Yurtimizdagi nuroniylarimiz bugun har doimgidan ham faol. Ular uzoq yillar mehnat qildim, yetar, endi buyoğiga dam olsam ham böladi demasdan, aksinça, turli taşabbuslar körsatib, nimadir yaratiş, işlab çiqariş, elga yanada köproq foyda keltiriş yölidan bormoqdalar. Nafaqat özlari yeng şimarib işlamoqdalar, balki boşqalarni ham mehnat qilişga, umrni ijobiy işlarga sarf etişga undamoqdalar.

Surxondaryo viloyati Şörçi tumanidagi “Köklam” mahallasida yaşovçi Oysoat aya Xolmatovani ana şunday faol nuroniylarimizdan biri, deyiş mumkin. Onaxonning xonadonidagi issiqxonada yetiştirilayotgan mevalarni körsangiz, bahri dilingiz oçiladi.

— Issiqxonamizda yetiştirilayotgan barça mahsulotlar soğlik uçun juda foydali, — deydi 82 yoşli mirişkor onaxon. — Birgina pöstloği bilan isteʼmol qilinadigan qumquvat mevasining özi ming dardga şifo. Xususan, qon bosimi oşganda, boş oğriganda bu meva koni foydadir.

Yuzidan nur yoğilib turgan Oysoat aya Xolmatova bilan birgalikda balandligi 3,5-4 metr keladigan bananzorni aylanar ekanmiz, bir lahza özimizni tropik mamlakatlardan biriga tuşib qolgandek his qildik.

— Har kuni erta tongda issiqxonani bir aylanib çiqsam, kun davomida özimni yengil his qilaman, kayfiyatim kötariladi, — deya suhbatni davom ettiradilar onaxon. — Issiqxonada oilaviy mehnat qilamiz.  Olinayotgan daromad orzu-havaslar ijobati uçun xizmat qilmoqda.

Darhaqiqat, bugun yurtimiz taşabbus, imkoniyat va imtiyozlar diyoriga aylandi. Yoşi uluğ nuroniylarki, uşbu imkoniyatlardan tölaqonli foydalaniş sari bel boğlabdilarmi, ayniqsa, hozirgi kun yoşlari ulardan teran xulosa çiqarişlari, qulay şart-şaroitlardan öz ezgu maqsadlari  röyobi yölida oqilona foydalanişlari lozim, albatta. Buning uçun esa harakat, izlaniş va istak bölsa, bölgani.

B.Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan