Har qanday faoliyatning samarasi aniq tahlil va sarhisoblar orqali namoyon böladi. Şu maʼnoda aytiş joizki, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Nuroniy” jamğarmasi Farğona viloyati bölimi 2025 yil davomida rejali va tizimli iş olib bordi. Asosiy eʼtibor nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, ularni qöllab-quvvatlaş, salomatliklarini asraşga qaratildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambağal oilalarga biriktiriş hamda mahalla soğlom turmuş tarzi va ijtimoiy maʼnaviy muhitni şakllantirişga jalb etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 892-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajariş maqsadida, viloyatdagi 1062 ta mahalladan katta hayotiy tajribaga ega bölgan 3 nafardan, jami 3186 nafar faol nuroniy tanlab olindi. Ularning har biriga 5 tadan, jami 15822 ta kambağal oila biriktirildi. Natijada “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturining birinçi bosqiçida oilalarning 57 foizi, ikkinçi bosqiçida esa 67 foizi kambağallikdan çiqarildi.
Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş faqat moddiy yordam bilan çeklanib qolmadi. Kambağal oilalar farzandlari uçun sport kiyimlari, öquv jihozlari, stol-stullar yetkazib berildi. Bu esa yoş avlodning soğlom va bilimli kamol topişiga xizmat qilmoqda.
Bugun joylarda taşkil etilgan “Nuroniylar maskanlari” haqiqiy maʼnoda tarğibot va taşabbus markaziga aylandi. Bu yerda ötayotgan davra suhbatlari, oçiq muloqotlar katta va yoş avlod örtasidagi uzviy boğliqlikni mustahkamlab, hayot saboqlarini ulaşiş maktabi vazifasini ötamoqda. “Otalar çoyxonasi” kabi taşabbuslar, mehnat faxriylarini taqdirlaş marosimlari nuroniylarga bölgan yuksak ehtiromning yorqin ifodasidir.
2025 yil noyabr oyida ötkazilgan “Keksalar uçun turizm oyligi” ham keng kölamda taşkil etildi. Unda 190 mingdan ziyod nuroniy iştirok etdi. Ular tarixiy va sölim göşalarga sayohat qilib, muzey va teatrlarda maʼnaviy hordiq çiqariş imkoniyatiga ega böldilar.
Soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga qaratilgan “Salomatlik uçun 5000 qadam” tadbirlari minglab faxriylarni faol hayotga çorladi. Sport musobaqalarida erişilgan ğalabalar esa nuroniylarning faqat maslahatçi emas, balki har bir işda ibrat maktabi ekanini yana bir bor isbotladi.
Ötgan vaqt davomida keksa faxriylarning soğliklarini mustahkamlaş maqsadida, 7650 marotaba “Salomatlik uçun 5000 qadam” tadbiri taşkil etilib, ularga 271 ming nafardan ortiq keksa avlod vakillari, 480500 nafar örta va yoş avlod vakillari jalb etildilar. Ötgan yili mamlakatimiz miqyosida ötkazilgan 3 bosqiçli “Mini-futbol” musobaqasida viloyat ğolibi bölgan qöqonlik futbolçi nuroniylar respublikada 1-örinni egallagan bölsalar, marğilonlik nuroniylar şaxmat-şaşka musobaqasining respublika bosqiçida faxrli 3-örinni qölga kiritdilar.
“Nuroniy” jamğarmasi taşabbusi bilan 2025 yilning sentyabr oyi “Oilalarni mustahkamlaş va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yaraştiriş” oyligi deb belgilangan edi. Faol nuroniylar, şundan kelib çiqqan holda, ajrimlarning oldini oliş, oilalar mustahkamligini taʼminlaş, yoşlarni milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş işlarida jonbozlik körsatmoqdalar. Bunda ibrat va namuna asosiy rol öynamoqda. Hududlarda 50-60 yil birga ahil-inoq yaşab kelayotgan keksa avlod vakillari iştirokida 565 marotaba “Qöşa qariş saodati” tadbirlari taşkil etildi. Unda 1554 ta namunali oila vakillarining iştiroki taʼminlandi. Tadbirlarda 10500 nafar keksa avlod vakillari, 22 ming nafardan ortiq yoşlar iştirok etdilar. Olib borilgan amaliy işlar natijasida viloyat böyiça 1547 ta oilani özaro yaraştirişga erişildi.
“Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi qoşidagi “Buvijonlar maktabi” guruhining faoliyatini ham alohida eʼtirof etiş zarur. Bugun uning tarkibida 15945 nafardan ortiq nuroniy onaxonlar iş olib boradilar. Ötgan 2025 yil davomida “Buvijonlar maktabi” tomonidan mahallalarda va taʼlim muassasalarida yoşlarni mustaqil hayotga tayyorlaş, oilaviy ajrimlar, erta va qarindoşlar örtasidagi nikoh, xotin-qizlar, turmuş doirasida turli xuquqbuzarlik, jinoyatçilik bilan boğliq holatlarning oldini oliş yuzasidan qator tadbirlar taşkil etildi. Farğona, Marğilon, Qöqon şaharlarida, Rişton, Quva, Özbekiston tumanlarida ayni yönalişlarda seminarlar ötkazildi. “Buvijonlar maktabi” aʼzolari “Uç avlod uçraşuvi”, “Ajdodlar ögiti”, “Avlodlar merosi”, “Onalarga ehtirom” nomli tadbirlarda faol iştirok etişdi.
Olib borilayotgan taşabbuslar doirasida “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi va uning öziga xos samaradorligini alohida qayd etiş zarur, albatta. Ayni loyiha talablariga muvofiq, mahallalardagi işsiz, kasb-hunarga ega bölmagan, jinoyatçilikka moyilligi bor 20424 nafar muammoli yoşlar röyxati şakllantirilib, ularga 2086 nafar faol nuroniy biriktirilgan. Yil davomida ular bilan 8774 marotaba suhbatlar va boşqa turdagi tadbirlar ötkazilişi natijasida 5230 nafar yoşning bandligi taʼminlandi. 8450 nafari kasbga yönaltirildi. 5380 nafarining muammosi hal etildi. Qator yoş oilalar murosaga keltirildi.
Oilalarni mustahkamlaş, ajrimlarning oldini oliş borasida ham samarali işlar amalga oşirildi. “Qöşa qariş saodati” tadbirlari orqali minglab yoşlarga sabr, sadoqat va ahillik saboqlari berildi. Natijada viloyatda 1500 dan ortiq oila yaraştirildi.
Şuningdek, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi doirasida minglab muammoli yoşlar bilan manzilli işlar olib borilib, ularning katta qismi bandlikka, kasb-hunarga yönaltirildi.
Yuqoridagi kabi körsatkiç va natijalar özaro hamjihatlik asosida olib borilgan tadbirlar natijasi, albatta. Bu, öz navbatida, soha yönalişi böyiça muammolar töliq bartaraf etildi, degani emas. Oldinda yana bajarilişi lozim bölgan qator vazifalar turibdi. Ularni ado etiş uçun joriy yil kesimida qator reja va dasturlar işlab çiqilgan bölib, bu borada faol nuroniylar özaro hamqadam, hamnafas bölib işlamoqdalar. Farğonalik nuroniylar jamiyat tayançi, maʼnaviyat qöriqçisi sifatida el-yurt xizmatida kamarbasta bölib, Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqdalar.
Yorbek Tillabayev,
“Nuroniy” jamğarmasi
Farğona viloyati bölimi mutaxassisi.