Mamlakatimizda yoşlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinçlik va totuvlik ruhida tarbiyalaş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazişda keksalarning, nuroniylarning fidokorona mehnati, sabr-toqati, ibratli umr yöli yoşlar uçun haqiqiy hayot maktabi hisoblanadi. Şu bois, bugungi kunda keksalarning ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş, ularni faol hayotga jalb etiş va yoş avlod tarbiyasidagi örnini yanada yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 92-sonli Qarori ijrosi doirasida bugungi kunda qator amaliy işlar olib borilmoqda. Uşbu Qaror yoşlar bilan işlaşning yangi, taʼsirçan mexanizmlarini joriy etiş, mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni qaror toptirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda, taʼlim maskanlarida, oliy öquv yurtlarida  faxriy nuroniylar, jamoatçilik faollari iştirokida “Qahramonlar va yoşlar uçraşuvi” kabi tadbirlar taşkil etilmoqda.

Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida uzoq yillar davomidagi samarali mehnatlari bilan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, maʼnaviy-maʼrifiy sohalar rivojiga munosib hissa qöşgan va ayni paytda ham jamiyat hayotida faol iştirok etib kelayotgan Özbekiston Qahramonlarining yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Mazkur tadbirda Özbekiston Qahramonlari — “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator Sodiqjon Turdiyev, faxriy senator, professor Şukurjon Mamatqulov, şuningdek, mehnat faxriylari, nuroniylar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdilar.

Uçraşuv avvalida universitet rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Tölqin Teşabayev sözga çiqib, tadbir ahamiyatiga töxtalar ekan, örta va yoş avlod vakillarining öqiş hamda iş faoliyatida yuqori samaradorlikka erişişida, milliy özlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolişida nuroniylarning hayotiy saboqlari, maslahat va ögitlari köp jihatdan asqotişini taʼkidladi.

Tadbirda Özbekiston Qahramonlari Sodiqjon Turdiyev va Şukurjon Mamatqulovlar sözga çiqib, sönggi yillarda yuz berayotgan özgarişlar ortidan hamyurtlarimizning yaşaş tarzi özgarayotgani, yaratilayotgan imkoniyatlar yangidan-yangi vazifalarni kun tartibiga çiqarayotgani, ayni vaqtda faol nuroniylar, soha mutaxassislari, yoşlar iştiroki hamda ular örtasidagi hamkorlikning har qaçongidan-da muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidlab ötdilar. Jamiyatni yuksaltiriş yölida ilğor fikrli, taşabbuskor yoşlarga ehtiyoj sezilişi, buning uçun, eng avvalo, ularning taʼlim-tarbiyasi va şaxsiy rivojlanişiga alohida eʼtibor qaratiş zarurligini aytib ötişdi. Şuningdek, Özbekiston Qahramonlari öz sohasini mukammal örganib,   sidqidildan mehnat qiliş, Vatanga muhabbat, sadoqat, şukronalik tuyğulari, ilm olişga intiliş, milliy qadriyatlarga hurmat har bir insonni el-yurt eʼzozi va ehtiromiga yetkazişini hayotiy misollar bilan gapirib berişdi. Öz navbatida, talabalar ham qahramonlardan özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Uçraşuv davomida universitetning Faxriylar kengaşi raisi, professor Ismoil Soifnazarov hamda faol talaba-yoşlar sözga çiqib, öz fikrlarini bildirdilar. Tadbir yakunida “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan universitet professor-öqituvçilari hamda  faol talabalarga esdalik sovğalari, kitoblar taqdim etildi.

Suğdiyona Sobirova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan