, barça-barçasining ulkan muvaffaqiyati ortida ustoz deb atalgan donişmand  siymosi yaşaydi. Şuning uçun ham xalqimizda otaning mehridan ustozning qahri afzal degan naql yuradi. Ustoz öz nomi bilan ustoz. U yuksak ehtirom va qadrga munosib. Çunki ustoz umri mobaynida şogirdlariga qalb qöri, köz nurini beradi. Özidan-da isteʼdodli, muvaffaqiyatli şogirdlarni tarbiyalaydi. Hayotida, faoliyatida yölçi yulduz kabi yöllarini yoritadi. Yurtimizda ana şunday fidoyi ustozlar juda köp.

El nazariga tuşgan, öz kasbiga sadoqatli, fidoyi muallimlar haqida söz ketganda, Buxoro viloyatining Romitan tumanida yaşovçi faxriy pedagog  Pölatoy Olloqulovaning nomini ham birinçilardan bölib tilga oliş joiz, albatta.

Buxoro davlat  pedagogika institutining boşlanğiç taʼlim fakultetini tamomlagan Pölatoy aya  40 yil davomida yoş avlodga taʼlim-tarbiya berib, yurtimiz taʼlim sohasining takomiliga ulkan hissa qöşdi.

Ayaning aytişiça, uning  qölida öqiş-yozişni örganib, bugungi kunda hayotda  öz örnini topgan  öquvçilarining soni neçaming nafardan oşar ekan. Oradan yillar ötsa-da, qadrli ustoz şogirdlarining  dilidayu tilida… Bayramlarda, tuğilgan kunida ayani söroqlab keluvçilarning qadami uzilmaydi. Tumanda  taʼlimga oid qaysiki tadbir bor, ayaning iştirokisiz ötmaydi.

Pölatoy aya öz kasbining ustasi bölişi barobarida oilada mehribon ona. Rahmatli turmuş örtoği Tohir aka bilan 5 nafar öğil-qizni tarbiyalab, öqimişli, kasb-korli qildi. Bugungi kunda 15 nafar nevara,  12 nafar evara  ardoğida umrguzaronlik qilmoqda.

Ha, aya öz hayotidan mamnun edi. Negaki, yonida suyanguçi, tayanguçi yaqinlari bor edi: bir tomonda  — köngil qöyib turmuş qurgani Tohir aka,  ikkinçi tomonda — farzandu nabiralar, kuyovu kelinlari…  Rözğorlari tökis, heç bir narsaga zoriqmay şodumonlikda yaşaşardi. 70 yoş arafasida bölişsa-da, köngillari yoşlik sururiga töla edi.  Har yili Tohir aka bilan turli şaharlarga sayohatga borişar, sanatoriylarda dam olişar, köngiloçar tadbirlarda iştirok etişardi. Döstu dugonalar davrasida Pölatoy aya qönğiroqdek ovoz bilan doira çalib, qöşiğu laparlar  aytganda hammadan köp Tohir aka zavq olar,  qayta-qayta kuylaşga çorlardi.

Doimo yuzidan kulgu, tabassum arimaydigan, atrofdagilarga qölidan kelgança yaxşilik ulaşib yaşaydigan bu ayolni körganlar uning baxti bekamligiga havas qilişardi. Ammo nogahonda butun dunyoga, jumladan,  mamlakatimizga yopirilib, köp oilalarga judolik olib kelgan 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi   uşbu baxtiyor oilani ham çetlab ötmadi.  Tuppa- tuzuk yurgan Tohir aka bir-ikki kun içida kasallikka çalindiyu töşakka mixlandi. Pölatoy aya hamda farzandlarining  yugur-yugurlari natija bermadi. Tohir aka tört kun oğrib yotdi. Keyin esa kutilmaganda kasalxonada hayotdan köz yumdi.

Tohir aka  pensiyaga çiqqunga qadar tumandagi katta bir taşkilotning  rahbari, tajribali irrigator edi. Nafaqada  bölişiga qaramay, umrining sönggi yillarini ham ezgu işga sarfladi. Jumladan, yetti pirning biri — Hoja Ali Romitaniy  majmuasini qayta taʼmirlaş işlarida quriliş ştabi boşliği sifatida faoliyat yuritdi.

Uni köpçilik tanir, hurmat qilardi. Biroq pandemiya tartib-qoidasiga köra, Tohir aka faqat yaqinlari iştirokida tuproqqa qöyildi. Uni sönggi  manzilga kuzatiş döstu birodarlari dilida bir umrlik armon bölib qoldi.

Beşafqat taqdir  Pölatoy aya sabrini faqat birgina judolik bilan sinamadi. Qismatida yana bir emas, ikki  ayriliq zarbasi yozilgan ekan. Otasining taʼziyasida iştirok etiş oilaning ikki farzandi — Muhayyo va Bahodirga ham nasib etmadi. Çunki ular ham  koronavirus bilan oğrib, kasalxonada davolanişayotgan edi. Falokat kelsa, qöşaloq kelarkan.  Otalari  tuproqqa qöyilgan kunning ertasiga Muhayyo, oradan bir neça kun ötar-ötmas, Bahodir bandalikni bajo keltirişdi.  Har ikkisining ham ikki nafardan  voyaga yetmagan farzandi oh urib, bözlab qolişdi.

Pölatoy ayaning  öşa kunlardagi  holatini söz bilan tasvirlaşga til ojiz. Taqdirning uç oğir  zarbasini kötarişda Pölatoy ayada na kuç, na mador bor edi. Hatto yiğlaşga ham holi qolmagan ona birin-ketin çiqqan tobutlar ortidan  maʼnosiz qarab qoldi, xolos. Suyanay desa atrofida aka-ukalariyu uç nafar farzandidan boşqa suyançiği yöq ona boşini qay toşga urişni bilmay, ançagaça karaxt holda yurdi. Ayaning nozik yelkalari toğday oğir ğam yukini kötarişiga  köpçilik, hatto özi ham  işonmasdi.  Sanoqli kunlar içida bu dunyoni tark etgan bir emas, ikki emas, uç jigarporasining ayriliq  doğini kötariş  muştipar ayoldan toğdan-da ulkan sabr,  temir iroda, çidam va bardoşni  talab etardi.

— Boşimga tuşgan bunday musibatni duşmanimga ham ravo körmayman, — deydi Pölatoy aya. — Yaşaşga majolim qolmagan, umidlarim sönib bölgan edi. Ammo  qarasam, uç nafar farzandim, Tohir akaning aka-ukalari, otasiz, onasiz qolgan nevaralarim mening holimdan battar azobda qolib, tuşkunlikka berilişayotgan edi. Ularga kimdir taskin-tasalli bölişi, hayotga işonçlarini qaytarişi lozim hisoblanardi. Oilaning boşi sifatida bu vazifani zimmamga olişga majbur edim. Har qança oğir bölmasin, ğam yukini kutarişga özimda kuç, iroda topişga  harakat qildim.    Şu kunlarning birida  turmuş örtoğimni  tuşimda kördim, uzoqdan turib, menga: “Özingni qölga ol, sen  bolalarimizga keraksan” — deganday umid töla nigohlarini qadadilar-da, tezda közdan ğoyib böldilar. Şu kuç  berdimi, egilgan qaddimni tik tutişga harakat qildim, içim otaş bölib yonsa-da, atrofga tabassum bilan qaraşga  kuç topdim. Bu körguliklar  taqdirning oilamiz uçun sinov ekanini yaqinlarimga pand-nasihatlarim orqali anglatişga harakat qildim.

Orada ötgan  olti  yil içida aya özi boş bölib, nevara qizlarini uzatdi, nevara  öğillar  töylarini ötkazib, kelinu evaralar kördi.  Oila davrasi yanada kengaydi.

— Rahmatli onam töqqiz farzand körib, beştasini tuproqqa qöygan ekanlar, — deya sözida davom etdi aya. — Şu bois keyin tuğilgan törtta farzandlariga  ölmay,  yaşab qolişlari uçun Töxta, Istat, Pölatoy, Bolta deb nom bergan ekanlar. Baʼzan “Nega menga bunaqa ism qöygansiz?” — deb onamga norozilik bildirganimda, onam “Unaqa dema, qizim, ismingning bir xislati bordirki, Allohga şukr, zavol körmay yaşayapsan”, — derdilar. Onam haq ekanlar, şekilli, hayotning oğir sinovlariga çidab yaşab kelayotganim balki ismim xosiyatidandir…

Ha, har qança maşaqqatli bölmasin, umr yöllaridagi tösiqlarni yengişda insonda pölatdayin mustahkam iroda bölişi kerak. Pölatoy ayada ana şu xislatlar  borligi uçun ham u taqdir zarbalari oldida egilmadi, bukilmadi, sinmadi.

Bunday matonatli, sabotli ayollarimiz biz uçun ibrat namunasi, sadoqat timsolidir. Ularni qança qadrlasak, şunça kam.

Zuhra QURBONOVA,

jurnalist.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan