Tibbiyot fanlari doktori, zahmatkaş olim Farhod Nosirovning uzoq yillik samarali mehnati va el orasida topgan obrö-eʼtibori zamirida, eng avvalo, yurtga sadoqat, atrofdagilarga manfaatli böliş va yaxşilik ulaşişdek oliy maqsad mujassam.

Ustoz Farhod Nosirov bolaligidan otasi — yurtsevar va fidoyi inson, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Şodi Nosirovdan tarbiya olib kamol topdi. U 1965 yilda Samarqand tibbiyot institutini muvaffaqiyatli tugatgaç, avval Bulunğur, keyin Payariq tumanlarida nevropatolog, qişloq ambulatoriyasining boş şifokori bölib işladi. 1967 yilda ustozi Boboqul Rustamovning taklifiga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi tasarrufidagi parazitologiya ilmiy-tekşiriş instituti aspiranturasiga öqişga kirdi. Bu dargohda kiçik ilmiy xodimlikdan institut direktori vazifasigaça bölgan yölni bosib ötdi.

Uzoq yillar davomida Samarqand, Jizzax viloyatlarida tibbiyot sohasida faoliyat yuritib, 1982 yildan Samarqand davlat tibbiyot institutida öz işini davom ettirdi. Tajribali amaliyotçi işdagi bilim va könikmalarini ilmiy nazariya bilan uyğunlaştirdi. 1972 yilda nomzodlik,  1995 yilda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Olim  infeksion va parazitar xastaliklar muammosiga bağişlangan 120 dan ortiq ilmiy izlanişlar olib borib,  14 ta öquv-uslubiy qöllanma, 35 ta ilmiy-ommabop maqola çop ettirdi. Uning ilmiy izlanişlari nafaqat Özbekiston, balki Germaniya, Fransiya, Vengriya, Rossiya, Belarus, AQŞ, Litva kabi davlatlarda eʼtirof etildi.

Faoliyati davomida davlatimiz tomonidan köplab mukofotlar, kökrak nişonlari bilan taqdirlangan olimni el orasidagi kamtarlik, samimiylik, fidoyilik nomli nişonlari alohida bezab turadi. Bir umr fidoyilik va halollik bilan mehnat qilgan olim bugun 85 yoşida ham Samarqand şahrida özi istiqomat qiladigan “Mevazor” mahallasida “Keksalar maslahati” guruhi faollari bilan bir safda jamoat işlaridagi faolligi bilan namuna bölib kelmoqda. Farhod ota obodonlaştiriş, yoşlarni kasb-hunarli, ilmli-salohiyatli qilib tarbiyalaş, qöni-qöşnilar, mahalla-köy örtasida hamjihatlikni asraşda özining taşabbuslari, maslahat va takliflari bilan mahalladoşlarini uyğoqlikka va hamjihatlikka çorlab kelmoqda.

Farhod ota turmuş örtoği, tibbiyot fanlari nomzodi Rohatoy Meliboyeva (oxirati obod bölsin) bilan saodatli umr keçirib, uç nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazişdi. Garçi bugun Rohatoy ona yonlarida bölmasa-da, Farhod ota nevara va evaralarning ardoqli bobosi bölib, keksalik gaştini surmoqda. Olimga sihat-salomatlik, xotirjamlik va uzoq umr tilaymiz.

Donaqul TOŞBOYEV,

“Nuroniy” jamğarmasi

Samarqand viloyat

bölimi raisi örinbosari,

Iskandar TEMIROV,

faxriy jurnalist.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan