Toji BERDIYEV,

“Nuroniy” jamğarmasi

Termiz şahar bölimi raisi.

Yurtboşimizning “Surxonni rivojlantiriş — Yangi Özbekistonning janubiy tayanç ustunini mustahkamlaş demakdir” — degan fikrlari ayni haqiqatdir. Negaki, Surxondaryo viloyati mamlakatimiz hayoti, uning farovonligi va taraqqiyotini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Bugun viloyatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va loyihalar, ularning öziga xos natijalari, çin maʼnoda, xalqimiz farovonligi uçun xizmat qilmoqda. Bunga barçamiz şohid bölib, hozirda özimiz ham bevosita jadal islohotlaru yangilanişlarning iştirokçisiga aylanganmiz.

Mamlakatimiz rahbari vohani kompleks rivojlantiriş maqsadida ötkazilgan yiğilişda viloyat faollari, yoşlar va nuroniylar bilan muloqot qildilar. Prezidentimiz Surxon vohasida amalga oşirilgan işlardan şaxsan mamnun ekanliklarini taʼkidladilar. Hududni rivojlantiriş masalasida nafaqat ijobiy özgarişlarga eʼtibor qaratildi, balki muayyan sohalarda mavjud kamçiliklarga ham töxtalib ötildi.

Masalan, viloyatimizdagi 49 ming gektar tomorqaning 35 ming gektaridan 3-4 marta hosil olinmoqda. Bu tajriba hozirça faqat Surxondaryodagina uçraydi.

Yurtboşimiz avvalgi taşriflari doirasida aholini 300 kilometr uzoqlikdagi “Töpalang” suv omboridan ekologik toza suv bilan taʼminlaş topşiriğini bergan edilar, zarur mablağ ham ajratilgandi. Oçiğini aytganda, surxonliklarning bir asrlik orzusi amalga oşdi. Şaharda köp qavatli uylar qurilib, ularning infratuzilmasi töliq yangilandi. Ilgari şahardagi 37 ta mahallaning har biriga 2 milliard söm ajratilib, infratuzilmaga yönaltirilgan bölsa, şuning hisobiga asfaltlaş va taʼminot işlari amalga oşirildi. Töqqiz yil içida bolalarning boğçaga qamrovi 28 foizdan 68 foizga yetdi.

Yiğilişda kambağallik, işsizlik, yoşlar bilan işlaş kabi jiddiy ijtimoiy masalalarga qatʼiyat bilan yondaşiş zarurligi taʼkidlandi. Şuningdek, mahalla hayotini har tomonlama yangilaş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, yöl-quriliş işlarini jadallaştiriş kerakligi qöşimça qilindi.

Şuning barobarida, Boysundagi “Bezaktop” konida sifati Eron, Turkiya, Italiya bilan raqobatlaşa oladigan tabiiy toş zaxiralari örganilmayotganligi, vohada mavjud bir qator tarixiy-madaniy obʼyektlarning turistik salohiyatini rivojlantiriş eʼtibordan çetda qolayotgani, Surxondaryoda işga solinmagan katta imkoniyatlardan yana biri uning yaylovlari ekani taʼkidlab ötildi.

Maʼlumki, janub gavhari bölmiş Surxondaryo polvonlar yurtidir. Bu anʼananing avlodlar oşa davom etişiga erişiş maqsadida toğli hududlarda kuraş böyiça baza taşkil etiş, yoşlarning bobomeros kuraşçilik bilan şuğullanişiga şaroit yaratiş vazifasi belgilandi. Barça loyihalar uçun tegişli miqdorda mablağ ajratildi. Muxtasar qilib aytganda, joriy yilgi taşrifdan söng Surxondaryoda 7,1 milliard dollarlik 44 ta loyiha işga tuşdi.

Biz, Surxondaryo xalqi Prezidentimizning taşqi, içki siyosatini kuzatib, xalqçil islohotlarga öz amaliy saʼy-harakatlarimiz bilan munosib hissa qöşişga doimo tayyormiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan