Poytaxtimizdagi Özbekiston kasaba uyuşmalari saroyida Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik Kengaşi qarori bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, yurt ravnaqi, jamiyatimiz rivoji yölida uzoq yillar samarali mehnat qilgan va hozir ham jamoatçilik işlarida, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, yoşlarni qadriyatlarimizga hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş yölida namuna bölayotgan yurtdoşlarimizning bir guruhiga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston Kasaba uyuşmalari saroyining bayramona ruhda  bezatilgan foyesida joriy yilda uşbu kökrak nişoniga sazovor bölgan faxriylarni özbek milliy çolğu asboblari orkestri guruhi kuy-navolar bilan kutib olişdi. Mehmonlar saroy foyesida taşkil etilgan taniqli rassomlar va hunarmandlar körgazmasi bilan tanişdilar.

Söngra tadbir iştirokçilari va  mehmonlar zalga taklif etildi.

Tantanali tadbirni  “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev kiriş sözi bilan oçib, yuzi-yu közidan nur yoğilib turgan, çehrasi bugungi kun şukronasidan quyoşdek porlayotgan faxriy ustozlarni bayram bilan muborakbod etdi va yurtimizda nuroniylarga davlat va jamiyat tomonidan ğamxörlik körsatiş, ijtimoiy himoya qiliş, moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş, ham hayotiy, ham kasbiy tajribaga ega otaxon va onaxonlarning köp yillik xizmatlarini munosib taqdirlaş borasida amalga oşirilayotgan ezgu işlar kun sayin quloç yozayotganini alohida taʼkidladi.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi Farmoni  va undan söng qabul qilingan qarorlari bilan keksalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi yanada yuqori bosqiçga kötarildi.

Bu yilgi “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga tavsiya etilgan har bir nomzodning ijtimoiy-siyosiy va jamoatçilik faoliyati nomzodlarni örganiş  komissiyasi aʼzolari tomonidan xolislik, şaffoflik va adolat mezonlari asosida körib çiqildi. Joriy yilda ham mamlakatimiz böylab 1000 dan ortiq nuroniylarimiz uşbu mukofot sohibi böldilar.

Tantanali taqdirlaş marosimiga yiğilganlar uçun sahna markaziga örnatilgan ulkan monitorda Özbekiston Respublikasi Prezidentining nuroniylar bilan uçraşuvi çoğida olingan lavhalar, faxriylarning ijtimoiy faoliyatiga oid turli videoroliklar namoyiş qilindi.

Şundan söng “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Tibbiyot boş boşqarmasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi faollari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faollaridan bir guruhiga “Mehnati faxriysi” kökrak nişonlarini tantanali topşirdi.

Şuningdek, taqdirlaş marosimida Özbekiston Respubliksi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi faxriylar kengaşi raisi Adham Mirjalilov, Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdusaid Köçimov, Özbekiston Mahallalar uyuşmasi raisi örinbsari Dolli Allayev, Özbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bölim boşliği Nodir Qosimov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayevlar iştirok etib, “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini öz egalariga topşirişdi.

Bu yil Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faollari — Dmitriy Donskoy, Taxir Gulmuhamedov, Amanulla Ahmedov, Minora Umarovalar ham uşbu “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi bölişdi.

Mukofotlanganlar orasidan Oliy Majlis senatori Qobil Tursunov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi faollari — Kigizgul Kasimova, Yelena Kompolşik, Durbek Ahmedovlar, parlament faxriysi Maqsuda Varisova, yuridik fanlar doktori, professor Farruxa Muhitdinova kabi davlat va jamoat arboblari ham örin olgan. Bu safda Quvondiq Sanaqulov, Egambergan Komilov, Aleksandr Farmonov kabi Özbekiston Qahramonlari ham bor.

Taqdirlanganlar orasida respublikamizda ilm-fan taraqqiyotiga salmoqli uluş qöşib kelayotgan taniqli akademiklar — fizika-matematika fanlari doktori, professor Fathulla Abdullayev, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdulla Azamov, fizika-matematika fanlari doktori, professor Muxsinjon Aşurov, biologiya fanlari doktori, professor Qahramon Davronov, kimyo fanlari doktori, professor Baxtiyar Ibragimov,  kimyo fanlari doktori, professor Abbosxon Turayev,  sanʼatşunoslik fanlari doktori, professor Akbar Hakimov, fizika-matematika fanlari doktori, professor Qodir Ğulomov kabi Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarining nomlarini mamnuniyat bilan eslatib ötiş joiz. Qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan fan arbobi Abit Ramazanov kabi ilm-fan fidoyilari, tibbiyot fanlari doktori, professor Mannon Rahimov, tibbiyot fanlari doktori, soğliqni saqlaş aʼloçisi Umida Rustamova kabi soğliqni saqlaş sohasi jonkuyarlari   bor.

Uşbu faxrli nişonga sazovor bölganlar orasida oliy taʼlim tizimida fidoyilik namunasini körsatib kelayotgan professorlar — iqtisod fanlari doktorlari — Dilorom Tadjiboyeva, Şayzak Xolmöminov, Tangirbergen Dosçanov, geologiya-mineralogiya fanlari doktori — Yuldaşbay Irgaşev, filologiya fanlari doktorlari — Iqboloy Adizova, Hamidulla Boltaboyev, geografiya fanlari doktori, Bahodir Kamalov, sanʼatşunoslik fanlari doktori Azatgul Taşmatova, falsafa fanlari doktorlari — Hakima Solomovalarning fidoyiliklari ham munosib taqdirlandi.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi taʼminlanişiga barakali hissa qöşib kelayotgan qonun-himoya organlari, sud va adliya tizimi vakillaridan Nodir Ergaşev, Tohir Soatov, Mariya Yejeleva, Karim Qodirov, Lyudmila Xegay, Alijon Abdullayev, Abduhalim Xolmahmatov, Rahmon Madumarov, Zaripaxon Qurbonovalar ham uşbu mukofot bilan taqdirlandilar.

Mukofotlanganlar orasida el-yurt hurmatini qozongan faxriy ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlaridan — Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalistlar — Komiljon Karimjonov, Ğulom Mirzayev, Timur Niyazov, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Sevar Tursunova, Abdumajid Azimov kabi jurnalistlar ham bor.

Şuningdek,  taqdirlanganlar orasida öz sohasining ravnaqiga munosib uluş qöşib kelayotgan bir qator respublikada xizmat körsatgan mehnat faxriylari, sanʼatkorlar, yozuvçilar, jurnalistlar ham bor.

2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya çempionlari va sovrindorlarining onalari hamda jahonning nufuzli futbol klublarida töp surayotgan Abduqodir Husanov, Elmurod Şomurodov va Abbos Fayzullayevlar onalarining borligini alohida mamnuniyat bilan taʼkidlaş joiz.

Taqdirlaş marosimida mamlakatimizning taniqli sanʼatkorlari —  Özbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Abdulla Şomağrupov, xuşovoz xonanda Aziz Rajabiylar kuylagan dilrabo qöşiqlar, sozandalar tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-navolar, bir-biridan gözal raqslar tadbirga yanada fayz bağişlab, iştirokçi otaxonu onaxonlar qalbiga zavqu şavq ulaşdi.

Ayni mukofot Yangi Özbekistonimizning ardoqli nuroniylariga mamlakatimizning porloq kelajagi yölidagi fidoyi mehnatlari, taşabbuskorligi, yoşlarni tarbiyalaş borasidagi işlarida  yangi ilhom, kuç-quvvat va ğayrat-şijoat bağişlaydi, deb işonamiz. Öz navbatida, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan barça faxriylarimizni yuksak mukofot bilan yana bir bor tabriklaymiz!

Hamroxon Musurmonova tayyorladi.

Suratlarni Bahodir Valiyev,

 Xudoyberdi Qosimbekov olgan.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan