“Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi Prezident qarori (PQ–46-son, 05.02.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga köra, joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nişonlanadi.
Har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilinadi va bunda taʼlim taşkilotlari va mahallalarda temurşunos olimlar, yozuvçi va sanʼatkorlar iştirokida uçraşuvlar uyuştiriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi 2030 yilgaça möljallangan “yöl xaritasi” tasdiqlandi, jumladan:
9–10 aprel kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi örni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ötkaziş;
“Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida çop etiş;
“Temuriylar davrining 100 nodir qölyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratiş;
Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratiş.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bağişlangan tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlandi.