Oçilboy ön farzandini tuproqqa qöygan oilaning yakka-yolğizi bölib dunyoga keldi. Dadasi Mömin aka ham, Barno ona ham uni yeru kökka işonmas, keça-yu kunduz şugina bolasining umrini tilab, duo qilardilar. Oçilboy bir yarim yoşga yetganda, ikkinçi jahon uruşi boşlanib, dadasi — Möminjon Islomov frontga ketdi. Uruş qurbonsiz bölarmidi?!
1943 yilda Barno kelin erining Xarkov şahri janglarida halok bölgani haqida qoraxat olib, tört yoşli Oçilbekni quçoqlab, faşistlarni qarğab yiğladi. “Endi nima böladi? Qanday kun köramiz?” degan adoği yöq öylar uni dahşatga soldi.
Uruş jarohatlarini körmagan, könmagan kim bor ekan?! Barno kelin ham şu Oçilboyga suyanib, bor umidini mana şu yolğiz yodgoriga boylab, kun köra boşladi. Bolajonisi maktab yoşiga yetganda, dadasining belboğidan “papka” tikib, çoriği yirtilsa, barmoği qonab bölsa-da, özi bigizlab tikdi. Dalaning oğir mehnati uçun berilgan tuşlikning yarmini durrasiga tugib, bolasiga olib kelib yurdi. U oğir, qora kunlarni kördi. Ammo keça-yu kunduz oppoq orzular, oppoq duolar bilan yaşadi.
1960 yilda öğlini uning özi suyib tanlagan Robiyaxonga uylantirib, töy kördi. Orzulari uşala boşlaganidan quvonib, Yaratganga şukronalar aytdi. Maşoyixlarning “Onaning duolari ijobat böladi” degan hikmati töğri ekan, Robiya kelin Barno onaning kelinigina emas, orzusidagi qiziga aylandi.
Halol, mehnatkaş, ilmga intiluvçan Oçilboy 50-60 yillarning voqeasi bölgan komsomol yoşlar brigadasini tuzib, qöriq maydonda makkajöxori ekib, dehqonçilik boşladi. Qöriq yerda “Navbahor” nomi bilan yangi qişloq barpo etişga boş böldi. Bu ovoza Şofirkonu Buxorodan oşib, Toşkentgaça yetib bordi va mamlakat rahbari Şarof Raşidovni ham qiziqtirib qöydi. Tengdoşlari bilan makkajöxoridan yuqori hosil olgan taşabbuskor Oçilboy Möminovni qutlab, Navbahorga keldi. U bilan alohida suhbatlaşdi, orzularini söradi. Uni yangi marralar sari ruhlantirib ketdi. Yoş brigadir endi Samarqand qişloq xöjaligi institutining sirtqi bölimida tahsil ola boşladi.
Dovruğli kunlar boşlandi. Sʼyezdlarga delegat, oliy Kengaşga deputat bölib saylandi. Moskvadagi katta bir yiğin tanaffusida turli respublikalar yoşlari öz milliy qöşiqlarini aytib maqtanişganda, Oçilboy Möminov tengdoşlari bilan “Andijon polkasi”ga raqs tuşişib, hammani qoyil qoldirişdi. Özbek yoşlariga qöşilib, dunyoning birinçi kosmonavti Yuriy Gagarin, Kuba davlati rahbari Fidel Kastro, mamlakatning yana ayrim katta rahbarlarining birga raqs tuşgani, ayniqsa, özgaça böldi.
Yillar ötaverdi, bolalar boğçasida tarbiyaçi bölib işlab yurgan Robiya kelin tört öğilu ikki qizni dunyoga keltirib, qaynonasining bağrini töldirdi. Barno buvi 80 ga kirguniça ham nevaralarini tengma-teng boqişdi. Bittaginam şunça böldi deb, duodan tinmadi. Nevara kelin tuşirib, nevara qizlarni ham uzatib yayradi.
— Olti farzandimizning bari oliy maʼlumotli, odobli bölgani buvisining tarbiyasini olganidan deb öylayman, — deya qaynonasini eslaydi Robiya ona. — Qaynonam bilan 26 yil birga yaşadik. Nimaiki yaxşilikka erişgan bölsak, bari Barno onamiz tufayli. Bugun 18 nevara, 40 nafar evaramiz borligini körganlarida qandoq quvonardilar.
Robiya ona qaynonasi haqida tilidan bol tomib, gapiryapti-yu özi ham kelinlari va nevaralariga ibratu örnak bölayotgani haqida indamadi. Oçil boboning esa hamon ğayrati sönmagan. Köklamda tomorqa tuproğini ağdargisi keladi. Qadrdon tokqayçisini olib, daraxtlariga şakl beradi. Nevaralari tugul Robiya ona ham unga şeriklik qilişini aytmasa ham böladi. Bolalariga “Işingiz, ijodingiz qayerda ravnaq topsa, elga nafingiz tegsa, öşa yerda yaşang!” deb izn bergan. Bugungi kunda farzandlarning uç nafari Toşkentda, biri Navoiyda, biri Buxoro şahrida yaşayapti. Ota-onasiga yonma-yon hamsoya bölgan tönğiçi Odiljonning öğli va kelini bobo-yu buvijon bilan birga katta hovlida qoldi.
Oçil bobo Möminov töqsonga yetay dedi, ammo ğayrati, işçanligi öşa-öşa. Xotira yozişni, tuğilgan yurtining tarixini örganib, qoğozga tuşirişni yaxşi köradi. Tartibli yaşaşga odatlangan. Umri davomidagi barça hujjatlar, guvohnoma, faxriy yorliqlar, suratlarni jamlab, uy muzeyi oçib qöygani ham şundan… Bugungi kunga qadar Oçil boboning “Men uruş yetimiman”, “Osonmas unutmoq sizlarni”, “Umrim lahzalari”, “Paxtaçilikda mutaxassis mulohazalari”, “Tabarruk hangomalar”, “Pattaxon tarixi” kabi önga yaqin kitobi naşrdan çiqqan.
Robiyaxonimi yonida, öğil-qizlardan köngli töq, ekkan mevali daraxtlari bahorda gullab, kuzda meva berib, nevaralarini quvontirib turibdi. Farzandlar, nabira va abiralar bu ikki nuroniyni soğintirmay, tez-tez kelib turişadi. Kunda, kun orada dasturxon atrofi gavjum böladi.
“Nuroniy” jamğarmasi Şofirkon tumani bölimi raisi Botir Olimov Oçil boboni uçraşuvlar, bayram tadbirlariga tez-tez taklif etib turadi. Otaxon ham bunga javoban “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” va yana qator nişonlarini köksiga taqib, özi yozgan kitoblardan sovğa uçun olib, yoşlar huzuriga kirib boradilar.
Xullas, rahmatli Barno buvining yolğizgina yodgori bugun 88 yoşga yetgan baxti bekam nuroniy boboga aylangan. Biz Oçil boboga ham, Robiya momoga ham umri ziyodalik tilaymiz.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.