Ayol… bu söz zamirida guldan-da noziklik hissi, börondan-da kuçli matonat tuyğusi, olmosdek keskir tafakkur va donişmandlik, möʼjizalar yaratguvçi qalb mujassamdir. Har nafasida, hayotining har bir lahzasida öz eʼtiqodi, ahdi va faoliyatida sobit turib,  oilasini köz qoraçiğidek asrab, el-yurtimiz ravnaqi yölida fidoyilik körsatgan, xalqimizning  ardoqli farzandiga aylangan xotin-qizlar juda köp.

Özbekistonda xizmat körsatgan şifokor, tibbiyot fanlari doktori, professor Naima Mahmudova ham şubhasizki, xalqimizning ana şunday farzandlaridan biri edi. Olima aholining salomatligi, ayniqsa, soğlom onalik va bolalikni muhofaza qilişga qöşgan hissasi ortidan ezgu xotiralar bilan eslanadi.

Naimaxon Mahmudova 1928 yil 10 avgustda Toşkent şahrida tuğilgan. Otasi Mahmud Hodiyev Botu taxallusi bilan ijod qilgan, şuningdek, partiya va davlat organlari tahririyatida işlagan.

Afsuski, Naimaxonimning bolaligi ota-ona diydoridan uzoqda keçadi. 1930 yilda Mahmud Hodiyev millatçilikda ayblanib, 1938 yilda otuvga hukm qilinadi. Hatto ayoli ham taʼqib ostiga olinib, Sibirga surgun qilingan. Naimaxon bu paytda hali ikki yoşli qizaloq edi, uni bobosi Maqsud ota va buvisi Töxtaxon aya tarbiya qiladilar. Töxtaxon aya kiçik Naimaga özbek xalq ertaklaridan öqib berar, bu bevosita Naimaxonning özbekona qadriyatlar, milliy tamaddun haqidagi qaraşlarini şakllantirib borardi. Bobo-buvisi Naimani zamonaviy tillar öqitiladigan maktabga berişadi.

1944 yilda Örta Osiyo davlat  universiteti (hozirgi ÖzMU)ning tayyorlov, söng şarqşunoslik fakultetiga öqişga kiradi. Uning taʼlim olişida amakisi Sodiq Hodiyevning ham alohida örni bor. U Naimaga otalarça mehr berib, ğamxörlik körsatardi. Naima 1945 yilda amakisining taşabbusi bilan  Toşkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toşkent davlat tibbiyot akademiyasi)ga öqişga kiradi. Garçi ota-onasidan uzoqda ösib-ulğaysa-da, oilaviy muhit, yaqinlarining qöllab-quvvatlovi sabab, Naima odamlardan, jamiyatdan uzilib qolmadi. Aksinça bemorlarning dardiga şifo topiş, kasalliklarni davolaşga eʼtibor qaratdi.

Naima Mahmudova institutni tamomlagaç, Özbekistonning eng çekka hududi — Xorazm viloyati Xiva şahriga işga yuboriladi. Öşa paytda Xivaga yetiş uçun na uçoq, na temir yöl bölgan. Naimaxon onasi (Sibirga surgun qilingaç, 10 yildan keyin qaytgan) bilan Turkmanistonning Çorjöy tumani orqali yuk poyezdida Urgançga, keyin esa yuk maşinasi kuzovida Xivaga yetib oladi. Şahardagi poliklinikada nevropatolog bölib iş boşlaydi. Asab kasalliklari mutaxassisligini çuqurroq örganiş maqsadida, 1952 yilda Toşkent malaka oşiriş kursida öqiydi. U aynan şu yerda turmuş örtoği — samarqandlik Umar Qurbonov bilan tanişgan. U bilan turmuş qurişgaç, Urgut tumani sanitariya-epidemiologiya xizmatida boş şifokor, keyinroq Samarqand viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi  boş şifokori vazifalarida işlagan. 1963 yildan 1971 yilgaça Öbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bu davrda u bolalar va onalar salomatligi yölida salmoqli işlarni amalga oşirgan. Pediatriya va akuşer-ginekologiya ilmiy-tekşiriş institutining qurilişi va işga tuşirilişida, Toşkent pediatriya tibbiyot institutini taşkil etişda Naima Mahmudova asosiy taşabbuskorlardan biri bölgan.

Naima Mahmudova bolalarda miya falaji kasalligi böyiça 2 ta monografiya yaratgan. Şuningdek, öz izlanişlari davomida köp tarmoqli şifoxonalar, ixtisoslaştirilgan tuğuruqxonalar, ambulatoriya va tez tibbiy yordam körsatiş xizmatlari, sanatoriya tarmoği, onalik va bolalar tibbiyot muassasalari tarmoğini jadal kengaytiriş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, soğlom avlod yetiştirişda ona va bolalarni muhofaza qiliş, ayniqsa, tuğilgan çaqaloqlarning jismoniy rivojlanişiga eʼtibor beriş, qişloq joylarda ayollar va bolalarga tez tibbiy yordam körsatişni rivojlantiriş, aholining salomatligi bilan boğliq muammolarni davolaş yöli bilan bartaraf etiş haqida qayta-qayta taʼkidlab ötgan. Uning bu kabi tadqiqot va taşabbuslari soha tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilişga ulkan hissa qöşgan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Naima Mahmudova 2017 yil 7 iyunda 88 yoşida vafot etgan. Uzoq yillik samarali mehnatlari eʼtirof etilib, “Özbekistonda xizmat körsatgan şifokor” unvoni, I darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan taqdirlangan.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan