Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi

9 fevral. Erta tongdan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk şoir va mutafakkir, söz mulkining sultoni Mir Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bölib ötdi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, navoiyşunos va adabiyotşunos olimlar,  şoir va yozuvçilar, diplomatlar, xorijlik mehmonlar, ijodiy taşkilotlar va keng jamoatçilik vakillari töplanişdi.  Adabiyot bayrami avvalida Alişer Navoiy ijodiga oid kitoblar körgazmasi taşkil etildi. Yaponiya, Xitoy davlatlaridan kelgan talabalar tomonidan Alişer Navoiy ğazallarining sof özbek tilida aytilişi jamoatçilik tomonidan iliq kutib olindi.

Adabiy-maʼrifiy tadbirni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid oçib berdi. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov, Qirğiziston Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Duyşunqul Çotonov, italiyalik mehmon Sandro Teti maʼruzalari tinglandi. Italiyalik mehmon “Lison ut-tayr”, yaʼni “Quşlar tili” dostoni ilk bor italyan tiliga tarjima qilinib, uşbu davlatda çop etilgani bilan yurtdoşlarimizni tabrikladi.

Tadbirda söz olganlar uluğ şoirning ezguliklarga töla hayoti, bebaho ijodiy merosi ulkan qadr-qimmatga ega ekanligini, uning asarlari jahon mamlakatlari va xalqlarining bebaho maʼnaviy boyligiga aylanganini taʼkidlaşdi.

Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti hamda Özbekiston davlat jahon tillari universitetining mahalliy va xorijiy talabalari özbek hamda turli xorijiy tillarda Alişer Navoiy şeʼrlaridan öqidi. Buyuk şoir ğazaliga bastalangan maqom aşulalari yiğilganlarga kötarinki şukuh ulaşdi.

Taʼkidlaş joizki, özining nodir asarlari va yuksak insoniy xislatlari bilan başariyatni asrlar davomida adolat, komillik, ezgulik singari olijanob fazilatlarga çorlab kelayotgan uluğ bobokalonimiz nafaqat xalqimiz, balki dunyo ahli tomonidan ayriça mehru muhabbat bilan eʼzozlab kelinmoqda. Xususan, ötgan yili Öş şahrida Alişer Navoiy haykali barpo etilgani, şoir asarlari italyan tilida çop etilgani sözimizning tasdiğidir.

Dunyo ahli bugun-bugungaça hazrat Navoiyning serqirra ijodi va ibratli hayot yölini katta qiziqiş bilan örganadi, mangulikka daxldor fikr va ğoyalaridan bahra oladi. Zero, uning siymosi şoir-yozuvçilar va adabiyot muhiblari uçun söz mulkining sultoni, olimu fuzalolar uçun tengsiz mutafakkir, davlat xizmatçilari uçun mohir davlat arbobi, yoşlar uçun maʼnaviy komillik sari yetaklaydigan ustoz, keksalar uçun esa sodiq maslakdoş ölaroq hamişa hamrohdir.

Maʼrifiy-badiiy dastur yakunida keng jamoatçilik iştirokida Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöyiş marosimi ötkazildi.

Adabiyot bayrami,  navoiyxonlik keçalari Adiblar xiyobonidagi atoqli adiblarning haykallari poyida yozuvçi va şoirlar, oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilari hamda talabalar iştirokidagi adabiyot va kitobxonlik tadbirlariga ulanib ketdi.

Tantanali tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi — Spiçrayteri Xayriddin Sultonov, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova iştirok etdi.

Öz muxbirimiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan