Toşkent davlat agrar universitetida “Nuroniy” jamğarmasi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, jamğarmaning Toşkent viloyati hamda Qibray tumani bölimlari hamkorligida “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bölib ötdi.
Maʼlumki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27 yanvar kuni poytaxtimizda xavfsiz muhitni şakllantiriş hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlaş böyiça namunaviy amaliyotni yaratiş çora-tadbirlariga oid videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda Toşkent şahri respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi sifatidagi örnini yanada mustahkamlagani, poytaxtda iqtisodiy rivojlaniş darajasi sezilarli oşgani, şunday bölsa-da, huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos işlamayotgani, poytaxt huquq-tartibot idoralarining rahbarlari respublikaga namuna bölmayotgani, buning uçun poytaxtda resurs ham, kuç-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli bölişiga qaramasdan, haligaça eski “qolip”dan çiqib keta olmayotgani tanqid qilingandi. Şuningdek, masʼul idoralar uyuşgan jinoyatçilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatçilik va yaşirin iqtisodiyot böyiça jilovni qölga olişi şartligi körsatib ötilib, Yurtboşimiz uşbu 4 ta yönaliş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilişi, jarayon birinçi navbatda, Toşkent şahrida boşlanişi, xavfsiz muhit yaratiş böyiça “poytaxt namunasi” joriy etilişini maʼlum qilgan holda, yangi tizimni Çilonzor tumani misolida tuşuntirib bergan edilar.
Toşkent davlat agrar universitetida bölib ötgan “Uç avlod uçraşuvi”da uşbu yiğilişda belgilab berilgan vazifalar ijrosi keng muhokama qilindi.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov, Toşkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomurodov, “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Abdusamad Nosirov, jamğarmaning Qibray tumani bölimi raisi Rahmatilla Şeraliyev, masʼul taşkilotlar rahbarlari, mahallalar faollari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar.
Sözga çiqqanlar mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar, nuroniylarning tarbiyaviy faoliyatdagi örni, mahalla institutining jamiyat barqarorligidagi ahamiyati hamda yoşlar bilan işlaşning samarali mexanizmlari yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Içki işlar vazirining maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov bu kabi tadbirlar öz mohiyatiga köra, hududlarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, jamoat xavfsizligini samarali taʼminlaş, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda profilaktik işlarni yanada kuçaytirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatli ekanligini taʼkidlar ekan, fikr-mulohazalarini, öz faoliyatidan kelib çiqib, hayotiy misollar asosida izohlab berdi. Mazkur tadbirlarda yoşlarni faol iştirok etişga çaqirdi.
Uçraşuv yakunida taʼlim muassasalarida xavfsiz va barqaror muhitni yaratiş, tadbirkorlikni yanada mustahkamlaş, profilaktik tadbirlarni tizimli taşkil etiş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.
Darhaqiqat, mazkur taşabbuslar yoşlar tarbiyasida masʼuliyat va huquqiy madaniyatni oşiriş, jamiyatda osoyiştalik hamda qonun ustuvorligini mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Bahodir Valiyev.