Özbekiston jannatmakon ölka, tuproqlari zar, suvi esa gavhar. Bu yurtda yaşab ötgan uluğ insonlar dunyoning tamaddun beşigini tebratgan, desak, aslo mubolağa bölmaydi. Uzoq yillar “Nuroniy” jamğarmasining Farğona viloyati bölimi raisi vazifasida mehnat qilgan fidoyi inson, ustoz Topiboldi Xoldarov ham özbekning oddiy, ammo qalbi dunyolardan keng, himmati baland farzandi edi.

Topiboldi Xoldarov 2000-2009 yillarda  Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Farğona tumani bölinmasi raisi, 2009 yildan 2021 yilning avgust oyi — umrining oxiriga qadar Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Farğona viloyati bölimi raisi lavozimida faoliyat yuritib, xalqimizning maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltiriş, nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, salomatligini muhofaza qiliş  yölida fidoyilik bilan xizmat qilgan. 2010 yilda Xalq deputatlari  Farğona tumani Kengaşi, keyinçalik  Farğona viloyati Kengaşi deputati, 2019-2021  yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan.

Uning, ayniqsa, olis va çekka hududlardagi aholi bilan uçraşib, ularning dardu taşvişini eşitgan holda, yordam berişga oşiqişi  noyob fazilatlaridan biri edi. Masalan, 2020 yil avgust oyida uning taşabbusi bilan “Yangi yöl” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi 1920 yilda tuğilgan, 100 yoşga kirgan yakka-yolğiz nuroniy Jannat ona Husanovaning 100 yoşli yubiley töyi  ötkazib berildi. “Töyga quş qanotini qoqadi” degan naql bejiz aytilmagan. Kutilmaganda tumanda gastrolda bölgan  Respublikada xizmat körsatgan sanʼatkorlar — Dilbar Rahmatova, rahmatli Fatxulla Maʼsudov, Madina Muxtorova, Saida Rametovalar taşrif buyurib, tadbirni kötarinki ruxda ötkazişga hissa qöşişgandi öşanda.

Topiboldi Xoldarov, çinakam maʼnoda, matonat va jasorat sohibi edi. U öz ezgu maqsadiga erişgunça heç qanday tösiqdan çöçimadi, juda köp insonlar bilan tanişdi, ularning dardini eşitdi, muammolarini bartaraf etişga xarakat qildi, kişilarga yaxşilik yölida töğri yöl körsatdi.  Yoşlarga odamiylik, insoniylik saboqlarini örgatdi. Yuzlab şogirdlarga ustozlik qildi. Şogirdlariga odamlarni muammolar girdobida taşlab qöymaslikni, har bir muammoni hamjihtlikda bartaraf etişni uqtirardi.

Topiboldi Xoldarov 1942 yilning 1 fevralida Özbekistonning eng çekka hududlaridan biri — Farğona viloyati Farğona tumanining toğli Yordon qişloğida işçi-dehqon oilasida tavallud topgan. Otasi Xoldar Sotiboldiyev 1896 yilda tuğilgan bölib, tumandagi “Hakimzoda” nomli dehqon xöjaligida işlagan. Onasi — Doriniso Sotiboldiyeva  uy bekasi edi. 1942 yil — Ikkinçi jahon uruşi davrida Xoldar buva işçi batalonga xizmatga ketgan va 4 nafar farzand tarbiyasi Doriniso buvi zimmasiga tuşgan.

Topiboldi ota farzandlar içida eng kiçigi edi. Doriniso buvi bolalarini yoşligidan mehnatga örgatdi. Toza-pokiza, tartib-intizomli bölişni uqdirdi. Ularning kiçkinagina uylari hamişa saranjom-sarişta turar, farzandlar onaning undovi bilan ilm olişga intilişardi. Doriniso buvi farzandlari bilan  birgalikda kartoşka, sabzavotlar yetiştirar, çigit ekişdan boşlab, paxta yiğim-terimida ham  qatnaşar, örik pişiğida boğlarning mevalarini terib quritar, danagini ajratib, çaqib, qişga saqlab qöyişar, uzoq boğlardan olma, yonğoq terib kelib, qişga ğamlaşar, şu tariqa oçarçilik yillarining qiyinçiliklarini yengişga harakat qilişardi.

Otasi Xoldar Sotiboldiyev xizmatdan qaytgaç, “Hakimzoda” kolxozida işini davom ettirdi va oila aʼzolari yana jam bölişdi. Topiboldi ota 7 yoşga kirganda, ukasi Sirojiddin tuğildi. Opalari va akasi qatnagan 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabiga öqişga kirdi. Zehni ötkir, ilmga çanqoq, tirişqoq Topiboldi barça fanlarga qiziqib, kitoblar kam bölsa-da, ularni öqib, matematika, ona tili va adabiyoti, keyinçalik esa rus tili, tarix, geografiya fanlarini aʼlo darajada özlaştirdi. Ana şunday paytda oilada fojia röy berdi, Sirojiddindan keyin tuğilgan  Erkinjon va Maşhuraxon ketma-ket betob bölib, vafot etişdi. Şundan söng Doriniso ayaning ham salomatligi yomonlaşib, 40 yoşida olamdan ötdi.

Uy yumuşlari Topiboldining opasi Qimmatxon zimmasiga tuşdi. Qimmatxon 2 yoşli Sirojiddin va 8 yoşli Topiboldiga bor mehrini berib, parvarişlay boşladi. Biroq uni Yozyovon tumaniga uzatişgaç, kiçik Sirojiddinga qaraş hali özi yoş bola bölgan  Topiboldining zimmasiga ötdi. Qimmatxondan keyingi qiz — Buvixon kolxozga dadasiga yordamga çiqib ketgandi.  Topiboldi har kuni ukasini opiçlab, maktabga borar edi. Sirojiddin yoş bola bölganligi sabab, bir joyda turmas, tipirçilar, köçaga intilar, qaysarlik qilardi. Ammo aka sifatida u ukasining barça injiqliklariga çidar, avaylab qarardi…

Xoldar aka har kuni ertalabki nonuşta uçun Topiboldiga Yordondagi dökondan 6 ta oq qandga yaraşa pul berar, bolakay ukasiga şirinçoy  qilib berib, ovutardi. Ammo kunlardan bir kuni Topiboldi dökonga borsa, sotuvçi tekşiruvçi kelib qolganini, qand berolmasligini aytadi va uni dökondan çiqib ketişga majburlaydi. Topiboldi rosa yalinadi, iltimos, ukam şirin çoy içmasa, maktabga bormaydi, deb tuşuntirsa xam, sotuvçi baribir unga oq qand bermaydi. Öşanda dökondan yiğlab çiqib ketayotgan Topiboldining könglidan şunday keçinma ötgan edi: “Hali katta bölsam, öqib, sendan ham kattaroq işda işlab, yoningga salom bergani kelaman!”.

Keyinçalik Xoldar aka farzandlarining qiynalganini körib, boşqa ayolga uylandi. Biroq u ayol bolalarga mehr körsatmaydi. Bir kuni işdan qaytgan Xoldar aka ayoli farzandlarini qattiq urib-sökayotganini körib,  uni uyiga olib borib qöyadi.

Qiyinçilik va oçarçilikka qaramay, Topiboldining qalbida mehribon onasining suti bilan singigan, ona allasidan boşlab şakllangan  vatanparvarlik tuyğusi, Vataniga bölgan muhabbati butun hayoti davomida kuçayib bordi. U 8-sinfga köçganida Samarqand şahrida joylaşgan  kooperativ bilim yurtiga öqişga kirişga ahd qildi. Bir yil davomida toğlardan ötin töplab, uni eşak aravada Şohimardonga olib borib sotib, örikzorlarda tökilgan öriklarni terib-quritib, sotib, öziga yölkira uçun pul töpladi va 1961 yilda 8-sinfni bitirib, Samarqand şahriga yöl oladi. Piyoda, eşak aravada, yuk taşiydigan katta “Zil” maşinasi va avtobusda şaharga yetib bordi. Şu tariqa Samarqand kooperativ bilim yurtining kunduzgi bölimiga öqişga qabul qilinadi. Topiboldiga yotoqxonadan joy beriladi. U ğayrat bilan bilim olişga kirişadi. Maktab davrida örganolmagan fanlarini çuqur özlaştiradi, dunyoqaraşi kengayadi, maktab davrida rus tilini yaxşi özlaştirgani qöl keladi. Ustozlar, kursdoşlar orasida tirişqoq, kirişimli, tartibli va çiroyli xulqli Topiboldi nafaqat öqişda, balki paxta terimida ham ilğor terimçilardan bölib taniladi.

Topiboldi Xoldarov Samarqand kooperativ bilim yurtini tamomlab, diplom olgaç,   Farğonaga qaytadi va Farğona tumani matlubot jamiyatida iqtisodçi, hisobçi bölib işlaydi. 1966 yilda  Toşkent kooperativ bilim yurtini bitirib kelgan turmuş örtoği Xoldarova Zoyaxon bilan turmuş quradi. Gözal, serğayrat, jonkuyar, mehribon va irodali Zoyaxon bilan öz mehnati, şijoati bilan  Topiboldining çinakam maslakdoşiga aylanadi.

1973 yilda Topiboldi ota Samarqand kooperativ institutiga öqişga kiradi. Köp ötmay, Farğona viloyatiga işga ötadi. Farğona  viloyatida matlubot jamiyati boş iqtisodçisi, rais örinbosari, bölim boşliği lavozimlarida işlaydi.

1974 yilda  Xoldarovlar oilasiga Farğona tumani Vodil qişloğidan yer uçastkasi beriladi. Ana şu 8 sotixli hovlida Topiboldi ota va Zoyaxon aya  4 nafar farzand —  uç qiz va bir  öğilni çiroyli tarbiyalab, voyaga yetkazdilar. Hovliga çinor köçatlari, meva-sabzavot, bahoriy, ertangi ekinlar yetiştiradilar.  Tomorqani begona ötlardan tozalab, pomidor, bulğor qalampiri, qalampir, baqlajon va boşqa sabzavotlar ekişda ota-ona özlari boş bölişar, bolalar ham ularga yordamlaşişardi. Hovlini rayhonu jambil, kaşniçu turfa kökatlar ifori tutib ketardi. Topiboldi ota farzandlariga: “Dunyoni gözal qiliş uçun dunyoni emas, özingiz yaşayotgan joyni, özingizni va qalbingizni özgartiring”, derdi.  Qizlariga kiçkinaligidan Navröz, Hayit bayramlarida atlas kiyimlar olib berib, boşlariga döppilar kiydirib qöyardi. Özining boşidan ham döppi tuşmas edi.

Topiboldi Xoldarov umri mobaynida millat kelajagi — bugungi avlod baxt-saodati, yurt farovonligi uçun yonib,  yurakdan mehnat qildi. Özi va boşqalarga oltin qoidalarga amal qilişini, ğiybat qilmaslik, araz-gina saqlamaslikka daʼvat qilar,  bolalikdan oilalarda maʼrifiy suhbatlar olib borişni, boşqalarni hurmat qiliş, taşakkur bildirişni, harom rizq va birovning haqini oilaga kirgizmaslikni farzandlarga yoşligidan örgatişni uqdirardi.

Topiboldi ota  2021 yilning 22 avgustida olamdan ötdilar. Hozirda oilani unga umri mobaynida yelkadoş, issiq-sovuq kunlarida safdoş bölgan, yangi yutuq va zafarlarini qöllab-quvvatlagan oqila, mexribon, samimiy va mehnatkaş inson — Zoyaxon aya boşqarmoqdalar.

Albatta, fidoyi mehnat heç qaçon eʼtibordan çetda qolmaydi. Yuksak eʼtirof bilan yurtdoşlarimiz mehriga sazovor bölgan, xalqimiz maʼnaviyati va maʼrifati yölida samarali xizmat qilgan   Xoldarov Topiboldi hoji ota 2016 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Yorbek Tillaboyev,

“Nuroniy” jamğarmasi

Farğona viloyati bölimi

boş mutaxassisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan