Mamlakatimizda 13-14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida umumxalq xayriya haşari ötkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorida dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Hujjatga köra, umumxalq xayriya haşari davomida mahallalar, aholi yaşaş massivlari, köp qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, köça va yölaklar hamda bolalar maydonçalari tartibga keltiriladi, daraxtlarni oqlaş va butaş işlari taşkil etiladi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar va aholi xonadonlari atrofiga mevali va manzarali daraxt köçatlari ekiladi.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvçisiz qolgan keksa va nogironligi bölgan fuqarolarning uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga kömaklaşiladi.
Haşar nafaqat tozalik va obodonlaştiriş işlari, balki fuqarolar örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaş, yoşlarda vatanparvarlik va masʼuliyat tuyğusini oşirişga xizmat qiladi. Ayniqsa, mahalla instituti faoliyatini kuçaytiriş, aholining öz yaşaş hududiga daxldorlik hissini oşirişda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
ÖzA.