“2026 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (82-son, 06.03.2026 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan 2026 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita (Taşkiliy qömita) tarkibi tasdiqlandi.
Qarorga köra, Navröz bayramini munosib nişonlaş böyiça “Navrözni uluğlaş – insonni uluğlaşdir!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan taşkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda tarğibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi va uning amalga oşirilişi taʼminlanadi.
Bundan taşqari, qaror Navröz ayyomini xalqimizning birdamligi, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni namoyon etadigan umummilliy bayram sifatida yanada keng nişonlaş, şahar va qişloqlarni obodonlaştiriş, atrof-muhitni asraş, xayriya va saxovat işlarini kengaytiriş kabi ezgu taşabbuslarni amalga oşiriş uçun mustahkam taşkiliy asos yaratib beradi.
2026 yilgi Navrözning yana bir muhim jihati — uning Ramazon hayiti bayrami bilan uyğun davrga töğri kelayotgani. Şu munosabat bilan qarorda insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat kabi qadriyatlarni yanada kuçaytirişga qaratilgan tadbirlarga keng örin berilgan. Ayniqsa, keksa avlod vakillarini, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat fronti faxriylarini eʼzozlaş, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylaridagi insonlar holidan xabar oliş, ehtiyojmand oilalarga kömak beriş kabi xayrli işlar taşkil etiladi.
Navröz bayrami arafasida yurtimizda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari ham keng kölamda amalga oşiriladi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Men ham köçat ekaman” aksiyalari, umumxalq haşarlari taşkil etiladi.
Şuningdek, bayram tadbirlari doirasida hunarmandçilik körgazmalari, milliy sport musobaqalari, kitob yarmarkalari, qişloq xöjaligi mahsulotlari savdolari va köklam taomlari festivallari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Qarorda millatlararo döstlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş masalasi ham alohida taʼkidlangan. Yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillarining milliy urf-odat va anʼanalari namoyiş etiladigan tadbirlar Navrözning bağrikenglik ruhini yanada yorqin ifoda etadi.
Poytaxtimizdagi “Yangi Özbekiston” majmuasida taşkil etiladigan xalq sayillari va teatrlaştirilgan konsert dasturlari bayramning eng yorqin madaniy tadbirlaridan biri bölişi kutilmoqda.