Toşkent viloyatining bir guruh nuroniylari — otaxonu onaxonlar poytaxtimizdagi  Islom sivilizatsiyasi markazida böldilar.

Bugun mamlakatimizda keçayotgan islohot va yangilanişlar davrida nuroniylar faoliyatiga qaratilayotgan eʼtiboru ğamxörlikni  alohida qayd etiş joiz. Ayniqsa, yurtimiz keksa faxriylarining respublikamiz böylab sayohat va ziyorat tadbirlarida iştirok etayotganliklari ularning hayotiga mazmun kiritib, umrlariga umr qöşmoqda, desak, aslo mubolağa qilmagan bölamiz.

“Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Abdusamad Nosirov boşçiligida viloyatning tuman va şaharlaridan taşrif buyurgan bir guruh faol nuroniy otaxonu onaxonlar Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib, olam-olam taassurotlar hamda qimmatli maʼlumotlarga ega böldilar.

Mehmonlar markazning “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinçi Renessans davri”, “Ikkinçi Renessans davri”, “Özbekiston — XX asrda”, “Yangi Özbekiston –— Uçinçi Renessans poydevori”, “Qurʼoni karim” zallarida bölib, yurtimizdagi sivilizatsiya rivojlanişining turli davrlariga oid maʼlumotlar bilan yaqindan tanişdilar. Mazkur davrlar tarixi turli aşyolar, qölyozma-manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyiş etilişi sayohatçilarga birdek manzur böldi.

— Bu maskan nafaqat islom tarixidan maʼlumot beradi, balki ilmiy-tadqiqot va örganiş işlarini olib boriş uçun mutaxassislarga qulay ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy muhit, imkoniyat ham yaratadi, — deydi  “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi raisi Abdusamad Nosirov. — Bu joylarga biz nuroniylar bilan birga, yoş avlod vakillari ham köp-köp kelişi, ona tarix bilan yaqindan tanişişi, ajdodlarimizning buyuk xizmatlarini yurak-yuraklaridan his qilişi kerak. Bunga esa kasbimiz va yoşimizdan qatʼi nazar, barçamiz masʼulmiz, albatta.

Şu kuni Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yangidan-yangi tarixiy maʼlumotlar olib, öz bilim-malakalarini yanada boyitgan otaxonu onaxonlar safar taassurotlari xususidagi suhbatni bir piyola çoy ustida davom ettirdilar.

Öz navbatida, ayni imkoniyat va eʼtibor uçun davlatimiz rahbariyatiga ulkan minnatdorlik bildirib, yurtimizda tinçlik va farovonlik barqaror bölişini tilab, duolarga qöl oçdilar.

Maysara NAZAROVA.

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan