Xalqimizda “Asalning ham ozi şirin” degan gap bor. Har bir neʼmat isteʼmoli yoki urf-odat meʼyor çegarasidan ötganda, u isrof yoxud noodatiy hol, yaʼni illatga aylanadi, albatta. Azaliy qadriyatlardan hisoblangan töy mrosimlari xususida ham şunday deyiş mumkin. Taassufki, keyingi vaqtlarda töylarimizda ortiqça dabdababozlik, isrofgarçilik holatlariga yöl qöyiş deyarli odat tusiga kirdi. Şuning uçun ham bugun uşbu urf-odatlarimizni taşkil qiliş, ötkaziş jarayonlari davlatimiz tomonidan töliq nazoratga olinib, ularning amaldagi meʼyorlari belgilab berildi. Bulardan maqsad bitta, u ham bölsa — maromiylikni taʼminlaş. Maromiylik bor joyda esa ortiqça sarf-xarajatlarning oldi olinib, farovonlik barqaror böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida bölib ötgan yiğilişda  şu haqda söz bordi. Unda töy-haşamlarni ixçamlaştiriş böyiça aniq vazifalar ijrosi körib çiqildi. Mamlakatimiz Prezidentining bu boradagi taşabbuslari, amaldagi Farmon va qarorlarining ijrosini taʼminlaş yuzasidan 2025 yilning dekabr oyida Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov rahbarligida tumandagi 40 ta mahalla raisi, ulardagi köçaboşilar va yana boşqa masʼullar iştirokidagi majlisda töy-haşam va boşqa oilaviy yiğinlarni ixçamlaştiriş böyiça aniq vazifalar yuzasidan özaro kelişib olingan edi. Navbatdagi yiğilişda uşbu vazifalarning ijrosi muhokama qilinib, töydan oldin böladigan qizlar bazmini töxtatiş, töylardagi qalin pullarini belgilangan miqdordan oşirmaslik, mehmon çaqiriş, töy sayillarida kortejlarning çeklangan miqdoriga amal qiliş, şuningdek, turli sarpo-suruqlar berilişiga yöl qöymaslik böyiça aniq töxtamga kelindi.

Majlisda tuman adliya bölimi tomonidan töy-haşamlarni ötkaziş tartib-qoidalariga amal qilmaganlik yoki ularni buzganlik uçun qonuniy tartibda belgilangan jarimalar öqib eşittirildi.

Içki işlar bölimi boşliği tomonidan töy kortejlaridagi özboşimçalik uçun qonunda körsatilgan tartibda jazo muqarrarligi  tuşuntirib ötildi.

Şuningdek, yiğilişda mahalla raislari va köçaboşilarning töy-haşamlarni ixçamlaştiriş borasidagi takliflari tinglandi va bir ovozdan qabul qilindi.

Fazilbek Annasafarov,

“Nuroniy” jamğarmasi Beruniy tumani bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan