Toşkent davlat agrar universitetida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” maʼrifiy tadbirida Özbekiston Qahramonlari, senatorlar — “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Şavkat Ayupov mehmon böldilar.
Uçraşuvda mehnat faxriylari, nuroniylar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdilar.
Tadbirni universitet rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Narzullo Oblomuradov kiriş sözi bilan oçdi va tadbir ahamiyatiga töxtaldi. U öz sözida Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaş, uning jahon miqyosidagi şon-şuhratini oşiriş, islohotlarni yanada çuqurlaştirişga ulkan hissa qöşgan Özbekiston Qahramonlarining yoş avlod taʼlim-tarbiyasida ulkan hissalari borligini alohida eʼtirof etdi va söz navbatini ularga berdi.
Uçraşuvda iştirokçilar Özbekiston Qahramonlarining Vatanga muhabbat va sadoqat bilan uzoq yillar davomida olib borgan mehnat faoliyatlari bilan yaqindan tanişib, ularning boy tajribalari, tavsiya hamda ögitlaridan bahramand böldilar.
Senatorlar Sodiqjon Turdiyev va Şavkat Ayupov öz hayot va mehnat yöllariga töxtalar ekanlar, bolalik va yoşlik yillarida boşdan keçirgan maşaqqatli kunlari, ilm oliş yölidagi şart-şaroitlar yetarli emasligiga qaramasdan, imkon topib, maqsadlari yölida ğayrat körsatganliklari, astoydil mehnat qilganliklari va bugungi dorilomon kunlarga yetib kelganliklari xususida hayajon bilan hikoya qildilar. Öz navbatida, yoşlarga hozirgi yuksak eʼtibor, ğamxörlik va imkoniyatlardan oqilona foydalaniş kerakligini uqtirib ötdilar. Yoş avlod vakillarini şukronalik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va taşabbuskorlik sari undadilar.
Tadbir davomida professor-öqituvçilar, talabalar ham sözga çiqib, Özbekiston Qahramonlarining davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi buyuk xizmatlarini eʼtirof etdilar. Şu bilan birga, ulardan özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javoblar oldilar.
Uçraşuv ğoyat samimiy keçib, jonli muloqot unutilmas taassurotlarga boy böldi.
B.VALIYEV.