“Nuroniy” jamğarmasi huzurida taşkil etilgan “Buvijonlar maktabi” guruhi faollari bugun yoş avlodni vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va şukronalik ruhida tarbiyalaşda munosib xizmat qilib kelişmoqda.

Farzandlar, ayniqsa, qizlar tarbiyasida, şuningdek, mahalla va oilada hamjihatlik, tinçlik, özaro hurmatni şakllantirişda buvijonlarning tajribasi muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizning barça mahallalarida faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzolari oilalar totuvligi, yoşlar tarbiyasi kabi dolzarb masalalarda özlarining bilim va tajribalarini işga solib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda işlab kelişmoqda.

Joriy yil mamlakatimizning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan “Buvijonlar maktabi” guruhlari rahbarlari uçun xayrli boşlandi. “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi    taşabbusi  bilan  ular  Toşkent viloyatidagi “Navbahor” sihatgohida  dam olib, salomatliklarini tikladilar.

Toşkent şahridan Adiba Kamolova, Toşkent viloyatidan Habiba Şerova, Samarqand viloyatidan Gulbahor Husainova, Surxondaryo viloyatidan Muqaddas Aşurova, Qoraqalpoğiston Respublikasidan Rayhon Saparova, Sirdaryo viloyatidan Jöraxon Karimova, Navoiy viloyatidan Dilorom Qodirova, Jizzax viloyatidan Nasibaxon Rahmatullayeva, Buxoro viloyatidan Şoira Ahmedova, Namangan viloyatidan Munavvar Boydedayeva, Xorazm viloyatidan Sayyora Karimova, Qaşqadaryo viloyatidan Kommuna Ismailova, Andijon viloyatidan Nasibaxon Adhamova, Farğona viloyatidan Dilorom Muhammedovalar uçun bu kutilmagan sovğa böldi. Sihatgohdagi mavjud şaroitlar, hamşira va şifokorlarning şirin muomalasi, hurmat-izzat körsatilganidan juda mamnun böldilar. Dam oliş va salomatliklarini tiklaş davomida buvijonlar bir-birlari bilan yaqindan tanişib,  öz faoliyatlari böyiça tajriba almaşdilar va şu jarayonda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon    Turdiyev iştirokida  sihatgohda “Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda Yangi Özbekiston yaratuvçilari bölgan yoş avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalaşda buvijonlarning örni”  mavzusida davra suhbati ham bölib ötdi. Tadbirda buvijonlarning jamiyatimiz hayotidagi örni va roli alohida eʼtirof etildi.

“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi “Buvijonlar maktabi”  guruhi rahbarlariga Yangi Özbekistonimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, öğil-qizlarimizning baxtli-saodatli kelajagi yölida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi faol iştiroki, mahallalarda hamjihatlik muhitini asraş, oilalar tinçlik-totuvligi va öğil-qizlarimizning har taraflama barkamol bölib voyaga yetişi yölida nuroniylar va buvijonlar oldiga qöyilgan vazifalarni şaraf bilan bajarayotgani, Yangi Özbekistonimizning eng faol buvijonlari qatorida mamlakatimizning barça ayollariga ibrat namunasini körsatayotgani va fidoyiligi uçun minnatdorçilik bildirdi.

“Buvijonlar maktabi” guruhining hududlardagi rahbarlari 2025 yilda amalga oşirgan işlari va 2026 yildagi rejalarini batafsil muhokama qildilar. Takliflar va mulohazalarga ham keng örin berildi. Yangi rejalar belgilab olindi.

— Inson öziga yuklatilgan vazifani ado etarkan, ayniqsa, u vazifa jamoatçilik asosida bölsa, albatta, eʼtibor va rağbat kutadi. “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi taşabbusi bilan bizga körsatilgan bu ğamxörlik mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan keksa avlod vakillariga körsatilayotgan eʼzoz va eʼtiborning yorqin namunasi böldi. Öz hududlarimizda oilalar tinç-totuvligi, yoşlar tarbiyasi, ularning hayotda öz örnini topişi uçun qilgan harakatlarimizning eʼtiborga olingani, mehnatimiz samarasini körişdan mamnunmiz. Yurtimizning barça hududlaridan kelgan hamkasblarimiz bilan suhbatlaşdik, tajriba almaşdik, özaro muloqotlarni yölga qöydik. Bu ham faoliyatimiz davomida öz samarasini beradi, albatta, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari Gulbahor Husayinova.

Hamroxon Musurmonova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan